|
Mavzu: Arxeologiya sohasida suniy intellektdan foydalanish usılları. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 109,19 Kb. | | #127140 |
Bog'liq Arxeologiyada suniy intellekt
Mavzu: Arxeologiya sohasida suniy intellektdan foydalanish usılları.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Suniy intellekt haqida tushuncha
2. Sun’iy neyron modeli
3. Arxeologiyada suniy intellekt
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Sun’iy intellekt (SI) - bu tezkor hisoblash muhitda algoritmlar yaratish va qo‘llash orqali insonning aql-idrok jarayonlarini taqlid qilish uchun zamindir. Sodda qilib aytganda, sun’iy intellekt kompyuterlarni odam kabi o‘ylash va yechim topishga yo‘naltirilgan texnologiya
Ushbu maqsadga erishish uchun uchta asosiy komponent talab qilinadi:
Hisoblash tizimlari (katta quvvatli kompyuterlar).
Katta ma’lumotlar va ularni boshqaruvi.
SI algoritmlari (dasturiy kod).
Natija inson aqliga qancha yaqin bo‘lishi istalsa, shuncha ko‘p ma’lumotlar va hisoblash resurslari (kuchi) talab etiladi.
Sun’iy intellekt tushunchasi qanday paydo bo‘lgan?
Miloddan avvalgi birinchi asrdan boshlab insonlar odam miyasini taqlid qiladigan mashinalar yaratish imkoniyatiga qiziqishgan. Bizning davrimizda sun’iy intellekt atamasi 1955- yilda Jon Makkarti (John Maccarthy) tomonidan kiritilgan. 1956- yilda Makkarti va boshqalar Sun’iy intellekt bo‘yicha Yozgi Dartmut Tadqiqot Loyihasi konferensiyasini tashkil etishadi. Ushbu tashabbus mashina o‘rganishi, chuqur o‘rganish, bashoratli tahlillar kabi ko‘p ixtirolar qilinishiga olib keladi. Undan tashqari, bu tashabbus yangidan-yangi sohani - ma’lumotshunoslikni (data science) keltirib chiqaradi.
Sun’iy intellektni tadbiq qilinishini hayotimizning kundalik holatlarida kuzatishimiz mumkin. Masalan, moliyaviy xizmatlarda firibgarlikni aniqlash, chakana savdoda mahsulotlarga ehtiyojni bashorat qilish, mijozlar bilan onlayn muloqot qilish yoki masofaviy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini amalga oshirishda:
|
| |