Maishiy janrni takomillashtirish muammolari




Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana04.06.2024
Hajmi1,57 Mb.
#260007
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
60564 (6)

 
2.3. Maishiy janrni takomillashtirish muammolari
O`zbek tasviriy san'atidagi maishiy janrni eng avvalo rassomlardan L.Bure, 
A.Isupov, O.Tatevosyan, A.Volkov, I.Kazakov va boshqa rassomlar rivojlantirdilar. 
Maishiy janrda yaratilgan rangtasvir asarlarida o`zbek xalqining hayoti o`ziga xos 
tarzda tasvirlangan.
Ayniqsa rassom A.Volkov o`z asarlarida milliylik va milliy an'analarni juda 
katta ehtirom bilan tasvirlagan. Uning asarlaridan "Qizil choyxona", "Choy", "Eski 
shahar choyxonasi", "Sandalda" kabi asarlari g`oyat go`zal yaratilgan.
Yana bir rassom P.Benkov o`z asarlarida o`zbek xalqining hayotini yangi 
qirralarini ochib berishga harakat qildi. Uning "Buxoro bozori", "Ko`cha arizachisi", 
"Uzum bozori", "Sabzavot bozori" kabi asarlari o`zida sharq xalqlari hayoti, odamlar 
harakatining turli-tuman ritmini, milliy kiyimlarning go`zalligini, bozorlarning 
to`kin-sochinligini aks ettirgan.
Rassomlardan M.Nabiyev, T.Oganesov, M.Saidov, R.Axmedov, B.Boboyev, 
V.Burmakin, J.Izentoyev. A.Ikromjonov, Yu.Taldikin, R.Xudoyberganovlar ham 
janrli kartina yaratish soxasida mehnat qildilar.
Keyingi davrlarda maishiy, tarixiy va batal janrlari orasidagi chegaralar 
yo`qolib ketdi. XX asr maishiy janrining rivojlanishi murakkab va turli-tuman 
yo`ldan ketdi.Bu davr kartinalariga psixologik nyuanslar va o`zgaruvchan voqealar 
xosdir. Kartinalarda simvolik mazmun ham ochib berilgan (P.Gogen, V.Borisov - 
Musatov, K.Petrov - Vodkin) shu bilan birga oddiy hayotiy voqealar ham bo`rttirib, 
qahramonona ko`rinishda beriladi. (B.Ioganson, A.Deyneka, A.Plastov).
Maishiy va tarixiy janrlarda personajlarning o`zaro aloqasi juda muhim bo`lib, 
obrazlar rang yordamida yaratiladi. Biz avvalo kartinaning syujetiga, nima 
tasvirlaganiga e'tibor beramiz, keyin esa uning bo`yoqlari, qanday ishlangani va 


34 
ishlanish uslubiga e'tiborni qaratamiz. Chunki kartinaning kayfiyati, elyutsional 
ta'siri undagi ranglarning qanday tanlanganiga bog`liq. Kartinaning koloriti quvnoq 
va g`amgin, tinch va qayg`uli, sirli va aniq bo`lishi mumkin.

Download 1,57 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maishiy janrni takomillashtirish muammolari

Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish