|
Mavzu: Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari Reja
|
bet | 5/8 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 79,15 Kb. | | #273200 |
Biologik ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish yo‘llari. Biologik ta’lim mazmunining ikkinchi tarkibiy qismini faoliyat usullari, ya’ni ko‘nikma va malakalar tashkil etadi. Ko‘nikma – biror faoliyatni o‘zlashtirilgan usuli, malaka esa, mazkur ko‘nikmaning avtomatlashgan ko‘rinishi sanaladi.
Biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarda biologik ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish bosqichlarini chuqur anglagan bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar tomonidan ko‘nikmalar quyidagi bosqichlar yordamida o‘zlashtiriladi:
ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlash; ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini bajarish; bu ish usullarini takroran bajarish;
amalda qo‘llash; natijalarni tekshirish.
Ko‘nikmalarni umumiy holatda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: morfologik ko‘nikmalar–organlar shakli va tuzilishini ajrata olish;
anatomik ko‘nikmalar-hujayra organoidlarining tuzilishi va funksiyasini aniqlash, kattalashtiruvchi asboblar bilan shlash, mikropreparatlar tayyorlay olish;
fiziologik ko‘nikmalar-tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlarni o‘rganishga oid oddiy tajribalar o‘tkazish, kuzatishlar olib borish;
sistematik ko‘nikmalar–sistematik guruh belgilari va xususiyatlarini aniqlay
olish;
ekologik ko‘nikmalar–organizmlarning yashash muhitiga moslashish shakllarini aniqlash, ekologik sistemalardagi oziq zanjirining tarkibiy qismlarini aniqlash;
osteologik ko‘nikmalar–tayanch-harakatlanish organlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, tuzilishi va funksiyasini belgilash; O‘quvchilarda ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun o‘qituvchi mavzu mazmunidan shakllantiriladigan ko‘nikmalarni aniqlashi, ularni o‘quvchilarda tarkib toptirish bosqichlariga amal qilishi lozim. O‘quvchilarning o‘quv topshiriqlarini bajarishlari ularda ko‘nikmalarning shakllanishini ta’minlaydi.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish. Biologik ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismini ijodiy faoliyat tajribalari tashkil etib, mazkur faoliyatni tarkib toptirish uchun, avvalo, o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib toptirish lozim. Fikr inson faoliyati, uning o‘z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma’naviy- insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lganligi uchun, biologiyani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur.
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun o‘qituvchi, avvalo:
o‘quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun o‘quv topshiriqlarini tanlashi (zarur hollarda tuzishi), biologik obyektlar, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni o‘rganish maqsadida tajriba va kuzatish o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar tayyorlashi;
o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’limi uchun qo‘shimcha adabiyotlar va multimedialarni tanlashi lozim;
o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qo‘llash zarur. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g‘oyasi o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari:
o‘quvchilarni o‘z bilish faoliyatining sub’yektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi;
o‘quvchilarning bilish faoliyati empirik va nazariy bilish yaxlitligida tashkil etilib, o‘qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o‘rganish ustuvor bo‘ladi;
o‘qitish jarayonining asosini o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi;
o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo‘nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu ikki tipi bir-birini to‘ldiradi va taqozo etadi.
Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog‘ishtirish). O‘quvchilarda tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun biologiya o‘qituvchisi har bir darsda avval o‘rganilayotgan obyektlar bilan o‘rganilgan obyekt o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi
kerak. Jumladan, «Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi» mavzusini o‘rganganda o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, ularga o‘quv topshiriqlari bilan bir qatorda quyidagi jadvalni to‘ldirish tavsiya etiladi:
Organlar sistemasi
|
Oq planariya
|
Yomg‘ir chuvalchangi
|
Chuchuk suv shillig‘i
|
Daryo qisqichbaqasi
|
Tana bo‘shlig‘i
|
|
|
|
|
Ovqat hazm qilish
|
|
|
|
|
Qon aylanish
|
|
|
|
|
Nafas olish
|
|
|
|
|
Ayirish
|
|
|
|
|
Nerv sistemasi
|
|
|
|
|
Sezgi organlari
|
|
|
|
|
Ko‘payish
|
|
|
|
|
O‘quvchilar darslikda berilgan o‘quv axborotini tahlil qiladi, organlar sistemasi haqidagi faktlarni tanlaydi, ularni avvalgi obyektlar bilan taqqoslab, xulosa chiqaradi. Demak, daryo qichqichbaqasining ichki tuzilishini tahlil qilib, avval o‘rganilgan oq planariya, yomg‘ir chuvalchangi, chuchuk suv shillig‘i bilan taqqoslab o‘rganadi. O‘quv materialining bu tarzda o‘rganilishi o‘quvchilarda tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarining tarkib topishiga zamin tayyorlaydi.
Bog‘lanishli (assotsiativ) fikr yuritish - avval o‘rganilgan bilimlar, faktlar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, tanish obyekt va hodisalarning yangi xususiyatlari va sifatlarini topish. Bog‘lanishli fikr yuritish o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kutilmagan, noodatiy vaziyatlarda qo‘llab, yangi bilim va ko‘nimalarni o‘zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi.
O‘qituvchi “Organik olam evolyutsiyasining yo‘nalishlari” mavzusini o‘qitishda o‘quvchilarning botanika va zoologiya o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlarini faollashtirish maqsadida ularga o‘quv topshiriqlari bilan birga quyidagi jadvalni to‘ldirishlarini tavsiya etadi.
topshiriq. Qirqquloqlar, ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilarning tuzilishini taqqoslang. Ularning tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlang.
Taqqoslanadigan
|
Qirqquloqlar
|
Ochiq
|
Yopiq
|
Hayotiy shakli
|
|
|
|
Ildizi
|
|
|
|
Poyasi
|
|
|
|
Bargi
|
|
|
|
Ko‘payish organlari
|
|
|
|
Ko‘payish jarayonining tashqi muhit omillariga bog‘liqligi
|
|
|
|
2. Yopiq urug‘lilarning o‘simliklar olamida hukmronligi sababini aniqlang.
topshiriq. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlarning tuzilishini taqqoslang. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlang.
Taqqoslanadigan
jihatlar
|
Suvda hamda quruqlikda
yashovchilar
|
Sudralib
yuruvchilar
|
Qushlar
|
Tana qoplami
|
|
|
|
Hazm qilishi
|
|
|
|
Qon aylanishi
|
|
|
|
YUragi
|
|
|
|
Nafas olishi
|
|
|
|
Ayirishi
|
|
|
|
Nerv sistemasi
|
|
|
|
Sezgi organlari
|
|
|
|
Ko‘payishi
|
|
|
|
Quyida berilgan organoidlarning nomi va vazifasi bilan juftlab ko‘rsating.
|
| |