Mavzu: Bijg‘itilgan karam ishlab chiqarish Reja: Kirish Asosiy qism




Download 2.07 Mb.
bet5/12
Sana20.02.2022
Hajmi2.07 Mb.
#17865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
karamni bijg\'itish

Xom-ashyo tavsifi

Karam (Brassica L.) — butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. Karamning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor. Koʻpgina turlari Oʻrta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan. Bryukva, raps, sholgʻom, surepitsa, xantal ham shu turkumga kiradi. Bir turi — poliz K. (V. o1egaseaye)ning juda koʻp turlari xoʻjalik aqamiyatiga ega. Dehqonchilikda ulardan oq boshli (bosh oʻraydigan oddiy) Karam, qizil Karam, savoy karami, bryussel karami, kolrabi, gulkaram, pekin karami dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Jahon boʻyicha oq boshli Karamning umumiy ekin may-doni 2,3 mln.ga, hosildorlik 209,9 s/ga, yalpi hosili 48,8 mln.t (1999). Asosan, oq boshli va gulkaram ekiladi.
Karam aksari ikki yillik oʻsimlik. Birinchi yil bosh (karam) chiqaradi, ikkinchi yili oʻzagidan gulpoya chiqarib, urugʻlaydi. Oq boshli Karam navlari vegetativ (oʻzagi, barg plastinkasi, toʻp bargi) va qosil organlari (karam boshi)ning qator morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Tashqi oʻzagining boʻyi 16—20 sm, toʻpbargining diametri 60—80 sm, bandining uzunligi boʻyicha barglari bandsiz, 4— 15 sm bandli, barglari mayda — 25— 40 sm, oʻrtacha — 40—50 sm va yirik — 50 sm va undan yirik boʻlishi mumkin. Barg toʻqimasining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining rangi och-yashil, toʻq-yashil, kulrang-yashil, koʻkish-yashil, yashil-binafsha, olachipor, koʻk-yashil va qizil-binafsha tusda.
Karam boshlari kattaligi va tigʻizligiga koʻra, mayda (0,5—1,5 kg), oʻrtacha (1,5— 2,5) va yirik (2,5 kg dan ortiq) vaznda boʻladi. Gullari sargʻish, yirik, shingillarga toʻplangan, mevasi qoʻzoq. Urugʻi yumaloq, toʻq qoʻngʻir, diametri 2 mm cha. K. sovuqqa chidamli, urugʻi 2— 5° da una boshlaydi. Koʻkati — 5° so-vuqqa, katta oʻsimligi — 8° qisqa muddatli sovuqqa chidaydi. Oq boshli Karam 11—18° t-rada bosh hosil qiladi. T-ra 25° dan oshganda bosh chiqarishi kechi-kadi; sernam va yorugʻ joyda tez rivojlanadi.
Karam tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V,, V2, RR, K, Ye) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yogʻ, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganets, temir va b. elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida isteʼmol qilinadi. Karam xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. Karamda kletchatka koʻp. Karam navlari ertagi, oʻrtacha ertagi, urtagi, oʻrtacha kechki va kechki guruxlarga boʻlinadi. Karam koʻchati parnik va issiqxonalarda yetishtirilib, ertagisiga fevral oxiri va mart boshlarida (60x60 sm, 70x70 sm sxemada), oʻrtagisi aprel — may boshlarida, kechkisi iyul oxiri va iyul boshlarida (70x70 sm sxemada) ekiladi.


Download 2.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 2.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Bijg‘itilgan karam ishlab chiqarish Reja: Kirish Asosiy qism

Download 2.07 Mb.