Mavzu: Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar Mundarija Kirish i-bob. Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar ilmiy-nazariy adabiyotlar




Download 120,16 Kb.
bet12/14
Sana25.01.2024
Hajmi120,16 Kb.
#145695
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Asadova D kurs ishi tayyor

II Bob bo’yicha xulosa
Yakuniy so’z sifatida, rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalarda ko‘rishi, eshitishi, harakati, intellekti, nutqi va boshqa tomonlarida nuqsonlar birgalikda kechishi mumkin. Bu kamchiliklar ularning ta’limtarbiyasini qiyinlashtiradi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi internat tipidagi «Muruvvat» uylarida yashaydi. Shu paytgacha ushbu toifadagi bolalar bilan ta’limiy, korreksion rivojlantiruvchi psixologo-pedagogik hamda korreksion-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalalari yetarlicha hal yetilmagan edi. Olimlar o‘sib kelayotgan bola organizmi, uning miya tuzilishining ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan holda tashkil etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar, bolaning birlamchi nuqsonini kamaytirib, ikkilamchi nuqsonlarini oldini olishga yordam berishi haqidagi nazariyalarni ilgari surgan, ishlab chiqishgan. Ularning fikricha, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanish imkoniyatlari chegarasiz. Bundan kelib chiqadiki, rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalarni ham, boshqa toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar singari mustaqil, hech kimga qaram bo‘lmagan holda hayot kechirish, kasb-hunarga o‘rgatish mumkin, agarda ular bilan ilk yoshidan boshlab muntazam ravishda nafaqat davolash chora-tadbirlari, balki ta’limiy, korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim izchillik bilan amalga oshirilsa. Murakkab, mujassam nuqsonli bolalardan eshitish qobiliyati zaif va aqli zaif bolalar birinchi bo‘lib o‘rganilgan edi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ikkilamchi hodisa sifatida aqlan zaiflik kuzatilib boriladi. Natijada intellekti sog‘lom, eshitish qobiliyati zaif bolalarni aqli zaif eshitish qobiliyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha mushkul. Ayniqsa, ilk yoshdagi bolalarda. Hozirgi kunda ular uchun differensial-diagnostik mezonlar ishlab chiqilgan. Aqliy rivojlanishi va eshitish qobiliyati zaif bolalar karlar yoki zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlarining yordamchi sinflarida yordamchi maktab dasturi bo‘yicha ta’lim oladilar. Yordamchi sinflar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internatlarida ham mavjud.



Download 120,16 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 120,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar Mundarija Kirish i-bob. Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar ilmiy-nazariy adabiyotlar

Download 120,16 Kb.