|
Topshiriqning didaktik maqsadi
|
bet | 8/8 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 79,15 Kb. | | #273200 |
Topshiriqning didaktik maqsadi: Hujayraning tuzilishi va funksiyalarini o‘rganish orqali, hujayraning yaxlit tizim ekanligi, organoidlarning tuzilishi va funksiyasi, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash.
Hujayra organoidlari
|
Tuzilishi
|
Funksiyasi
|
|
|
|
|
|
|
Shunday qilib, tanqidiy fikr yuritish tahliliy, bog‘lanishli, mustaqil, mantiqiy, tizimli fikr yuritishni mujassamlashtiradi. Ular o‘rtasida ichki va tashqi, muayyan va nisbiy bog‘lanishlar mavjud.
O‘quvchilarda ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘qituvchi yuqorida qayd etilgan tahliliy fikr yuritishning tarkibiy qismlaridan, xususan, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalaridan foydalanishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, o‘quvchilarda nomlari zikr etilgan fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirmay turib, ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin emas.
Ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalari ijodiy faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. O‘quvchilar ijodiy faoliyat tajribalarini egallashda aqliy faoliyat usullari bo‘lgan o‘rganilayotgan ob’yektni tahlil qilish, taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish, sintezlash, sabab-oqibat bog‘lanishlarini tasavvur qilishi, umumlashtirish va xulosa yasashni egallagan bo‘lishlari lozim. Shundagina o‘quvchilar ijodiy faoliyatning asosini tashkil etadigan xususiyatlar:
tanish obyektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi; tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish;
bilim va ko‘nikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash orqali muammoni hal etish; o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda ijodiy qo‘llashga o‘rganishi mumkin. O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishning muhim sharti, o‘quvchilarning o‘z fikrlarini dalillash va asoslash sanaladi. Shu sababli, o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalari, asosan, o‘quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi. O‘quv munozaralari va bahslarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
O‘quv munozaralari va bahslarni keltirib chiqaradigan o‘quv topshiriqlari bilan tanishish.
O‘quv topshiriqlaridagi muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash.
Axborot manbai yoki darsliklardagi o‘quv materialini o‘rganish, tahlil qilish va undagi asosiy g‘oyani ajratish.
Muammolarni hal etish bo‘yicha javoblarni tayyorlash.
Javoblarni ko‘rgazmali vositalar yordamida dalillash.
Javoblarning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘zaro nazoratni amalga oshirish.
O‘quv munozaralarining ikki turi mavjud, agar ikki o‘quvchi o‘zaro hamkorlikda yoki o‘quvchining kompyuter bilan muloqoti tashkil etilsa, bu dialog tarzdagi munozara, agar munozara o‘quvchilarning kichik guruhlardagi mustaqil ishi asosida tashkil etilsa, polilog tarzdagi muloqot sanaladi.
O‘qituvchi darsda o‘rganiladigan mavzuning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda qay tarzdagi munozarani tashkil etishni nazarda tutib, tegishli o‘quv topshiriqlarni tayyorlaydi.
Har qanday o‘quv munozaralari ijodiy izlanish asosida tashkil etiladi. Ijodiy izlanishlar quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq:
Ijodiy izlanish maqsadini aniqlash, mazkur maqsadga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish, guruh a’zolari o‘rtasida fikr va axborot almashinuvini amalga oshirish.
Olingan natijalarni tasavvur qilish va uni loyihalash.
Maqsadni amalga oshganligi va olingan natijani tahlil qilish.
Zarur hollarda tegishli o‘zgartirishlar kiritish.
Nazorat savollari:
Biologik ta’lim mazmuni deganda nimani tushunasiz?
Biologik ta’limning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Biologiya ta’limi tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
O‘quvchilarda biologik tushunchalarni shakllantirish qanday amalga oshiriladi?
O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llarini o‘rganing.
|
| |