• FOYDALANISHNING LINGVISTIK ASOSLARI.
  • Mavzu: Bo’lajak chet tili o’qituvchilarida multimediya texnologiyalaridan foydalanish malakalarini shakllantrish. Abdusalomova Shoxista bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar




    Download 203,47 Kb.
    bet10/21
    Sana11.01.2024
    Hajmi203,47 Kb.
    #134872
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
    Bog'liq
    Bitiruv malakaviy-fayllar.org

    II-BOB 


    TALIMNING 

    TURLI 

    BOSQICHLARIDA 

    TEXNIK 

    VOSITALARDAN FOYDALANISHNING LINGVISTIK, PSIXALOGIK VA 

    DIDAKTIK ASOSLARI. 

    2.1 TA’LIMNING TURLI BOSQICHLARIDA TEXNIK VOSITALARDAN 

    FOYDALANISHNING LINGVISTIK ASOSLARI.
    Tildan ixtisos beriladigan oliy o’quv yurtidagi amaliy mashg’ulotlar chog’ida
    bo’lajak chet tili muallimining kasbiy malakalari muayyan tartib-qoidalariga
    binoan shakllantriladi. Til bo’yicha bo’lajak muallimni tayorlash jarayonida 
    kvalifikatsion malakalarni singdirish yo’llarini belgilovchi o’zaro aloqador omillar
    majmui mazkur tartib qoidalarni tashkil qiladi. Bunday omillar psixalogik, 
    didaktik, lingvistik, metodik guruhlarni o’z ichiga oladi. Xar qaysi guruhda bir
    nechtadan omillar amal qiladi. 
    Bo’lajak chet tili muallimining kasbiy malakalarini shakllantrishda tilga oid amaliy
    o’quv predmetlarining ta’limiy imkonyatlari. Ushbu predmetlar xamda chet tili 
    o’qitish maqsad va mazmunining o’rta va oliy maktabga tatbiqan muqoyasasi
    ko’rsatishicha, talabalarga lingvometodik malakalarni singdirishda amaliy 
    predmetlarda keng imkonyatlar mavjud. Chet tili muallimi pedagogik faolyati
    tarkibining hususyatlari. Chet tili muallimining didaktik nutqi, maktab va oliy 
    o’quv yurtidagi amaliy mashg’ulotlar, pedagogik texnika, o’quv jarayonini
    metodik boshqarish kabilarni hususyatlarini aniqlashdan ma’lum bo’ldiki, qator 
    umumiy qonunyatlar mavjud bo’lib, ular mutaxassislik bo’yicha amaliy
    mashg’ulotlar chog’ida talabalarning lingvometodik malakalarini xosil qilish 
    uchun qulay sharoit, yani garov xisoblanadi.
    mamlakatda O‘zbekiston 
    Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi
    Qonunini 
    hamda Kadrlar tayyorlash
    milliy

    dasturini


    amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni 

    uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni


    shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga 
    yo‘naltirilgan tizim yaratildi.[3.69]


    34
    Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari 


    tayyorlandi, umumta’lim maktablarining V — IX sinflari uchun ingliz, nemis va


    fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini 
    o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-
    hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari 
    jihozlandi.
    Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil 
    etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar
    zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish 
    borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda
    olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz 
    o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda
    zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini 
    taqozo etadi.
    Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan 
    holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh
    avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni 
    tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon
    sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda 
    foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-
    sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida: 
    Belgilab qo‘yilsinki, 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab:
    respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish 
    umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki
    nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani 
    o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi;
    oliy o‘quv yurtlarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro 
    mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda olib boriladi;


    35
    umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari va 


    o‘qituvchilarini chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiy komplekslar bilan


    ta’minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda qayta nashr etish, 
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob
    jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan bepul amalga oshiriladi. 
    Ta’limni kasbga yo’naltrish o’quv jarayonining ichki imkonyatlaridan foydalanish
    evaziga didaktik-metodik jabhada amalga oshiriladi. Bu metodik prinsip o’quv 
    faolyatini shunday tashkil etishni taqazo qiladiki, unda ham o’qituvchi, ham
    talabaning faolyati taqazo etadigan o’quv-tarbyaviy vazifalarni hal etishga 
    qaratilmog’i lozim. Talim jarayonini va u asosida o’quv faolyatini tashkil etish
    kasbiy faolyatli yondoshish asosida amalga oshirish yuksak samara beradi. Mazkur 
    yondoshish nuqtai nazardan kasbiy yo’naltrilgan kasbiy jarayonini xarakteriga
    ko’ra oddiy ko’rinishdan bora-bora murakkablashib, o’quvchi va muallim 
    o’rtasidagi o’quv faolyatini o’zida mujassamlashtradi.[10.207].
    Ta’limni kasbiy yo’naltrish samarasi uning qanchalik lingvistik, didaktik, 
    psixalogik asoslarga tayangani bilan izohlanadi. Bu fanlarning malumotlarini
    xisobga

    olish
    o’quv

    jarayonini
    maqsadga 
    muvofiq
    tashkil

    etish,
    o’qituvchi’’modeli’’ning psixalogik, didaktik komponentlarini aniqlash, kasbiy 


    yo’nalgan mashqlar tuzish, tegishli ish usullarini tanlash, kasbiy malakalarning
    shakllanish hususyatlarini yoritishga imkon beradi. 
    Ta’limni kasbiy yo’naltrishning lingvistik asoslarini til materyali qyinchiliklarini
    aniqlash asosida chet va ona tillari xodisalarining o’xshash va farq qiluvchi 
    xususyatlarini aniqlash, nutqiy xatolarini o’rganish, norma tushunchasini til va
    nutqda farqlash, o’quvchilarning til tajribasidagi ijobiy va salbiy 
    ta’sir[iterferensya]ning amal qilish qonunyatlari kabi masalalar tashkil etadi. Ularni
    hal qilishdan kutiladigan natijalar o’quv materyalini linvometodik taxlil qilish, 
    uning qiyinchiliklarini aniqlash, ularni oldini olish yoki oqilona bartaraf etish,
    o’quvchilarning, o’zining va boshqa o’qituvchilarning pedagogik faolyatini 
    kuzatish, taxlil qilish va ulardan metodik hulosa chiqarish kabi kasbiy malakalarni


    36
    chet tili amaliy kursi mashg’ulotlarida shakllantrish uchun muhim omil bo’lib 


    hizmat qiladi.


    Talabalarning nutqiy, chet tili o’rganish qobilyatlari nisbati, pedagogik 
    qobilyatlarini shakllantrish, bilim, ko’nikma va malakaning mohiyati, ularning
    o’zaro munosabati, shakllanish hususyatlari, talabaning kasbiy motivatsyasi, 
    muallimlik faolyatini egallashga talabaning tayyorgarligi, kasbiy pedagogik sohada
    o’zliginini anglashi va oliy o’quv sharotiga moslashish masalalari ta’limni kasbiy 
    yo’naltrishning psixalogik asoslarini tashkil etadi. Mazkur psixalogik omillarni
    tatqiq etish natijasida quyidagilar aniqlandi
    -Nutqiy va chet tilini o’rganish qobilyatlarining shakllanishi psihik jarayonlar
    bilan bog’liq. Chet tilni o’rganish qobilyatini rivojlantrish uchun orient va ijro 
    qismlaridan iborat harakatlar tizimi qo’llaniladi. Tilga layoqatli talabalarga esa
    chet tilini o’rgatishda ijro harakatlari rivojlantriladi, layoqati bo’shroq talabalarga 
    esa chet tilini o’rgatish har ikkala harakat turidagi, ko’proq orientr xarakatlardan
    foydalaniladi; 
    - pedagogik qobilyatlar muallim modelining tarkibiy qismlaridan bo’lib, ular
    ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllantriladi; 
    - kasbiy malakalarni shakllanishida bilim muhim o’rin tutadi. Bilimni ilmiy
    mezonlar asosida guruxlash, u yoki bu kasbiy malakani shakllanish ehtyojiga ko’ra 
    bilim mazmuni va miqdorini belgilash ta’limni kasbiy yo’naltrishning muhim
    omillaridandr; 
    -metodik ko’nikma metodik malaka chet tili muallimi pedagogik faolyati tarkibiga
    kiradi va xarakatni egallashning ikkita turli darajasi xisoblanadi. Ko’nikma va 
    malaka birin ketin emas, balki, muvoziy tarzda, mahsus mashqlar yordamida
    shakllanadi. Metodik ko’nikmalarni xosil qilish uchun faolyatning bir xildagi 
    sharoitida qayta-qayta bajariladigan mashqlar qo’l keladi metodik malakaga esa
    o’zgaruvchan va asta sekin murakkablashib boradigan mashqlar tizimi 
    qo’llaniladi, ko’nikma va malaka bosqichma-bosqich xosil qilinadi.


    37
    - motivatsiya xarakat motive va faolyat motivinio’z ichiga oladi. Kasbiy 


    motivatsiyani rivojlantrishda actual va potensual motivlarni yaqinlashtrish tavsiya


    etiladi. Ushbu tadbir kasbiy yo’naltrilgan ta’limni maxsus tashkil etish yo’li bilan 
    amalga oshiriladi.
    Quyi sinflarda tillararo interferensiya kuchliroq bo’ladi. Maktabda va oliy o’quv 
    yurtining boshlang’ich bosqichida chet tilidagi tillararo intrferensiya ancha sezilarli
    darajada namoyon bo’ladi. Uning sababi til tajribasining xali yetarli emasligidadir. 
    Demak, o’quvchilarning chet tilini egallash qiyinchiliklari, yuqori kurslarda
    o’qiydigan talabalarnikidan ko’ra, quyi kurslarnikiga yaqinroq turadi. Binobarin, 
    ayni shu quyi kurslarda kasbiy-metodik maqsadlarni ko’zlab, o’zlashtrish
    jarayonini tillararo ongli qiyoslash yo’li bilan tillararo qiyinchiliklarni aniqlash 
    usullarini qo’llash, ularni bartaraf etish uchun qulay sharoit mavjudligini e’tirof
    mumkin.[10.266.] 
    Oliy o’quv yurtida o’rganiladigan til materyali maktab til minimumiga
    kiradigan leksik, Grammatik va fonetik birliklarni o’z ichiga oladi, tabiiyki, 
    ularning miqdori ancha kattadir. Ushbu omildan kelib chiqib, ta’lim mazmunida
    o’zgartrish qilmasdan, chet tili o’qitishni kasbiy yo’naltrish imkoni bo’lmaydi. 
    Ma’lumki, ikkala turdagi o’quv muassalarida ham o’rganilmish til normasini
    egallash dasturiy talab xisoblanadi. O’quvchilar til normasini kommunikativ 
    darajada, bo’lajak muallimlar esa o’zi uchun kommunikativ va o’zgalar uchun
    kommunikativ ta’limiy darajada o’rganadilar. O’quvchi va talabalarning tilini 
    kommunikativ darajada egallash mazmuni va mehanizmlarning mos kelishi ixtisos
    bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda bo’lajak muallimning lingvometodik 
    malakalarini shakllantrishga yo’llovchi omil bo’lib xizmat qiladi Chet tili o’qitish
    metodikasi psixologiya fani bilan uzviy aloqada bo’ladi. 
    Bu orqali fanda erishilgan yutuqlardan va psixologik qonuniyatlaridan o’zining
    o’qitish bilan bog’liq muammolarini hal qilishda foydalaniladi.
    Olimlar metodikaning psixologiya fani bilan aloqasi haqida turli fikrlarni
    bildirganlar. I.V.Raxmonov fikricha :

    38
    1) psixologiyani inson nutqi faoliyatining muayyan turi sifatida o’rganishda; 


    2) metodika ta’lim tarbiya jarayonini psixologik qonuniyatlaridan foydalanib


    amalga oshirishda namoyon bo’ladi. 
    Boshlang‘ich ta’lim jarayoninida shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish
    yo‘lida tinimsiz izlanish zarur. Shaxsning ongiga ta‘sir etish yo‘llarini 
    belgilashdan oldin uning ichki aloqa elementlarini aniqlash zarur. Bular uning
    layoqati, imkoniyatlari, ehtiyoji, mavjud bilimlari va qobiliyatidir. Insondagi 
    qobiliyat, layoqat o‘rganilib, undagi bor bilim yoki bilim o‘zlashtirish uchun
    mavjud bo‘lgan imkoniyatlar aniqlanib, uning ehtiyojiga e‘tibor qaratiladi. 
    Ma‘lum maqsad asosida ta‘sir choralarini belgilash bu elementlarda o‘zgarish
    bo‘lishiga olib keladi. Shunday ta‘sir natijasida shaxsning rivojlanishida tub 
    o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflardan
    boshlaboq o‘quvchilarning qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojini aniqlab qilingan 
    amaliy ta‘sir zoe ketmaydi. Bolaning intellektual imkoniyatlari haqida birdan
    xulosa chiqarish yaxshi natija bermaydi. Chunki insondagi intellektual 
    imkoniyatlar birdaniga ko‘zga tashlanmaydi. U asta-sekinlik bilan ro‘yobga
    chiqishi mumkin. Shuning uchun ham bolaga “sening kallang ishlamaydi”, “sen 
    odam bo‘lmaysan” qabilidagi so‘zlarni aytmaslik lozim. Bunday so‘zlar bolani
    o‘zi haqida tez xulosa chiqarib qo‘yishga, o‘z kuchiga ishonmaslikka, o‘qish 
    motivlarini susayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
    O‘qituvchi o‘quvchilardagi o‘ziga xoslikni bilishi va shu asosda faoliyatni 
    tashkil etishi shaxsda bor bo‘lgan imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishiga sabab
    bo‘ladi. O‘qituvchi mahorati bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish orqali shaxs 
    faolligini oshirishga qaratiladi. Agar o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatiga qiziqsalar
    bu ta’lim samaradorligini va o‘quvchilarning intellektual rivojlanish darajasini 
    ta‘minlaydi, bilimga qiziqish va ehtiyojini shakllantiradi. Ayniqsa keyingi hayot
    yo‘lini tanlashda bu qiziqishlar asos vazifasini o‘tashi mumkin.
    Psixologiya nutqini tashqi, ichki, aktiv va passiv og’zaki va yozma
    nutqlariga ajratadi hamda o’rganadi. Metodika esa psixologiyaning xulosalariga 

    39
    asoslanib o’rganiladigan materialni o’qitish usullarini ishlab chiqadi. Nutq hosil 


    bo’lishi bilan ya’ni bosh miya faoliyati bilan shug’ullangan olimlarning fikriga


    ko’ra yozma nutq va og’zaki nutq doim bir-biri bilan bog’liq. Lekin shu bilan birga 
    ularning har ikkisi o’ziga xos xususiyatga ega.
    Chet tili o’qitish psixologiyasi fani chet tilini o’rgatishda til materiallarini, 
    nutq faoliyatlarini o’rgatish,o’rganish psixologiyasini yoritmoqda. Bu esa metodika
    uchun zarurdir. Chunki metodika psixologiya bilan uzviy bog’liq bo’lib, u 
    psixologiyadan bilimni, ko’nikmalarni hosil bo’lishi va malakalarini oshirish yo’l
    yo’riqlarini o’rganadi. 
    Hozirgi paytda psixologik asosdagi fanlar chet tilini o’qitish metodikasini
    ilmiy, amaliy negizida ishlab chiqishga yordam beradi.[12.233.] 



    40


    Download 203,47 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




    Download 203,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Bo’lajak chet tili o’qituvchilarida multimediya texnologiyalaridan foydalanish malakalarini shakllantrish. Abdusalomova Shoxista bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar

    Download 203,47 Kb.