Mavzu: Bijg‘itilgan karam ishlab chiqarish Reja: Kirish Asosiy qism




Download 2.07 Mb.
bet6/12
Sana20.02.2022
Hajmi2.07 Mb.
#17865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
karamni bijg\'itish

2-rasm. Kuzgi oqbosh karam
Parvarishi sugʻorish, qator oralari va tup atrofini yumshatish, oʻgʻitlash, zararkunanda va kasalliklarga karshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziklantirishda gektariga 150–200 kg superfosfat va 120–150 kg ammiakli selitra, ikkinchisida faqat 120– 150 kg ammiakli selitra beriladi. Karam ekiladigan yer kuzda yoki erta bahorda haydalib, gektariga 20—30 t goʻng , 300–400 kg superfosfat, 100–150 kg kaliy tuzi sochiladi.
Karam urugʻini bevosita dalaga ekish ham mumkin. Bunda unumdor, begona oʻtlardan toza yerlarga seyalkada qator orasini 60—70 sm dan qilib, 1 ga maydonga 1 — 1,5 kgurugʻsepiladi. 2—3 chin barg chiqargach, yaganalab, har uyada (30—40 sm oraliqda) bittadan oʻsimlik krldiriladi. Bundan keyingi ishlar koʻchati oʻtqazilgandagi ishlar bilan bir xil. Oʻrtacha hosildorligi (1 ga dan) ertapishari 200—300 s, oʻrtapishari 400— 500 s, kechpishari 600—900 s. K. urugʻchiligi bilan Karam ekiladigan barcha zonalarda shugʻullaniladi.
Oʻzbekistonda oq boshli Karamning quyidagi navlari ekiladi: Gribovskiy 147—ertagi, koʻchati oʻtqazilgach, 60—65 kunda yetiladi. Boshi 0,7–1 kg , yumaloq, oʻrtacha zich, koʻkish, pishganda yoriladi. Toshkent 10—oʻrtagi, koʻchati oʻtqazilgach, 90—110 kunda pishadi. Karami 2— 2,5 kg , yumaloq-yassi, issiqqa chidamli. Oʻzbekiston 133—oʻrta kechki, Karam koʻchati oʻtqazilgach, 110—120 kunda yetiladi. Karam 2,5—4,3 kg , yumaloq-yassi. Shuningdek, Apsheron kuzgisi, Saratoniy, Navroʻz, Ashxobod, Parallel Fp Derbent va b. navlari ham ekiladi (2002).
Karam zararkunandalari. Karamni zararlaydigan hasharotlar turlari juda koʻp, asosiylari karam biti, karam kuyasi, karam qandalasi, karam oq kapalagi vab. Karam biti — qanotsiz urgʻochisi 1,9—2,3 mm, tuxumsimon, koʻkish-kulrang , kulrang mum gʻubor bilan qoplangan; qanotli urgʻochisi 2,15 mm, boshi va koʻkragi jigarrang , qorni koʻkish-sariq, ozroq mum gʻuborli. Bir mavsumda 15 martagacha avlod beradi. Karam kuyasi — kapalagi qanotlari yozilganda 14–17 mm; oldingi qanotlari qoʻngʻir, keyingisi kulrang . Lichinkasi (qurti) 9–12 mm, urchuqsimon, yashil. Tuxumi 0,4—0,5 mm, yumaloq-suyri, och sariq. Hamma joyda uchraydi, asosan, Karam va kizil lavlagini zararlaydi. Begona oʻtlarda, Karam oʻzagi va barglarida qishlaydi. Tuxumdan chiqqan qurtlari barg bilan oziqlanadi (Toshkent viloyatida 9—10 ta avlod beradi). Karam qandalasi — tanasi 7 – 8 mm, boʻgʻimli, qalqoni qorinni yarmigacha qoplab turadi. Usti zangori yoki yashilsimon qora boʻlib, qizgʻish, sargish yoki oqish chiziqlari bor. Oʻsimlik barglarini hartumchasi bilan teshib shirasini soʻradi, bunda barglar sargʻayadi, ilma-teshik boʻlib ketadi, yosh oʻsimliklar qurib qoladi.
Koʻklamda begona oʻsimliklar bilan oziqlanib, barg orqasiga tuxum qoʻyadi. 6—15 kunda tuxumdan lichinkalar chiqadi, kattalashib gʻumbakka aylanadi. Birinchi boʻgʻini, koʻpincha may — iyunda Karamga tushadi. Karam oq kapalagi — qanoti yozilganda 5,5—6 sm, oq, uchi qora koʻrinadi. Lichinkalari qora dogʻli sargʻish-och yashil, boʻyi 1 sm. Oʻrta Osiyo sharoitida yiliga 4 marta avlod beradi. Karam kasalliklaridan hosilga katta zarar keltirganlaridan asosiylari: bakterioz, soxta unshudring , qora boʻgʻiz, ildiz boʻgʻzi qorayishi.
Zararkunandalarga qarshi kurashda koʻchatni dalaga ekishdan oldin insektitsidlardan birontasining 0,2% li eritmasi purkaladi, oʻsuv davrida biologik preparatlardan dendrobatsillin (1,0—1,5 kg/ga), gomelin (0,8—1,0 kg/ga) eritmalari, hosilni yigʻishdan 20—30 kun oldin insektitsidlar bilan dorilanadi, kasalliklarga qarshi yerni kuzda shudgorlash, oʻsimlik qoldiqlarini yigʻib olish, urugʻlikni ekishdan oldin dorilash tadbirlari oʻtkaziladi.




    1. Download 2.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 2.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Bijg‘itilgan karam ishlab chiqarish Reja: Kirish Asosiy qism

Download 2.07 Mb.