TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PSIHALOGIK




Download 203,47 Kb.
bet11/21
Sana11.01.2024
Hajmi203,47 Kb.
#134872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Bitiruv malakaviy-fayllar.org

2.2.TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PSIHALOGIK 
ASOSLARI. 
Bola tilni kattalar va o`z tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etish 
uchun o`rganadi, buning uchun esa unga nimalar deyishayotganini tushunishi va
o`zi ham gapirishi lozim. 
Bunda ona tili (bizning holatimizda – o’zbek tili) va chet tilini o’rganishning
motivatsion asoslari turlicha bo’ladi. Boshqa tildagi nutqni o’rganishning asosiy 
motivatsiya manbai - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Nutq harakatlarini
muvaffaqiyatli qo’llash bu ehtiyojni qondiradi va asta-sekin nutqiy axloq 
mahoratini oshiradi. Chet til esa aynan shunday motivatsion asoslarda faqat
bolaning atrofidagilar ikki til vositasida muloqotga ehtiyojni yuzaga keltirgan 
holdagina kuchayadi. Shu sababli bolalarda o’z fikrlarini chet tilda tuzish va bu
tildagi nutqni tushunishga ehtiyojni yaratish o’zbek bolalari uchun chet tilida 
nutqini rivojlantirishning muhim metodik sharti hisoblanadi.
Chet tilini o’zlashtirishning psixologik qiyinchiliklari chet tilini o’rganishga 
bo’lgan qiziqish sohasida emas va unga nisbatan his-hayajonli munosabat sohasida
ham emas, balki psixolingvistik sohada yashiringan: ya’ni bu qiyinchilik 
o’qiyotgan bola ongida ikki til tizimi - chet va o’zbek tilining qanday o’rin
olganligiga, shuningdek ikkinchi tilga (chet tiliga o’qitishda) bu ikki tizimning bir-
biri bilan qanday munosabatda bo’lishida, ya’ni interferentsiyani bartaraf
etishidadir. 
Har qanday til faoliyati til qurilmasi yordamida amalga oshiriladi, bu
qurilma u yoki bu tilni egallagan, ya’ni tilning egasi bo’lgan har bir odamda 
mavjuddir.
Til qurilmasi - matnlarni tuzish va ularni tushunishda yordam beruvchi til 
tizimidir (yaxlit olingan tovush, leksika va grammatika tizimlari).
Bola ona tilini o’zlashtirar ekan, o’z ongida tegishli til qurilmasini 
shakllantiradi. O’zbek oilalaridagi bolalarda tabiiyki, o’zbek tili qurilmasi
shakllanadi. Bola ona tilini egallash orqali hali to’liq bo’lmagan til qurilmasidan 

41
foydalanishga o’rganadi, chunki u hali ko’p so’zlarning ma’nosini, ularning 


qanday qilib to’g’ri talaffuz etilishini bilmaydi; u hali grammatikani to’liq


o’zlashtirmagan. Shuning uchun bola o’ziga moslashtirilmagan matnlarni, masalan 
kattalar o’rtasidagi suhbatni qabul qilar ekan, sekin-asta o’z til qurilmasining
yetarli emasligi bilan bogliq muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Va nutqni 
so’zma-so’z qabul qilmaslikka o’rganib qoladi. Aslini olganda, o’z tilini to’liq
o’zlashtirib olish - bu tildan foydalanish jarayonida til qurilmasini to’liq 
shakllantirish deganidir. Ko’p martalab qaytariladigan so’zlar yoki grammatik
tuzilmalarni bola eslab qoladi va til qurilmasidagi qabul qiluvchi qismning bir 
elementi sifatida o’zlashtirib oladi, keyin esa u yaratuvchi qismga o’tadi: bola o’zi
tuzgan so’zlarini matnda qo’llashni o’rganib oladi. 
Bola bilingvizmni shakllantirgan holda uni chet tilga o’qitayotganlar shuni
hisobga olishi juda muhimki, ona tilining til qurilmasi birdaniga emas, balki asta-
sekin shakllanadi. 6-8 yoshli bolada garchi til qurilmasining ayrim qismlari
(fonologik tizim, grammatik tizim asoslari) shakllanib ulgurgan bo’lsa-da, u hali 
nihoyasiga yetkazilmagan bo’ladi.
Shu tufayli bola o’z ona tilida eshitgan matnlaridan (ertak, multifilm va 
h.k.) bilgan tanish obrazlarga tayangan holda chet tilidagi matnni ancha tez
muddatda qabul qilishni o’rganishga, ya’ni yuqorida aytilgan ko’rish obrazlariga 
tayangan holda uning umumiy mazmunini ilg’ab olishga qodir bo’ladi. Biroq, bola
matnni tushunsa, u darhol gapira oladi deb o’ylash noto’gridir. 
Matn
yaratishda 

(gapirishda)


bilingvizmni 
shakllantirishning
ilk

bosqichlarida bo’ladigan aralash til qurilmalari (bola ona tilida so’zlaydi va unga


nisbatan chet tilida so’zlayotganliklarini qisman tushunadi) ishlamaydi. 
Turli til qurilmalarini aralashtirib yuborish bola nutqining o’zbek tili va, ayni
paytda, chet tili nuqtai nazaridan ham atrofdagilar uchun tushunarsiz bo’lishiga 
olib keladi. Va, bu qonuniydir: yaratilayotgan matnlar aniq bir tilga taalluqli
bo’lishi lozim, chunki ular til egalarini yaratishda qatnashmaydi, balki 
muloqotning boshqa ishtirokchilariga beriladi.[16.88.]


42
Shu bois, o’zbek tilida ta’lim beriladigan bolalar bog’chalari va boshlangich 


sinflarda chet tilini o’qitishning pedagogik vazifalaridan biri, avvalo, bolaga aniq


ko’rsatma berishdan iborat (“Sen o’zbekcha gapir!”, “Endi esa chet tilida gapir!”), 
toki bu bolaning tegishli tildagi nutq mexanizmini yo’lga solib yuborsin. Bu
o’rinda shuni e’tiborga olish zarurki, maktabgacha va kichik yoshdagi bolalarda 
lingvistik
tajriba

yetarli
emas,

buning
oqibatida 
ular
turli

tillarda


so’zlayotganliklarini bilmaydilar. Bir-biriga qo’shilgan nutq mexanizmi esa o’z 
navbatida, ikki til tizimining interferensiyaga duchor bo’lishiga olib keladi.
Shuning uchun, ikkinchidan, ta’limdagi yana muhim vazifalardan biri -
interferentsiya ko’rinishlarini bartaraf eta olishdan iboratdir. Shuni unutmaslik
lozimki, chet tilini o’rganishda bola o’z ona tilida matn tuzish borasidagi ayrim 
ko’nikmalarini o’z-o’zidan bu tilga ham ko’chirib o’tadi. Shu bilan birga ularda
hali o’z ona tiliga nisbatan rasmiy yondashuv ko’nikmalari mavjud emas. Garchi, 
chet tilni o’rganishga kirishishda bolalar o’z ona tilida so’zlash borasida katta
nutqiy tajribaga ega bo’lsalar-da, lekin ularda o’z ona tilida fikrlarni ifodalash 
usullari hali yetarli emas, shuning uchun ta’limning dastlabki bosqichida ishni
ushbu ko’nikmalarni chet tilga nisbatan ham rivojlantirishdan boshlash maqsadga 
muvofiqdir.
Masalan, o’zbek bolalariga chet tilni o’qitishda ularga ayrim tovushlarni 
to’g’ri talaffuz etishni o’rgatish, otlar va sifatlardan foydalanishni o’rgatish zarur.
Yuqorida qayd etilganlarni hisobga olgan holda, bizning nazarimizda, chet 
tili bo’yicha o’quv-metodik materiallarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilishi
lozim. Bu materiallarda turli toifali maktablar sharoitida, ya’ni chet tilida nutqi hali 
yetarli darajada rivojlanmagan o’zbek bolalari ham o’qiydigan ko’p millatli
maktablar sharoitida vujudga kelayotgan turli bilingvizm holatlari nazarda tutilishi 
lozim.


43




Download 203,47 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Download 203,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PSIHALOGIK

Download 203,47 Kb.