Zamonaviy rangtasvirda maishiy janrning tutgan o`rni




Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana04.06.2024
Hajmi1,57 Mb.
#260007
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
60564 (6)

2.2. Zamonaviy rangtasvirda maishiy janrning tutgan o`rni
Kartinalarda faqat tarixiy, qahramonona voqea va hodisalarnigina emas, balki 
oddiy hayotni ham tasvirlash mumkin. Bunday kartinalar maishiy janr asarlari 
hisoblanib, ko`pincha ular janrli rangtasvir asarlari deb yuritiladi. Asosan bu 
voqealar rangtasvir polotnolarida tasvirlanadi, lekin ularni grafikada va 
xaykaltaroshlikda ham uchratish mumkin.
Rassomlar tomonidan turli davrlarda yaratilgan maishiy voqealar o`sha 
davrlarda yashagan odamlarning hayoti bilan tanishtiradi. Bu janr XV-XVII asrlarda 
Yevropa milliy maktablarida gullab yashnadi. Bunga misol qilib P.Breygelning 
"Kretyanning to`yi" kartinasini keltirish mumkin. Bu kartinada xalq bayramining 
go`zal va quvnoq sahnalari o`z ifodasini topgan.
Flamand P.Rubens o`zining asarlarida qishloq bayramlarini realistik ravishda 
tasvirlaydi. Golland rangtasvirchilari (G.Gerborx, Ya.Vermer) jamiyatning turli 
qatlamlari hayotini mehr-muhabbat bilan tasvirlaganlar. XVIII asr Frantsuz 
rassomlari A.Vatto, F.Bushe, J.B. Sharden, O.Fragonarlar ham maishiy janrda 
asarlar yaratganlar.
Keyinchalik rassomlar bo`layotgan voqealarni oddiy qilib tasvirlamasdan uning 
ichki mohiyatini ochib berishga harakat qila boshladilar. Jamiyat hayotiga tanqidiy 
munosabatda qarash frantsuz rassomlari O.Dome, G.Kurbe va rus rangtasvirchilari 
A.Venetsianov, G. Myasoyedov, V.Perov, I.Repin, P.Fedotov va sayyor rassomlar 
ijodida o`z aksini topdi. Rus rassomi B. Kustodiyev o`z kartinalarida savdogarlar 
hayotini turli qirralari bilan tasvirlagan.
Maishiy janr O`zbekiston rangtasvirchilarining ham kuchli jihatlaridan biri 
hisobalanadi.O`zbekistonda kuchli realistik maktab tarkib topishi ajoyib 
rangtasvirchilar sulolasini vujudga keltirdi.


32 
Rassomlarning keksa avlod vakillaridan biri Aleksandr Volkovdir. 
Dastlabki ijodiy izlanishlaridagi formalizm yo‟lidan qutulib, xayotni realistik 
tasvir uslubiga qaytadi. U ko‟p asarlarida inson obrazini, yangi xayotni jozibali
ranglarda tasvirlaydi. Uning 20-30-yillarda yaratgan «Choyxonada»,
«Eski shaxar choyxonasi», «Anorli choyxona» asarlari shular jumlasidandir. 
Choyxonada choy ichish, bu inson qalbini yumshatib suhbat qurish, hayot
muammolari bilan o‟rtoqlashishga, yaqin muloqotda bo‟lish uchun muhim 
ma‟naviy ehtiyoj makonidir. U, shuningdek, Respublikaning yangi qurilish 
ob‟ektlarida bo‟lib, «Qurilishda», «Paxta terimida», 1933-1934
yillarda «Brigada majburiyat qabul qilmoqda», «Xosil» triptix, «Sbor ekskavatora», 
«Chirchikstroy», «Tashselmash» asarlarini yaratdi. U o‟z asarlarida mehnatkash 
inson hayoti, uning mehnatini

Respublikada rivojlanayotgan industriya qudratini 
aks ettirdi.
O‟zbek tasviriy san‟atining siymolaridan biri Bahrom Xamdamiydir. U
1935 yilda Toshkent rassomchilik texnikumini imtiyozli diplom bilan
tamomladi. Rassom A. Volkov, M. Kurzin, O.Tatevosyan kabi ajoyib rassom 
pedagoglardan ta‟lim oldi. O‟sha vaqtda tuzilgan A.Volkov raxbarligidagi ijodiy 
brigadalardan biriga Bahrom Xamdamiy ham kirgan edi. Brigadada u
Tansiqboyev, N.Koraxon, A.Podkovrov, A.Toshkanboyevlar bilan do‟stlashib
Respublika bo‟ylab ijodiy safarda bo‟ldi, yig‟ilgan materiallar kelajak 
ijodiga zamin yaratdi. Hayotdagi o‟zgarishlar, xalqning mexnatdagi 
muvaffaqqiyatlari rassomni ijod qilishga ilhomlantirardi. Har bir kartinani 
yaratishda sidqidildan, muhabbat bilan yondoshardi. 1936-38 yillarda yaratgan
«Choyxonada oqshom», «Sevimli qo‟shiq», «Tasvir to‟garagi» kabi kartinalari shu 
mehnatning samarasidir. 1936 yilda bir guruh, yosh rassomlar qatori u Moskva va 
Leningraddagi Davlat Tretyakov galereyasi, Pushkin nomidagi Davlat Tasviriy 
san‟at muzeyi, Davlat Ermitaji, Rus muzeyida rus va G‟arbiy Evropa san‟ati 
durdonalari bilan tanishishga muvaffaq bo‟ldi. Rassom 1939-yilda «Ish 
tugaganda» deb atalgan kartinasini yozib tamomladi. Bu asar 1940 yil Respublika 


33 
ko‟rgazmasiga qo‟yildi va mutaxassislar tomonidan o‟zining badiiy jihatdan 
O‟zbekiston rassomlarining maishiy mavzuda yaratgan asarlari ichida
birinchi va 
eng yaxshi asar sifatida tan olindi.

Download 1,57 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Zamonaviy rangtasvirda maishiy janrning tutgan o`rni

Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish