44
Bu guruxdagi fanlar: estetik tiplardagi fanlar bo’lib. musiqa, rasm hamda
san’at kabi fanlar kiradi. Bu fanlar shaxsni har tomonlama kamol toptirishda katta
ahamiyatga ega.
Bu fanlarning asosiy vazifasi ko’nikma hamda malaka hosil qilish.
Bu guruxdagi fanlarga ona tili, chet tili va rus tili fanlari kiradi. Ularning
asosiy vazifasi nutqiy muloqot sistemasini yaratish
va nutqiy faoliyatni amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan til vositalari va birliklarini o’rganishdan iborat.
Bular uchun yuqoridagi ko’rib o’tgan predmetlarga o’xshash qandaydir
faoliyatni o’rganish emas, balki nutqiy komunikatsiyani amalga oshirish muhimdir.
Bu uchun esa til sistemasi haqida ma’lum bir bilimga ega bo’lish va uni amalda
qo’llash uchun zarur bo’lgan nutqiy ko’nikma malakalar xosil qilish ushbu gurux
fanlarining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatadi. Yuqorida keltirilgan 3-guruhga
mansub fanlar shaxsni har tomonlama rivojlantirish va ma’lum faoliyat turiga xos
bo’lgan ko’nikma malakalarni hosil qiladi. Ular uchun ham ko’nikmalar birlamchi
hisoblanadi. Biroq ular nutqiy ko’nikmalar emas. Xulosa qilib aytganda tilga oid
fanlarning boshqa fanlardan ajratib turuvchi asosli
xususiyat shundaki xosil
qilinayotgan nutq malakalari bu jismoniy faoliyat malakasi bo’lmay, balki
intelektual malakadir. Ularning asosiy vazifasi komunikativ faoliyatni oshirishdan
iborat.
Chet tili o’qitish metodikasi jarayonida didaktik tamoyillardan tashqari shu
fangagina xos bo’lgan metodik tamoyillarga ham ega. Ularni ikki guruhga bo’lish
mumkin.
Umumiy metodik tamoyillar.
Xususiy metodik tamoyillar.
Umumiy metodik tamoyillar quyidagilardan iborat:
Kommunikativ yo’naltirilganlik.
Ona tilini hisobga olish.
Mashqlarning yetakchilik roli.
Xususiy tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin.
45
Chet tili o’qitishni nutq namunalari asosida olib borish.
Til hodisalarini o’rganish ularni amalda qo’llash bilan qo’shib olib borish.
Nutq faoliyati turlarini o’zaro hamkorligi.
Og’zaki ilgarilab ketish.
Opraktsimatsiya xossasi borilishi.
Chet tili o’qitishni boshlangich bosqichida intensiv (jadal) olib boradi
Guess my job.
Maqsadi: turli kasblarni va ularga tegishli so`zlarni mustahkamlash.
Kerakli vositalar: kasblar nomi yozilgan kartochkalar to`plami.
Har xil kasblar nomi yozilgan kartochkalar konvertga solinadi.Guruhdan ko`ngilli
o`quvchi chaqiriladi va bitta kartochka tanlanadi. Galma-gal o`tirgan o`quvchilar
kartochkadagi yashiringan kasb qaysi ekanligini
topish uchun faqatgina
umumiy (Yes/No questions) savollarni so`raydilar. Kartochkani ushlab turgan
o`quvchi faqat “ Yes” yoki “No” deb javob berishi mumkin. Kasb nomini
birinchi bo`lib topgan o`quvchi o`rtada turgan o`quvchi o`rniga chiqadi va keying
kartochkani oladi . O`yin shu tariqa davom etadi.
Actor
Lawyer
architect
Model
Fortune-teller
Doctor
sculptor
Pilot
Nurse
Driver
Cook
Gardener