• Love of Motherland
  • VIII-IX SINFLARDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH




    Download 203,47 Kb.
    bet17/21
    Sana11.01.2024
    Hajmi203,47 Kb.
    #134872
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    Bitiruv malakaviy-fayllar.org

    3.3 VIII-IX SINFLARDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH 

    METODIKASI. 
    Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet 
    tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
    qaroriga muvofiq markazda umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
    uchun chet tillarni o‘rganish bo‘yicha turli qo‘llanmalar ishlab chiqish ishlari olib
    borilmoqda. Bugungi kunda umumta’lim maktablari ikkinchi sinf o‘quvchilari 
    uchun elektron ingliz tili alifbosi ishlab chiqildi. Shu sababli ham bugungi kunda
    xorijiy tillarni o’rganishga e’tibor katta. [6.23.]
    Shu xususda, bizga berilgan diplom ishi yuzasidan 2016-yilning 27 mart kuni 

    Chortoq tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil


    etish bo‘limiga qarashli umumta'lim maktablarning xorijiy tili o‘quvchilari bilan 
    «Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi va ularda amaliy
    mashg‘ulotlarni tashkil qilishda interfaol metodlarni qo‘llash” mavzusida bo'lib 
    o'tgan o‘quv-seminarini kuzatdim. Unda O’zbekiston Respublikasi „Progress”
    o‘quv markazi ingliz tili o‘qituvchisi Gulsanam Qurbanova, Namangan shahar 41-
    sonli maktab ingliz tili o‘qituvchisi Zayfuna Bagdiyerova va Namangan tumani 22
    maktab ingliz tili o‘qituvchisi Maryam Ismoilova hamda tuman XTMFMTTEB 
    metodisti Yulduz Ruzmetova va tuman umumta'lim maktablari xorijiy tili
    o‘qituvchilari qatnashdilar.
    Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv muassasalarida chet tillar 

    o‘qituvchilariga zarur ehtiyoji bo‘lgan uzoq tumanlar va qishloq aholi punktlarida


    yashayotgan aholi ichidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyanomalari 
    asosida chet tillar o‘qituvchilari ixtisosligiga oliy ta’lim muassasalariga maqsadli
    qabulni amalga oshirishga ruxsat etildi. 
    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va
    egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, Markaz xodimlarining 

    61
    soni 12 kishiga ko‘paytirilsin va uning vazifalari quyidagilardan iborat etib 


    belgilansin:


    Xalqaro e’tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish 
    darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
    o‘rganuvchilarni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlashni to‘lov asosida 

    test o‘tkazish (jumladan, Internet orqali masofaviy) va davlat namunasidagi tegishli


    malaka sertifikatini berishni tashkil etish; 
    o‘rganuvchilarning mustaqil ravishda, chet tilini bilish va egallash darajasini
    aniqlash uchun, testga tayyorlanishlariga zarur ma’lumotlarni tayyorlash va Internet 
    tarmog‘iga joylashtirish.
    Markazning byudjetdan tashqari daromadlari hisobidan unga yuklangan vazifalarni 
    bajarish uchun Markazga to‘lov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon
    oluvchilarni jalb etish huquqi berildi. 
    Hozirgi kunda mamlakatda qaysi xorijiy tillar o’rganilishi ko’p omillarga 

    bog’liqdir. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy salohiyati va uning


    xalqaro miqyosdagi munosabatlari hamda hududiy va global tarmoqqa aloqadorlik 
    darajasi xorijiy tillarni o’qitish masalalariga hamda ularning o’rganish ketma-ketlik
    tartibiga ham ta'sir etadi. Xorijiy tillarni o’rganish jarayonida birinchi chet tili 
    sifatida ko’pincha “foydalilik mezoni” bo’yicha eng muhim bo’lgan til ustuvor
    hisoblanadi — bugungi kunda ingliz tili Lingua franca sifatida bunga misoldir.
    Yevropadagi kabi „yevropacha ko’p tillilik“, tushunchasi ostida kamida ikkita 

    zamonaviy xorijiy tilni egallash maqsad qilinsa, unda navbatdagi chet tillarni


    o’rganish uchun birinchi chet tilining ahamiyatiga yanada ko’proq e'tibor berilishi 
    lozim. Bu ayniqsa, bolalar bog’chalari, tayyorlov maktablari yoki boshlang’ich
    maktablarda birinchi chet tilini o’qitish uchun muhim sanaladi, chunki birinchi chet 
    tili navbatdagi xorijiy tillarni o’rganishga yo’l ochib berishi lozim.[20.67.]


    62
    Ota-onalar ko’p hollarda ingliz tilini o’rganish oson, u global aloqa vositasi 


    sifatida farzandlarining kelajakda o’qish va kasb sohalarida martabaga erishish


    uchun yaxshi zamin yaratadi deb ishonganlari uchun uni birinchi chet tili sifatida 
    o’qitilishini talab qiladilar. Biroq, ular ingliz tilidan tashqari butunlay boshqa tillar
    keng foydalaniladigan hududlarda jamiyatning o’zgaruvchanligi va tezkorligi 
    hududiy ehtiyojlardan kelib chiqishi, ingliz tili birinchi chet tili sifatida boshqa chet
    tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqishga salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkinligi 
    to’g’risida mulohaza qilib ko’rmaydilar.
    Ammo aksincha, chet tillarini o’rganishni boshlashda boshqa bir chet tili bolalarga 
    mos va uzluksiz tarzda o’rgatilsa, mazkur chet tiliga va tili o’rganilayotgan
    mamlakatning madaniyatiga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi. Bunday holatda 
    ingliz tili ma'lum bir vaqt o’tib, chamasi uch yoki to’rt yillardan keyin, tez
    suratlarda o’rganilishi mumkin. Shunda ingliz tili bo’yicha bilim darajasi 
    bosqichiga erishishga hech qanday putur yetmaydi.
    Til siyosati nuqtai nazaridan qaraganda hududiy ko’p tillilik konsepsiyasi tillarni 
    tanlash va ularni o’rganish ketma-ketligi to’g’risida turlicha mulohaza yuritishga
    imkon beradi. Bolaning individual muloqot yuritish va bilim olishga bo’lgan 
    ehtiyojlari, jumladan uning kelajakdagi shaxsiy va kasbiy intilishlari diqqat
    markazida turadi. Bundan kelib chiqadiki, bolalarda hududiy jihatdan muhim 
    bo’lgan ko’p tillilik profillarini rivojlantirish uchun chet tili darslarini va tillar
    ketma-ketligini ko’p qirrali va o’zgaruvchan qilib tashkil etish zaruriyati tug’iladi.
    VIII-IX-sinflarda ham multimediya texnalogyalar bilan didaktik o’yinlarni 

    uyg’unlashtrilgan holda qo’llash mumkin. Ma’lumki o’quvchilarning mustaqil,


    keng va puxta bilim olishlarida syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiya, 
    o’yin mashqlari kabi didaktik o’yinlar o’zining ta’lim-tarbiya beruvchi, bilimlarni
    mustaxkamlovchi, o’quv materyallarini takrorlovchi, bilimlarni nazorat qiluvchi 
    o;yinlar sifatida ifoda etilishi, bilan ahamyatlidir. O’quvchilarning ijodiy fikrlash,
    mustaqil bilim ko’nikma, malakalariniyangi vaziyatda qo’llash orqali yangi 

    63
    bilimlarni o’zlashtrishida didaktik o’yinlarning o’rni alohida ajralib turadi. Didaktik 


    o’yinlardan foydalanganda ularning bir-biridan farqlanishi va o’ziga xos tavsiyaga


    ega ekanligiga e’tibor beriladi.[13.77.] 
    Shuni alohida takidlash joizki, o’quvchilarning mustaqil ishlari; mashg’ulot
    jarayonida mustaqil ish, turli ijtimoiy foydali faolyatlar, topshiriq va mashqlarni 
    bajarish, fan bo’yicha o’tilgan materyallarni takrorlash, test-sinov topshiriqlarni
    bajarish, savol-javob baxs, munozara yurutish, sayr-sayohatlar yurutish, shaxsiy 
    ta’surotlarni himoya qilish, mustaqil o’qishning sahna va kino ko’rinishini tashkil
    etish, kitob bilan mustaqil ishlash, soha bo’yicha amaliy ishlarni bajarish , referat, 
    ma’ruzalar tayyorlash, dastur yunalishida badiiy adabyotlarnitahlil etish, topshiriq,
    slaydlar orqali namoyish etish asosida mustaqil ishlarning ahamyati kattadir.bu 
    ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish har qanday soha faolyatida ijobiy
    o’zgarishlarni sodir etadi. Eng muhimi o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil 
    etishda texnologik yondashuv o’quv jarayonini yanada faollashtradi, o’quv
    materyallarining o’zlashtrilishi yuqori darajada erishiladi. chet tili o’qitishning 
    o’rtanchi bosqichida biz yoqorida korib o’tilgan psixologik, fzialogik xissiyotlarni
    o’ziga xosligini hisobga olgan holda o’quv jarayonini tashkil qilishimiz kеrak. 
    O’quvchilarga doimo o’rganilayotgan til matеriali avval to’la tushinilgandеk
    bo’ladi, lеkin bu xato ularni albatta ma’lum vaqtdan song takrorlanmasligi xotirada 
    saqlab qolinmaydi va aktiv sostavi bo’lmaydi. Matеrial takrorlanib tursagina u
    o’zvlashtiradigan deyiladi. (10-20% eslash ortadi). Izoh: aktiv o’zlashtirish: passiv 
    o’zlashtirish: o’rta bosqichdagi o’quvchilar uchun ichki mativdan tashqi mativ
    kuchliroq shuning uchun bu har ikkala mativdan oqilona foydalanish zarur. 
    Bajarilayotgan mashqlar o’quvchilar oldiga qo’yilgan vazifalar muammoli
    harakatga ega bo’lishi kerak, ular intelektual emotsiyani keltirib chiqarishga 
    undovchi stimul bo’lishi kerak. Dars kommunikativlik prinsipi asosida olib
    borilmog’i zarur unda har bir nutq faoliyatini mativ-real vaziyatdan kelib chiqishi 
    muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar chet tili nutqidagi o’z muvaffaqiyatlarini hiz
    qilsinlar. VII-VIII sinf o’quvchilari o’zlarini chet tili nutqi juda ham sodda 

    64
    bo’lganligi uchun kulgiga qolmaylik deb, chet tilida gapirishga harakat qilmaydilar 


    ham. Chet tili o’qitishning bu o’rtancha bosqichdagi muvaffaqiyatsizligi o’quv


    protsesining psixologik jihatdan soxta situatsiyaga moslashganligidandir. 
    Ma’lumki ularning ona-tilidagi nutqi informatsiyaga boyligi bilan ajralib turadi.
    Ularning chet-tili nutqi esa primetiv, bo’lib o’quvchilarning istak xoxishlarini 
    ifodalashga xozir emas. Shuning uchun darsda real voqealikdan kelib chiqadigan
    situatsiyalardan foydalanish, darsda turli xil o’yinlarni o’tkazish kerak. Lekin 
    bunda IV-V sinfga hos bo’lgan o’yinlardan foydalanish mumkin emas, chunki VII-
    VIII sinf o’quvchisi o’zga sinfdoshlari oldida kulgi bo’lib qolishdan qo’rqishadi. 
    Bunday vaqtda eng muhimi turli “Ролевин Игри” ro’llarda ijobiy yondashgan
    holda bajariladigan o’yin turlaridan foydalanish kerak. Bu yoshdagi bolalarni 
    sinfdan tashqari ishlarga keng jalb qilmoq kerak. Afsuski ko’p hollarda bu
    maktablarda bajarilmaydi. Undan tashqari o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida chet 
    tilidagi muloqot ham katta ro’l o’ynaydi.
    V-VII-VIII sinf o’quvchilarining yoshi o’smirlikning ilk davriga kеlib bir qator 
    psixologik hususiyatlar bilan haraktеrlanadi. Ulardagi yosh hususiyatlarining
    o’ziga xosligi VIII sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi. Psixologiya kursidan 
    ma'lumki har bir yosh bosqichda oldingi bosqichdan yosh hususiyatlaridan
    ayrimlari saqlanib qoladi. 
    VIII-IX-sinf o’quvchilarini o’qitishda multimedia texnalogyalaridan foydalangan
    holda quyida 1soatlik dars ishlanmasini taqdim etaman. 
    Mavzu: Love of Motherland 


    Download 203,47 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 203,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VIII-IX SINFLARDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH

    Download 203,47 Kb.