Mavzu: Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari Reja




Download 79,15 Kb.
bet3/8
Sana02.10.2024
Hajmi79,15 Kb.
#273200
1   2   3   4   5   6   7   8
Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish. Biologiyani o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalar, kompetensiyalarni shakllantirish sanaladi. Shu sababli, biologiya o‘qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri o‘quvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, kompetensiyalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko‘p biolog-metodistlar tomonidan tadqiq etilmoqda.
O‘quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo, uning ta’rifini bilib olish zarur. Bilim narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi. Demak, bilim tushunchalar tizimidan iborat bo‘lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi yetakchi o‘ringa chiqadi.
Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish biologik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o‘quv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi. O‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, idrok etish, tasavvur qilish, yodda saqlash, amalda qo‘llash, natijalarni tekshirish, axborotlarni umumlashtirish va xulosa yasash.
O‘qituvchi tomonidan tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilinishi o‘quvchilarning tushunchalarni qabul qilishiga, tushunishiga imkon yaratadi. Shu sababli, o‘qituvchi har bir o‘quv fani mazmunidagi tushunchalarni belgilab olishi, o‘quvchilarda shu tushunchalarni shakllantirishga e’tibor qaratishi lozim.
Tushunchalar mavzudan mavzuga o‘tgan sari asta-sekin rivojlantirilib, mukammallashib boradi, shunga ko‘ra tushunchalarni shakllantirish bilan bir qatorda ularning rivojlantirilishi muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, o‘quvchilar tushunchalarni birdaniga egallay olmaydilar, tushunchalarning hosil bo‘lishida yuqorida qayd etilgan bosqichlarni amalga oshirish, buning uchun esa muayyan vaqt kerak bo‘ladi. Faktlardan tushunchalarni keltirib chiqarish uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, eng muhimi, tushunchalarni «tayyor» holda berishdan saqlanish, qiyinchiliksiz qabul qilingan tushunchalar tez esdan chiqishini unutmaslik kerak. O‘qituvchi tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilishi, o‘quvchilarni aqliy faoliyatga jalb etishi, ular tomonidan obyektlarni taqqoslash, o‘xshashlik va farqini topish, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi mantiqiy fikr yuritish operasiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallashlariga zamin yaratishi lozim.

Download 79,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 79,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari Reja

Download 79,15 Kb.