• Uyga vazifa
  • Mavzu: Bo’lajak chet tili o’qituvchilarida multimediya texnologiyalaridan foydalanish malakalarini shakllantrish. Abdusalomova Shoxista bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar




    Download 203,47 Kb.
    bet15/21
    Sana11.01.2024
    Hajmi203,47 Kb.
    #134872
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
    Bog'liq
    Bitiruv malakaviy-fayllar.org

    Sarvar: ishonch

    Zokir: tushunish

    Zulayho: birbiriga yordam berish
    O’quvchilar eng yaqin do’stlari haqida qisqacha gapirib berishdi. 


    Diyora: Mening do’stim Gulnoza, u juda mehribon, aqlli qiz. Sinfda u aktiv
    o’quvchilardan biri u har qanday holatda ham meni tushunadi va yordamini 
    ayamaydi.

    Uyga vazifa:” Mening do’stim” mavzusida insho yozib kelish


    52



    3.2V-VI –VII SINFLARDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNI 


    METODIKASI.
    Prezidentimiz Islom Karimov “Kadrlar tayyorlashning sifati erkin fikrlovchi 
    shaxs –fuqoroni kamol toptrish, ertaga sinfxonalarda va auditoriyalarda kimlar dars
    va saboq berishiga bog’liq”,- deb ta’kidlaydi. Demak bugungi kunda ta’lim 
    samaradorligini oshirish yo’lida barcha mas’ulyat saboq beruvchilarning, yani
    o’qituvchilarning zimmasiga tushadi. Shunday ekan pedagoglardan o’qish va 
    izlanishdan erinmaslik, o’ziga ham o’zgaga ham birdek talabchan bo’lish, til
    o’rgatishda ta’limning eng samarali usullaridan foydalanish talab qilinadi. Hozirda 
    til o’qitishning eng samarali usullaridan multimediya vositalari nutqli axborotni
    kritish-chiqarish qurulmalari(klaviatura, mikrafon, kuchaytirgichlar, tovush 
    kalonkalari)
    animatsion 
    va
    video

    malumotlarni


    kritish

    va
    chiqarish 


    qurulmalari(videokameralar, videoproektor va ekranlar, electron doska), tovushli
    va video ma’lumotlarni saqlovchi optik disklar, multimediya vositalaridan 
    foydalanishda ularning bir necha turlari va usullari mavjud.
    Hozirgi zamon talabi, darslarni o’yinlar, noan’anaviy usullar, hamda kompyuter 
    texnalogyasidan foydalanib, multimediyalar orqali o’quvchilarni darslaga jalb
    qilish asosiy maqsad qilib ilgari surilmoqda. Ayniqsa umumta’lim maktab 
    o’quvchilariga dars berish mobaynida kompyuter texnalogyasidan foydalanib dars
    o’tish yaxshi samara beradi. Ma'lumki o’rtanchi etapga V-VI - VII sinflar kiradi. Bu 
    etap-ning muhim ob'еktiv faktorlari bo’lib, V-VI - VII sinflar chеt tili o’qitishning
    maqsadi, vazifalari, til materialining xajmi hisoblanadi. Bular og’zaki nutqqa va 
    o’quvchining iqtidorida o’quv protsеssini tashkil etishni va o’z predmetini mustaqil
    izlash formalarini tanlashni muhim omillaridan biridir.[16.158.] 
    V-VI-VII sinf o’quvchilari nisbatan o’yinqaroq va beqarorligi bilan
    xarakterlanadi. Lekin sevimli multfilimni tomosha qilayotgan bolani kuzatib turib, 
    ularning diqqati yetarlicha barqarorligiga amin bo’lamiz, agar obekt bola uchun
    yetarlicha qiziqarli bo’lsa, chet til materyalining yorqinligi, jozibaliligi o’quvchida 
    beixtiyor tuyg’uar uyg’otadi. Shu sababli o’rta sinf o’quvchilarida yorqin rangli


    53
    rasmlardan va videoroliklardan proektor yordamida foydalanish ancha samarali. 


    Yuqori sinf o’quvchilarini o’qitishda ham multimediyadan keng foydalaniladi. Bu


    tadbir bolalar faolligini oshiradi, hamda o’tilgan yangi mavzuni eslab qolish oson 
    kechadi. Bunday vositalar darslarda o’quvchilarningfaol ishtirok etishlariga
    yordam beradi, ularning diqqat-e’tiborlarini oshiradi, xotirasini kuchaytradi va eng 
    muhimi, o’qituvchining ham, o’quvchilarning ham vaqtini tejaydi.
    Darhaqiqat, o’quvchilarni zamonaviy texnik vositalardan, qolaversa, axborot 
    kommunikatsiya texnalogyalaridan foydalanish asosida o’qitish hozirgi kunning
    dolzarb, kun tartibiga qo’yilgan asosiy masalasiga aylandi. Axborotni 
    kommunikatsiya texnalogyalaridan foydalanish:

    O’quvchini darsga, fanga bo’lgan qiziqishini, ixlosini yanada rivojlantradi;



    O’rganilgan o’quv mavzu, kursi bo’yichabilimlarni mustahkamlash;



    Muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul 

    qilish ko’nikmalarini egallaydi;



    Ijodiy va o’rganish qobilyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit


    sharoitlariga moslashish qobilyatlarini rivojlantradi; 

    Mas’ullik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya, refleksning 


    shakllanishi, o’quv ma’lumotlarini o’zlashtrish sifatini, o’z-o’zini


    tekshrishni, tekshrishni o’rganadi; 

    Mustaqil holda erkin fikrlash malakasini shakllantradi; 


    Ijodkorlik va tashabbuskorlik muhitini vujudga keltradi; 



    Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobilyati kuchayadi; 


    O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi;



    Qisqa vaqt ichida ko’p malumotga ega bo’ladi; 



    O’quvchini faollashtradi; 



    Fikrlar rang-barangligi, qarashlar xilma-xilligi yuzaga keladi; 



    O’z fikri va o’zgalar fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil 


    qiladi;


    Olgan bilimlarni hayotga tatbiq etishga imkonyat yaratadi

    54
    Voqean, bu usullar, ayniqsa, ta’lim tizimining barcha sohasida, xususan 


    umumta’lim maktablarining V-,VI-va VIIsinfda ta’lim olayotgan


    o’quvchilarga ingliz, nemis, fransuz, va o’zbek tili kabi fanlarni o’qitishda 
    qo’l keladi. Kompyuter darslarining asosini unda berilgan materyallar (turli
    matnlar, topshriqlar, test savollari, multimediya vositalari) tashkil etadi. 
    Multimediya vositalari yordamida axborotlarni matnli, animatsiya ko’rishida
    namoyish etishi mumkin. Ma’lumki multimediya axborot resurslari 
    animatsiyali, audio va video ma’lumotlardan tarkib topadi. [14.78]Dars
    jarayonida o’quvchilarning kompyuterda ishlash yo kuzatish malakalari 
    emas, eng asosiysi ularning tashabbuskorlik va ijodkorlik muhiti rivojlanadi,
    eslab qolish qobilyati kuchayib, yozma va og’zaki nutqni rivojlantrish 
    masalalariga katta e’tibor qaratiladi. Boy merosimiz ajdodlarimizning aql
    zakovati bilan yo’g’rilgan “donishmantlar bisoti”dan olingan chuqur 
    mazmunli qisqa hikoyalar, madaniy tarixiy yodgorliklarimizga oid
    ma’lumotlar uzoq tariximiz, tilimiz, adabyotimizning buyuk allomalariga oid 
    ma’lumotlar to’plashda va uni aynan mana shu V-,VI-,VIIsinflarga
    tushuntrishda axborot kommunikatsiya texnalogyalaridan foydalanish katta 
    samara beradi. Bu kabi texnalogyalar orqali o’quvchi animatsion ko’rinishlar
    orqali madaniy yodgorliklarning, obidalarning arxitekturasi, milliy 
    ma’navyatimiz, madanyatimiz, tilimizva millatimiz to’g’risida tasvvur hosil
    qilishlari hamda ularning ingliz tilidagi tarjimasini bilishlari va og’zaki 
    nutqda qo’llashlari mumkin, O’qitishning zamonaviy metodlari va AKTdan
    foydalana bilmaslik, dars o’tishning ananaviy usullari orqali o’qitishdarsning 
    darsning zerikarli va samarasiz o’tishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning
    natijasida o’quvchialrning fikrlash doirasi va dunyoqarashi susayishi 
    mumkin. V-, VII- VIIsinflarda ingliz tilini AKTdan foydalanib o’rgatishning
    asosiy maqsadlari ularning keying mehnat faolyatida to’g’ri yozish, o’z 
    fikrini erkin bayon etish, munshaot qoidalarini bilish kabi ko’nikmalarni
    shakllantrishdir. Ushbu ko’nikmalar ichida eng muhimi fikrni matn tarzida 

    55
    bayon etishdir. Oddiy bir misol; mashg’ulotning avvalida o’quvchilarga 


    biror mavzuda hikoya beriladi. Keyin o’quvchilarning etibori


    monitor(ekran)dagi axborotlarni; matnli, tasvirli, tovushli va animatsion 
    ko’rinishdagi namoyishga qaratiladi. O’quvchilar uning mazmuni, talab
    darajasi bilan tanishganlaridan so’ng (tovushli) matn ustida ishlashning 
    quyidagi bosqichlariga o’tishi mumkin:

    matndagi asosiy fikrni aniqlash; 


    matnni qismlarga ajratish; 



    matn yuzasidan savollar tuzish; 


    matnga sarlavha tuzish; 



    matn mazmunini qayta hikoya qilish;


    lug’at bilan ishlash; 



    matnni ona tiliga tarjima qilish’ 


    Shu tariqa matn bilan ishlash davomida talabalarning ham og’zaki, ham yozma,


    nutq malakalari shakllana boradi, esda qolish qobilyati kuchayadi, eng muhimi 
    fanga bo’lgan qiziqishi ortadi.[23]
    Tahlil qilganimizdek, o’quv mashg’ulotlarida ana shunday samarali natijaga 
    erishish o’quv jarayonida innavatsion va axborot texnalogyalarini qo’llashni taqazo
    etadi. Shunday ekan, o’qituvchi yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya 
    texnalogyalarini o’zlashtrishi va uni darsga tatbiq etishi, takomillashtrib borishi, o’z
    ustida ishlashi, mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lashi orqali- kelgusida talabalar 
    mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantrishga, qobilyatlarni
    rivojlantrishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassis 
    kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbyalashga erishadi. Bu mas’ulyatli vazifa
    natijasida o’quvchida quydagi ko’nikmalar shakllanadi: 

    o’quvchi o’zida ortiqcha hayajonni yo’q qila olishga o’rganib boradi; 



    so’zga chiqishdan oldin juratsizlikni yenga olish qobilyati o’sadi; 



    qattiq hayajon, ruhiy zarba(stress) vaqtida o’zini boshqara olishni o’rganadi;



    56
    Quyida ingliz tili o’qitishda multimediya texnalogyalari va innavatsion 


    metodlardan foydalangan holda o’tiladigan bir soatlik dars ishlanmasini beshinchi


    sinflar uchun namuna sifatida ko’rib chiqamiz.
    III-III Axborot texnalogyalari, kompyuter va kompyuter dasturlari insonlar
    bajaradigan ishlarni yengillashtrish, samarali faolyat yurutish va bilimlarga ega 
    bo’lish uchun yaratiladi, yangi imkonyatlar ochadi va bizdan yangi bilim
    ko’nikmalarni ega bo’lishimizni talab etadi. Ta'limda axborot kommunikatsiya 
    texnalogyalari vositalaridan keng foydalanish davrimizning dolzarb vazifalari
    qatoriga kiritilgan. Shu vazifalarni amalga oshirishda axborot kommunikatsiya 
    texnalogyalari oid bilim va malakalar doirasini kengaytrish bilan birga, axborot-
    resurslarini ham son jihatidan ko’paytrish, ham sifatini ko’paytrish, ham sifatini 
    ko’tarish, yani mazmunan boyitish muhim o’rin tutadi. Shu o’rinda Kreyg
    Barretning so’zlarini keltrish o’rinli bo’ladi: ,,Mo’jizani kompyuterlar emas, balki 
    o’qituvchilar yaratadi’’. Yani axborot texnalogya vositalari ta’lim sifatini
    oshirishga xizmat qilishi, bu jarayonda ular faqatgina bilimlarni yig’ish hamda 
    tekshirish vositasi sifatida qatnashishi nazarda tutiladi.
    [9.134.] 
    O’rtanchi bosqichning o’ziga xos psixologik hususiyatlaridan biri o’quvchilarni
    yosh xysusiyatlaridir. Bu yoshdagi o’quvchilar uchun o’zini kattalardеk tutishga 
    intilish kuchli. Bular endi yosh bolalar emas, buni o’zlari ham yaxshi xis etishadi.
    Ular kattalar bilan bo’lgan munosabatlarida o’zlariga nisbatan kattalardеk 
    munosabatda bo’lishlarini hohlaydilar. Bu yoshdagi bolalar ko’pincha o’zlarining
    kuchlariga ortiqcha baho bеrib yuborishadi. O’zlarining faoliyatlarida, xatti-
    harakatlarida kattalardеk tutish, ba'zi masalalarni yеchishda mustaqil bo’lishga
    intilish kuchli. Ayni huddi shu yoshdagi bolalar o’zining kasbga bo’lgan qiziqish 
    va maktabda o’rganiladigan o’quv predmetlariga nisbatan diffеrеntsial
    munosabatda bo’lish shakllana boradi. Ular o’quv predmetlarini “kеrakli va 
    keraksizlarga ajrata boshlaydi. Asosan keraksiz fanlar qatoriga gumanitar fanlarni
    qo’shishadi. Ming afsuski, shu fanlar qatoriga ular chеt tili fanini ham kiritishadi.
    Nima uchun?


    57
    Bu yoshdagi bolalar bir tomondan ibratli, o’zlarini istaklarini o’ylaganlarini tezroq 


    amalga oshirishga intilishar, ikkinchi tomondan, ularni o’z bilimlarini oshirishga


    bo’lgan qiziqishlari susayadi. Psixologlarning aytishicha VI-VII sinf tafakkurining 
    mantiqiy ketma-ketligi, tanqidiy ko’z bilan qarash, mustaqillik kabi formalari
    rivojlanadi. O’rtanchi etapni o’ziga xosligi chеt til o’qitishning maqsadi, til 
    o’rganishning hususiyatlari o’z til matеrialining haraktеri (xajmi, murakkabligi)
    bilan bеlgilanadi. Til matеriali asosan og’zaki nutqda o’rganiladi. Ya'ni aktiv 
    minimum hosil qilish yo’li bilan.
    Passiv minimum haqida tushuncha. 
    Bu etapda IV sinflarda hosil qilingan ko’nikma va ma-lakalar rivojlantiriladi.
    yangidan individual nutq tajribasi bilan boyitiladi. O’qitishning bu bosqichida 
    o’quvchilar nutqi mazmunli, informatsiyaga boy, grammatik va lеksik nuqtai
    nazaridan to’g’ri hamda muloqotni amalga oshirish uchun (oshirishga undovchi) 
    motivga ega bo’lishi kеrak. Bu bosqichda o’qitishning roli va joyi o’zgaradi.
    O’qish amaliy maqsadning biri bo’lishi bilan birga kommunikatsiyaning mustaqil 
    ko’rinishi, yozuv matnlaridan informatsiya olish vositasi sifatida ham muhim rol
    o’ynaydi. VI -VII sinfda biz yuqorida ko’rib o’tgan ba'zi bir psixologik 
    hususiyatlar o’quvchilarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini hosil qilishga imkon
    bеradi. Mustaqil ish shakllaridan eng muhimi bu uyda, individual yoki qo’shimcha 
    o’qishdir. Bundan tashqari lingofon xonasida ishlash, yoki programmalashtirilgan
    darslik bilan ishlash, o’qituvchining ba'zi bir topshiriqlarini bajarish (masalan: 
    doklod tayyorlash, xabar tayyorlash) va x. k, shakllarida ham bo’lishi mumkin.
    O’rtanchi etapda o’qitishning turli usul va priyomlarini qo’llashda ham o’zgarish 
    bo’ladi.
    Masalan: boshlang’ich etap turli xil harakatchan o’yinlar, topishmoqlar, nutqda 
    aytilganini harakat bilan bajarishni o’z ichiga oladi. O’rta etapda asosiy e'tibor
    ko’proq xajmdagi matnlarni o’qib tushinishda fikrlashni, nutq faoliyatini, 
    tashabbuskorlikni oshirishga yordam bеradigan metod-usul va priyomlarni qo’llash
    kеrak. Bu bosqichda mashqlarni avval ularni maqsadini tushitirmasdan bajarish, 

    58
    xor bilan taqlid qilish emas balki mashqdan ko’zlangan maqsadni tushintirib so’ng 


    uni bajarish lozim. O’rtanchi etapdagi o’quvchilarning o’ziga xos hususiyatlaridan


    yana biri ularni og’zaki nutqqa bo’lgan qiziqishlarini pasayishidir. Ularni og’zaki 
    kommunikasiyani amalga oshirish uchun doiyim qiziqtirib turish kеrak. Ularni chеt
    tilida gaplashishga nisbatan tashabbus ko’rsatmasliklarining sabablaridan biri 
    ularni bu sinflarda chеt tilida amalga oshiriladigan og’zaki nutqni primitivligidadir.
    Dars soatlarida o’zgarish yo’q. Lеkin til matеrialining xajmi va haraktеridagi 
    o’zgarishlar va farqlar mavjud.
    O’qitishning og’zaki nutq asosida ko’rishi yoki tashkil qilishi. Bu etapni o’ziga xos 
    hususiyatlaridan yana biri shundaki chеt tili o’qitish yakunlovchi bo’lib
    hisoblanadi. Masalan: 8 yil maktablarda. 
    O’qish (Reading) ko’proq kommunikativ haraktеr kasb etadi. Bu bosqichda tеkst
    informatsiya man'baigina bo’lib qo’lmasdan, balki gapirishga undovchi 
    kommunikativ stimul xoldir
    .


    Download 203,47 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




    Download 203,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Bo’lajak chet tili o’qituvchilarida multimediya texnologiyalaridan foydalanish malakalarini shakllantrish. Abdusalomova Shoxista bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar

    Download 203,47 Kb.