I-III TURLI TA’LIM BOSQICHLARIDA TEXNIK VOSITALARNING




Download 203,47 Kb.
bet8/21
Sana11.01.2024
Hajmi203,47 Kb.
#134872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Bitiruv malakaviy-fayllar.org
Abdulhayev.Z ISSIQLIK TEXNIKASI yakuniy savollari, ARTUR KONAN DOYL, TITUL (3), Niluzar 1, Kurs ishi betlik, migratsiya, Taqdimot, Layli va Majnun dostoni (1), shortcut 30, montaj yakuniy, Mantiqiy elementlar va-fayllar.org, 38-23 informatika , 4.18.7 Лекция 17 Инновационные технологии операционного менеджмента, ELEKTR ENERGIYA SIFATINI NAZORAT QILISH, pdf 20230819 0001
I-III TURLI TA’LIM BOSQICHLARIDA TEXNIK VOSITALARNING 


ISHLATILISHIGA QO’YILGAN TALABLAR.
Darslik va o’qituvchi tomonidan beriladigan ma’lumot ilmiy asoslangan 
bo’lsada, bunday vositalar orqali tarqatilayotgan axborotlarga nisbatan
ta’sirchanligi sust yani oq-qora rangdagi darslik, o’qituvchining bir xil usuldagi 
ma’ruzasidan ko’ra yorqin ranglardagi bezakli rasmlar, turli personajlar, vositalar,
jimjimador liboslarda tabassum bilan murojaat qiluvchi boshlovchilar bolalarning 
diqqatini ko’proq jalb qilmoqda. Tasvirning insonga hush yoquvchi musiqa orqali
berilishi uchun ta’sirchanligi yanada oshirmoqda. Aynan shu sabab maktab ta’limi 
oldiga yana bir vazifa ayniqsa tasvirli axborotlarni to’g’ri qabul qilish ularni
solishtrib foydalisini ajarata olish, sifat va saviyasini baholash, tanqidiy tahlil qila 
bilish yashirin ma’nosini tushuna olishga o’rgatishdek dolzarb masala
qo’yilmoqda. Pedagogikaning mazkur yunalishdagi muammolarni yechishga 
qaratigan bo’limi “media ta’lim” deb yuritiladi. Bu vazifani amalga oshirish uchun
alohida media talim darslari hozircha o’quv rejasiga kritilmagan. Umumta’lim 
maktablari uchun tasdiqlangan tayanch o’quv rejasida ajratilgan soatlar bolaning
yoshi va psixalogyasi xususiyatlarini hisobga olgan holda haftalik o’quv yuklamasi 
belgilab berilgan. Yangi yo’nalishlar kurslarni o’quv rejasiga alohida fan sifatida
kritish o’quvchilarda ortiqcha zo’riqishlarni vujudga keltradi. Shunga ko’ra 
mediata’limni umumta’lim fanlari bilan integratsiyalashgan holda amalga oshirish
maqsadga muvofiq.
Xorijiy tillarni o’rgatish ta’lim jarayonini bir tizimga solib loyiҳalashtirish va
rejalashtirishni, buning uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan 
xorijiy til o’qituvchilarini tayyorlashni taqoza qiladi. Binobarin, chet tili
o’qituvchisi mutaxasisligini tayyorlashda ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish 
tizimiga xos quyidagi vazifalarning amalga oshirilishi talab qilinadi:
-
bo’lajak 

xorijiy
til

o’qituvchilariga
ta’lim 

jarayonini


texnologiyalashtirishning toifa va qoidalarini, usullarini o’rgatish; 

25
- ularda tahlim jarayoni natijalarini bashoratlash va loyihalashtirish to’g’risida 


tushuncha, ko’nikma va malakalarni shakllantirish;


- ularga tahlim texnologiyalarining kontseptual asoslari - zamonaviy 
pedagogik va psixologik fanlarda ishlab chiқilgan ilғor ғoyalarni singdirish;
- bo’lajak chet tili o’qituvchilariga tashkil qilinadigan o’quv jarayonining 
maqsadini belgilashni o’rgatish;
- ta’lim berish modellari orqali rejalashtiriladigan natijalarni kafolatlashga 
o’rgatish;
- ta’lim jarayonining natijalarini bashoratlash, loyiҳalashtirish, rejalashtirish, 
nazorat va baҳolashga, bu jarayonni uzluksiz va muntazam kuzatish – monitoring
qilishning vosita va usullarini o’rgatish.[14.123.] 
Integratsiyalashgan mediata’lim quyidagi vazifalarni bajaradi: 


Ommaviy axborot vositalari orqali uzatilayotgan axborotlarni idrok qilish va 


qayta ishlashga o’rgatish;

Tanqidiy fikrlashni rivojlantrish , u yoki bu axborotning yashirin ma’nosini


tushuna olish OAV tomonidan shaxs ongining boshqarishiga qarshi turushni 
o’rgatish;

Maktabdan tashqarida olingan axborotni ta’lim mazmuniga singdrigan holda


olib borish; 

Turli texnik vositalar yani kompyuter modem multimediyalardan 

foydalangan holda zaruriy axborotni qidirib topish tayyorlash va uzatish va


qabul qilish ko’nikmalarini shakllantrish. Media ta’lim o’quvchilarni 
tayyorlaydigan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat Ta’lim
Standartlari talablariga ham mos tushadi. Ma’lumki mazkur standart 
o’quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantrishni taqazo
etadi. Tajriba-sinovga berilgan Davlat ta’lim standartlari va o’quv 
dasturlarida tayanch kompetensiyalar soni oltita bo’lib ularni qaysi fan
o’qitilishidan qat’i nazar o’qituvchilar darsda va darsdan mashg’ulotlarda 

26
shakllantiradilar. Tayanch kompotensiyalaridan biri axborot bilan ishlash 


kompotensiyasidir. Unda:



Mavjud axborot manbalaridan telefon kompyuter elektron pochta va 

boshqalardan foydalana olish;



Media vositalardan zarur axborotlarni izlab topish saralash qayta ishlash 

uzatish ta’minlash va foydalanishda media ta’limiga rioya qilish;



Ma’lumotlar bazasini yaratish asosiylarini tanlay bilish va ularni tahlil qila


bilish; 

Kundalik faolyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish ko’nikmalarini 


rivojlantradi;


Brinchi bantda keltrilgan kompotensyani shakllantrish bevosita axborot 
madanyati bilan bog’liq. Bunda axborot madaniyatining quyidagi tashkil
etuvchilariga alohida ahamyat qaratilishi zarur;

Kompyuter savodhonligi asoslarini bilish va axborotlashtrish qonunyatlarini 

tushunish;



Oldiga qo’yilgan masalaning yechimini topish uchun axborotni izlash va 

tanlashni tashkil etish;


Olingan axborotni kundalik amaliy faolyatida qarorlar qabul qilishda foydalanish. 
Yuqorida keltrilgan media ta’lim ko’nikmalariga o’rgatish va ularda axborot
madanyatini shakllantrishda pedagog o’quvchilarning yoshi va psixalogik 
xususyatlarini hisobga olish va shunga mos ravishda o’qitish texnalogyasini
tanlashi kerak. Bunday texnalogyalar tarkibida tanqidiy tafakkur qilish aqliy 
xujum muammoli masalar yechish baxs munozara rolli o’yinlar bo’lishi darslarni
samarali tashkil etishga imkon beradi. O’yin texnalogyalarining afzalligi shundaki 
bola kichig yoshdanoq tabiatan o’yinqaroq bo’ladi. Bolalar o’yinda majburiy holda
emas balki o’zlari hohlab ixtiyoriy tarzda qatnashadilar. Ma’lumki o’yin diqqat, 
xotira fikrlash topqirlikning rivojlanishiga imkon yaratadi va mustaqil tarzda
oldiga qo’yilgan muammo hamda masalani xal qilish ko’nikmalarini shakllantiradi. 
Pedagog o’yin mazmunini boshqarish orqali shaxsning ijoyib xislatlari


27
rivojlanishini rag’batlantradi, xissiyotlarini boshqarishga o’rgatadi. Media ta’limni 


o’yin texnalogyasi orqali amalga oshirishda kichik sahna asari teatrlashtrilgan


darslardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bundan tashqari chet tiini 
o’rganishda tinglab tushunish mashqlarining ahamyati haqida fikrlarimizni bayon
etib o’tishimiz lozim. Chet tilini o’rganishga yordam berish maqsadida avvalombor 
kerakli matnni tanlash lozim, matn bo’yicha qiziqarli, hayotiy savollar berish,
ba’zida unda uchraydigan yangi so’zlar manosini o’rgatish, tinglab tushuniladigan 
matn mazmuniga taaluqli topshiriqlar berilishi maqsadga muvofiqdir. Matnni
tinglash jarayonida beriladigan vazifa va topshiriqlar asosiy g’oyani topishga, 
ma’lum detallarni izlashga undaydi. Masalan, savollar, jadvalni to’ldrish, to’g’ri-
noto’g’ri bayonotlar, gaplarni kerakli so’zlar bilan to’ldrish shular jumlasidandr. 
Matnni tinglagandan keyin beriladigan vazifalar o’quvchilar o’z fikr
mulohazalarini, xis tuyg’ularini bir-birlariga bildira olishlari va ko’pchilik oldida 
erkin ifodalay olishlari lozim. Shuningdek o’quvchilar tinglagan matnni yoki
badiiy asarlarni yoki tinglab tushunishni hohlashlari va nima uchun aynan shu 
matnni tanlaganlarini muhokama qilishlari mumkin. Tinglab tushunish vositalari
yordamida chet tillarini o’rganish o’quvchilarda zaruriy ko’nikmalarni rivojlantrib, 
o’rganilayotgan chet tilidagi so’zlar talaffuzi hususyatlariga e’tiborini jamlashda
katta ahamyat kasb etadi. Zamonaviy kompyuter auditoriya mashg’ulotlari eng 
qulay texnik vosita hisoblanadi. Chet tillarini o’qitishda axborot texnologiyalaridan
foydalanish o’quvchi-talabalar umumiy madanyatini rivojlantirishda yanada ya 
sifatli darajaga ko’tarish hamda ularning kompyuter texnikasi va chet tillarini
sifatli o’zlashtirish imkonini beradi. Chet tili darslari jarayonida zamonaviy 
pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish, talabaning tilga bo’lgan
qiziqishini yanada oshirish va ularning tildan egallaydigan bilim, ko’nikma va 
malakalarini yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Shuning uchun chet tillar ta’limida
quyida turli xil yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan;

Kompyuter tehnalogyasi [ internet resurslari] 

28


Test topshriqlarini kompyuter orqali amalga oshirish, elektron habarlar,


elektron darslik, o’quv qo’llanmalar, lug’atlar yaratish. 

Chet tillarni o’qitishda internet yordamida bevosita masofaviy talimdan 


foydalanish.



Talabalarning o’quv faolyatini, mustaqil ishlarini tabaqali tashkil etish


hamda kompyuterli nazorat tashkil etish. 

Tehnik vositalardan [video, audiomagnitafon, proektorlar]dan foydalanish 


Ko’rgazmali qurollardan foydalanish [mavzular sxemasi, mavzular bo’yicha 


rasmlar]


Tehnik vositalar yordamida dars mavzulari bo’yicha 
tag’dimotnomalarni yoritish kabilardir.
Tillarni avtomatik o’qitish tizimi hisoblangan kompyuter lingvodidaktikasida 
quyidagi turdagi topshiriqlardan foydalaniladi:
a) Close the gap– Bo’sh kataklarni to’ldiring topshirig’i. Bunda semantika
grammatika sohalarini o’rganish ko’zda tutiladi;
b) krossvordlar va leksik o’yinlar;
c) elektron pochtadan foydalanib bajariladigan mashq (turli xatlar yoki elektron
hikoyalar tuzish asosida - maze) word-hunting;
d) matnlarning avtomatik tarjimasi va tahriri bo’yicha mashqlar;
e) grammatikaning turli bo’limlari bo’yicha diagnostik testlar o’tkazish;
f) CD-ROMda standart o’qitish kurslaridan foydalanish.
Ingliz tilini o’rgatishga mo’ljallangan quyidagi oquv dastrulari mavjud: 
TOEFL tizimi –ingliz tilini avtomatik o’qitishga mo’ljallangan eng rivojlangan
xalqaro dastur. U dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida amal qiladi, u 
inglizcha Test Of English as a Foreign Language so’zlarining qisqartmasi bo’lib,
ingliz tilidan xorijiy til sifatida sinov standarti hisoblanadi. Bu tizim ingliz 
o’rgatish bilan birgalikda o’zlashtirilgan bilimlarni diagnostika qila olish
imkoniyatiga ham ega.[21] 

29
IELTS– TOEFL tizimiga o’xshaydigan avtomatik til o’rgatish va diagnostika 


qilish tizimi. U grammatika, lug’at, o’qib va eshitib tushunish, to’gri jumla qurish


kabilar yuzasidan bilimlarni baholaydi.
1. ENGLISH FOR ALL(Hamma uchun ingliz tili)– O’zbekistonda yaratilgan
avtomatik o’qitishga asoslangan o’quv dasturi. Unda o’quvchiga ingliz tilidagi 
tovushlar va ularning talaffuzi audio effektlar yordamida tushuntiriladi,
qisqacha ingliz tili grammatikasi bayon etiladi, mashqlar va testlar yordamida 
bilimni tekshiradi. Ushbu o’quv dasturining afzal tomoni shundaki, unda
o’qitish tizimi vide
o effektlar bilan ham boyitilgan, ingliz tilida multfilmlar 

kiritilgan va inglizcha qo’shiqlar karaoke bilan ta’minlangan.


WAY TO PERFECTNESS (Mukammallik uchun yo’l) – ingliz tilini avtomatik 
tarzda o’qitishga mo’ljallangan o’quv dasturi bo’lib, bunda ham multimedia bilan
ta’minlangan. Ushbu dasturning yuqoridagilardan farqli tomoni shundaki, unda 
dastur “elektron” (“virtual”) o’qituvchi bilan ta’minlangan.
REWARD– bir necha yil davomida o’qitishga mo’ljallangan til o’rgatish tizimi.
PROFESSOR HIGGINS АНГЛИЙСКИЙ БЕЗ АКЦЕНТА- fonetik trenirovka,
ingliz tilida aksentsiz talaffuz me’yorlarini o’rgatuvchi tizim.
REPETITOR ENGLISH- Moskvadagi ingliz tilini o’rgatuvchi xalqaro markaz
tashabbusi bilan yaratilgan. Mazkur tizim ingliz tilini turli xil zamonaviy metodlar 
va elektron metodik ishlanmalar paketi yordamida avtomatik tarzda o’rgatishga
mo’ljallangan.
EUROPLUS– uch yil davomida ingliztilini bosqichma-bosqich (Elementary,
Intermediate, Upper intermediate, AdvancedEnglish) tizimli tarzda o’rgatishga 
asoslangan avtomatik o’qitish tizimi Bugungi kunda o’qitishni kompyuterlashtirish
nazariyasini ishlab chiqish, haqiqatan ham, o’quv faoliyatining samaradorligini 
oshiradigan, o’rganilayotgan mavzuga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqishni
shakllantiradigan ta’limiy elektron ishlanmalarni yaratishning umumiy va xususiy 
mezonlarini belgilash zarurati paydo bo’ldi. Hozirgi paytda Rossiya, Fransiya,
Yaponiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda ta’limiy-elektron ishlanmalarni 

30
yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar olib 


borilmoqda. Konsepsiyada ishlanmalarning mohiyati, ularni yaratish, tekshirish va


qo’llash tartibi belgilanadi. Mutaxassislarning fikricha ta’limiy-elektron 
ishlanmalar asosan texnik, pedagogik, metodik talablarga javob berishi zarur Ular
shunday talablarga mos kelsagina, ta’lim jarayoni qo’llanilishi mumkin.Til 
o’qitishning avtomatik tizimi yildan yilga rivojlanib yangi effektlar bilan boyib
bormoqda Bu tizimni yanada rivojlantirish, kompyuter lingvodidaktikasini yangi 
dastruriy ta’minotlar va pedagogik texnologiya, bilimlar diagnostikasi bilan
boyitish kompyuter lingvistikasi fanining dolzarb vazifalaridan sanaladi.[25] 


31




Download 203,47 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Download 203,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-III TURLI TA’LIM BOSQICHLARIDA TEXNIK VOSITALARNING

Download 203,47 Kb.