|
Mavzu: bolalarning maktabga aqliy tayyorlashning ijtimoiy psixologik xususiyatlari
|
bet | 2/2 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 64,69 Kb. | | #257477 |
Bog'liq 11Kar va zaif eshituvchi bolalar bilan yakka mashg\'ulotlarni tashkilKurs ishining maqsadi. Zaif eshituvchi bolalarda yakka mashgʻulotlarni tashkil qilishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanish vositalari va ularni tarbiyalashda turli metodik qoʻllanmalardan foydalanish.
Kurs ishining predmeti. Eshitishida nuqsoni bor bolalarda yakka mashgʻulotlarni tashkil qilishda turli axborot texnalogiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilish va turli xil usullar yordamida dars mashgʻulotlarni tashkillashtirish.
Kurs ishining obyekti. Yakka tartibli mashgʻulotlarni tashkil qilishda axborot texnalogiyalaridan zamonaviy komunikatsiya metodlaridan foydalangan holda dars mashgʻulotlarini tashkil qilish.
Kurs ishining vazifalari.
I. Zaif eshituvchi bolalarda yakka tartibli mashgʻulotlarni tashkil qilish,
II. Eshitishida nuqsoni bor bolalarda yakka tartibli mashgʻulotlarni tashkil qilishda axborot kominikatsiyalaridan foydalanish imkoniyatlari.
III. Zaif eshituvchi bolalarda dars mashgʻulotlarini tashkil qilishdagi turli xil metodlardan foydalanish.
IV. Axborot komunikatsiya vositalarining bolalarning taʼlim olishidagi ahamiyati.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat.
I BOB. ZAIF ESHITUVCHI BOLALARDA YAKKA MASHGʻULOTLARNI OʻTKAZISHDA AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
1.1. Zaif eshituvchi bolalarda axborot komunikatsiya texnalogiyalarini qoʻllash
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarsiz hech bir soha taraqqiyotini tasavvur qilib bo’lmaydi. Ayniqsa yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishda zamonaviy axborot texnologiyari imkoniyatlaridan keng foydalanish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish eng dolzarb vazifalardandir. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog’lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazishda ta'lim samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining ahamiyati to’g’risida fikr yuritilgan, shuningdek zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari oldiga dolzarb vazifalarni qo`yganligi yoritilgan.
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan axborotlashtirish tizimi jamiyatimizning barcha sohalari qatorida ta'lim sohasini ham qamrab olmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada yanada takaomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida"gi 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli hamda 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son "Raqamli O’zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmonlari shuningdek, "O’zbekiston Respublikasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida"gi 2018-yil 19-fevraldagi 3549-sonli Qaroriga muvofiq jamiyatimizning boshqa sohalarida bo’lganidek, maktabgacha ta'lim sohasida ham ta'lim jarayonlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan keng foydalanish ta'lim sifatini ta'minlovchi vositalardan biriga aylanmoqda.2
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta'limning ilk bosqichi bo’lgan maktabgacha ta'lim sohasiga kiritilishi pedagog xodimlarning oldiga katta mas'uliyat qo’yilishi bilan birga, ularning o’z ustida ishlab, AKT boʻyicha bilim saviyasini oshirishni, shuningdek ularning izlanuvchanligi va ijodkorl etadi. Maktabgacha ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnolo foydalanishdan kutiladigan natijalar quyidagilarda yaqqol namoyon boʻladi. birinchidan, maktabgacha ta'lim sohasida ta'lim sifati va bolalarni maktabga tayyorlash samaradorligining yaxshilanishi; ikkinchidan, bolalarning erkin fikrlashi doirasi va dunyoqarashining kengayishi; uchinchidan, bolalarning intellektual, ijtimoiy-hissiy va ijodiy rivojlanishi darajasining oshishi; ota-onalar bilan maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligining yanad mustahkamlanishi va qulaylikni ta'minlashi bilan afzaldir.3
Texnika vositalari bilan to’la jihozlangan, ko’rgazmalarga boy mashg’ulot, ertaliklar, tadbirlar va chet tililarini o’rgatish bo’yicha to’garak mashg’ulotlari boladagi qobiliyat va iqtidorni yuzaga chiqarishda, uni rivojlantirishda ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Ayniqsa axborot texnologiyalari va innovatsiyalarning imkoniyatlari bollarning aqliy intellektual rivojlanishiga o’zining ijobiy ta'sirini ko’rsatadi, shu jihatdan, maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlariga qo`yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam" Davlat o’quv dasturi asosida bilim va ko’ikmalarni egallagan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ulardan to’g’ri foydalana oladigan 6- 7 yoshli bola axborot zamonaviy, ilg’or texnologiyalar asosida ta'lim berayotgan maktab ta'limiga jismonan shay, yetarli intellektual ko’nikmalarga ega, psixologik tayyorlangan holda yo’llanadi.
Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta'lim tashkilotidagi tayyorlov guruh xonalarini yetarlicha jihozlash, multimediya jihozlari uchun moslashtirish masalalarini hal etish, maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning AKT bo`yicha savodxonligini oshirish ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bir necha yo`nalishlarda o`z ifodasini topadi: a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bolalar bilan bo’lgan masofaviy ta'limtarbiya jarayonida foydalanish; b) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan masofaviy ta'limda pedagoglarning otaonalar bilan hamkorlik jarayonida foydalanish; c) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan metodik ishlarni tashkil etishda, ta'lim sifatini oshirishda tarbiyachilar bilan ishlash jarayonida foydalanish.
Zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglari oldiga bir qator vazifalarni qo’yadi. Eng avvalo, pedagog kompyuter o’yinlarini va ta'lim dasturlarini tanlashda bolaga boshchilik qilishi kerak. Buning uchun tarbiyachi kompyuter savodxonligini egallagan bo`lishi zarur, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilayotgan ta'lim-tarbiya faoliyatida bevosita global internet tarmog’i resurslaridan unumli foydalana olishi muhim. Maktabgacha yoshdagi bola hayotida o`yin bu eng asosiy faoliyat turi hisoblanib, u bola shaxsining shaklalnishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Gap kompyuter o`yinlari haqida borar ekan, tarbiyachi o`yinlarning bola yoshi va axloq me'yorlariga mos kelishini hisobga olishi kerak. Kompyuter o’yinlaridan foydalanish (multimediya vositasida) bolalarga ta'lim berish samaradorligini oshirish bilan birga bolaning aqliy va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijobiy natija beradi. Paint dasturida bola rasm chizish jarayonida tasvirlagan predmet yoki hayvon, tabiat manzarasi yoki odam rasmiga rang tanlashi, mavjud ranglarni farqlashi, ularni joy-joyida ishlatishi, natijada o`z ishini baholashi davomida uning individual shaxs xususiyatlari, qiziqishlari oddiy qog’ozga rasm chizgandan ko’ra yaqqolroq ifodalanadi. Shu bilan birga AKT bolaga interfaol ta'lim berish vositasi sifatida bolaning yangi bilimlarni tez o’zlashtirishiga va dunyoqarashini kengayishiga imkon beradi. Bu interfaol kompyuter o`yinlari tarbiyachi tomonidan davlat talablariga mos ravishda Power Point dasturida va mashg’ulotda bolalar bilan birga o’ynash uchun yaratilgan bo`lishi zarur.4 Masalan, o`yin faoliyat markazida "Bino quramiz", "Farqini top", "Nima kam", "Xatoni top", "Qo’g’irchoqni kiyintiramiz", "Shaklni joylashtir", "Rasmni bo`ya" ta'limiy o’yinlarni animatsion tasvirlar yordamida o`ynasa mavzuga oid berilgan bilimlarni bola zo`r qiziqish bilan o’zlashtiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida an'anaviy ta'lim shakllari bilan kompyuterlashtirilgan pedagogik texnologiyalarni taqqoslaydigan bo’lsak, kompyuterlashtirilgan texnologiyalarda samarali natijalar namoyon bo`ladi. Kompyuter ekranida axborotning o’yin shaklida aks etishi bolalarda shu faoliyat turiga nisbatan diqqat va qiziqishini uyg’otadi; harakat, tovush, multiplikatsiya tasvirlari bola xotirasida uzoq vaqt taassurot qoldiradi. Muammoli masalalarning qo’yilishi va ularninig to’g’ri yechimini kompyuter orqali topilishi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim konsepsiyasida ko`rsatilganidek, kompyuter bolaga alohida yondashuv imkonini yaratadi, bu jarayonda har bir bolada o`z intellektual darajasida va shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib topshiriqni bajarishiga imkon bo`ladi. O`z navbatida, bolalarda kompyuter va smartfonlardan to’g’ri foydalanish ko`nikmasini shakllantirish, mazkur texnika vositalarining ijobiy imkoniyatlari bilan birga salbiy tomnlari ham mavjudligini nazarda tutish zarur. U faqat ta'limning samaradorligini va zamonaviyligini ta'minlash uchun xizmat qilishi lozim.
AKTning maktabgacha ta'limga kiritishidagi dolzarb muammolardan yana biri zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog xodimlar kompetentligining yetarli emasligidir. Bugungi kun pedagoglari zmon bilan hamnafas ravishda o’z bilim va ko`nikmalarini mustaqil oshirib borishlari zarur.5
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish organining qobiliyati normal bo`lishi kerak, ya`ni u eshitgan so`zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug`ilishdanoq eshitish organining ish faoliyati buzilgan bo`lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so`zlarni takrorlay olmaydi, ya`ni uning nutqi rivojlanmaydi. Shuning uchun ham tug`ma karlar gung ham bo`ladi. Shuningdek, eshitish qobiliyati past bo`lgan odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi.
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotidagi ba`zi voqealarni ko`rgandagiga nisbatan ularning mazmunini eshitganida to`laroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektakl mazmunini radioda eshitganida to`laroq tushunchaga ega bo`ladi.
Binobarin eshitish organining faoliyati normal bo`lishi avvalo har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo bo`lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyanishida, musiqa san`atini tushunishida va barcha ruhiy faoliyatning shakllanishida muhim rol o`ynaydi.
Qulog`i turli darajada og`ir bolalar uchun ham ta`lim berishning alohida metodlari zarurdir. Ularni qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun ochilgan maxsus maktablarga yuboriladi. Qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalar maxsus maktablarda o`qishlari kerak. Garanglik darajasi pastroq bo`lgan bolalar ta`lim olishni ko`pincha ommaviy maktabda boshlaydilar va bu maktabda uzoq vaqt muvaffaqiyatli o`qiy olmaganlaridan keyingina qulog`i yaxshi eshitmaydigan bollar uchun mo`ljallangan maxsus maktablarga o`tkazadilar.
Garanglikning еngil darajasi, gapirilganda ovozni quloqdan 6-8 metr masofada, pichirlab gapirilganda 3-6 metr masofada eshitish, faranglikning mo`tadil darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 4-6 metr va pichirlab aytilgan gapni 1-3 metr masofada, garanglikning yuqori darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2-4 metr va pichirlashni 1 metr masofada, garanglikning og`ir darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2 metrgacha va pichirlashni 0,5 metrgacha masofadan eshitadi. Qulog`I og`ir bolalarning eshitishdagi nuqson darajasinigina bilib qolmay, balki yaxshi eshitmay qolish qachondan boshlanganini ham hisobga olish juda ham muhimdir.6
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyutsion dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelishi jarayonini tahlil qilishdan anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir. Shuningdek, bolaning tevarak-atrofdagi sharoitni alohida o`rganish talab qilinadi.7
Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologic-ijtimoiy jarayonlarning birligi prinsipi – nutqiy sistemaning rivojlanishiga – nutqiy muhit, muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta`sirini aniqlash imkonini beradi. eshitishi normal bo`lgan bolaning kar-saqov ota-ona qo`lida tarbiyalanishi, surunkali kasal bo`lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillilik – bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo`lishi, nuqtiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishiga misol bo`ladi.
Anomal bolalarni tarbiyalash — korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo’lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o’rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarifii qo’llab- quvvatlash, bir-biriga yordam ko’rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o’ziga xizmat ko’rsatish, mehnat ko’nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o’rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
Korrektsiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo’qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korrektsion - tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korrektsion —tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o’qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o’z ishlarini rejalashtirish ko’nikmalari, og’zaki ko’rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlaryaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korrektsion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo’ladi.8
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» — o’rnini to’ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.
Litimoiv reabilitatsiva (yunoncha «rehabilitas» — layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korrektsion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
Reabilitatsiya nuqsonlarini yo’qotish va yumshatishga yo’naltirilgan maxsus tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Rcabilitatsiya jarayonida kasallik oqibalida buzilgan funktsiyalarning o’rni to’ldiriladi. Rcabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli kategoriyalari uchun maxsus o’quv muassasalari tizirnida hal etilib, unda o’quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab bclgilanadi.
Ijtimoiv adaptatsiya (yunoncha «adapto» — moslashish) — anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo’layotgan o’zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ulaming layoqati etmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.9
Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko’nikmalami shakllantirishni ta’minlaydi.
1.2. Zaif eshituvchi bolalarda zamonaviy texnalogik metodlar yordamida yakka mashgʻulotlarni tashkil qilish
Nutq — murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo’lib,atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib boradi. Og’zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog’langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko’p jihatdan talaffuzga bog’liq. Bola nutqining o’sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina harakterlanib qolmay, balki eng muhimi — o’z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so’zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So’z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega10
Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so’zning o’zaro aloqada bo’lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi.
Defektologlarning (T.A. Vlasova, R. M. Boskis, D. V. Neyman va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko’ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo’lganligiga va og’ir-yengilligiga bog’liq. Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo’lib qolgan bolalar guruhiga bo’lib o’rganiladi. Tug’ma hali tili chiqmagan go’daklik davrida ikkala qo’loqning mutlaqo eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan so’ng yaxshi eshitmaydigan bo’lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo’lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so’ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo’laveradi.
Turg’un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma va orttirilgan bo’lishi mumkin.11
Kar-soqov bolalarning 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug’ma bo’ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallinishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning xomiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni), xomilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o’zgarishlar bo’lishi, masalan, eshitish yo’li atreziyasi — bituvi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o’tkazuvchi yo’llar yoki quloqning o’zidagi o’zgarishlar sabab bo’ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalalarning keng o’rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharli kimyoviy dorilar juda kuchli ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o’tkazuvchi nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo’lib qoladi.
Eshitish nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar anomal bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o’qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi, bog’cha va maktab dasturlarining o’zlashtirishda bir qator o’ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so’ng, masalan,. ikki yoshida yo’qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik qo’shilib u kar-soqov bo’lib qoladi. Bolaga o’z vaqtida maxsus yordam ko’rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo’ladi. Biroq nuqsonning o’rnini to’ldirib, boshkaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus, korreksion rostlaydigan sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib, ularning ham nugqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi.12
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o’qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, surdopedagogikada eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar-soqov, tug’ma hamda keyinchalik zaif eshituvchi bo’lib qolgan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar o’z navbatida eshitish qobiliyatining nechog’liq buzilganiga qarab yengil, o’rta va og’ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo’linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 6—8 m masofadan ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3—6 m masofada eshitadi. O’rta darajadagi qulog’i og’ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4—6 m,' ovozsiz pichirlab gapirilganini 1—3 m masofadan eshitadi. Og’ir darajali qulog’i zaif eshitishda bola o’rta me’yorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m, shivirlashni 0,5 m masofadan eshitadi, xolos.13
Qulog’i og’irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: lug’atining kambag’al bo’lishi, grammatik komponent rivojlanmagan — gap ichida so’zlarni tashlab ketish, so’zlarni noto’g’ri ishlatish, ularni o’zaro bog’lay olmaslik, kelishik, so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni ishlata olmaslik; tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilish — o’xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir.
Bola nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim tarbiyachi va o’qituvchilar bolani dangasa, mas’uliyatsiz, bezori deb, unga noto’g’ri munosabatda bo’lishadi, natijada bola injiq, yig’loqi, serjaxl, gap o’tmas bo’lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi ruhiy o’zgarishlar paydo bo’ladi.
Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog’lom tengdoshlari qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta’lim-tarbiya olishi mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda bo’lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.
Uzliksiz ta’lim tizimida O’zbekistonda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muasasalari, maktab va kasb-xunar kolejlarida maxsus guruxlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan maktab-internatlarda maktabgacha tarbiya bo’limi xamda umumta’lim maktab bo’limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umumta’lim 9 yillik ta’limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.14
Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal bolalar maxsus kechki maktablarda ta’lim olganlaridan keyin oliy o’quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan baravar mehnat qilmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, to’la kompensatsiyalash, mumkin. Tarbiyachi va o’qituvchilarning asosiy vazifasi — sog’lom bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib, ularga alohida yondashish, zarur bo’lsa, ularning "maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini yoki integratsiyalashgan ta’limga jalb etilishini ta’minlashdan iborat.
Maxsus muassasalarda o’z fikrini og’zaki ifodalay olmasligini his etgan o’quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi kerak. Buning uchun o’quvchilarni o’z fikrini og’zaki, yozma bayon etishga o’rgatish amaliy nutqiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish asosida amalga oshiriladi.
Kar va zaif eshituvchi o’quvchilarda so’zlashuv (og’zaki, yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan dars va mashg’ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida o’qituvchi va o’quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug’diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bo’yicha o’quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo’ladi, ya’ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi.
Har bir dars uchun nutqiy materiallar korreksion-kommunativ tizim tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda (o’quvchilarning eshitish, talaffuz qilish imkoniyatilariga mos, talaffuzi yaqqol va eshitilish diapazoni yengil, oddiydan murakkabga, noo’xshashlikdan-o’xshashlikka boruvchi tartibda) tanlanadi va tayyorlanadi.15
So’zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi, ya’ni maktabda egallangan nutqiy ko’nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va o’quvchilar amalda (erkin, qo’rqmasdan, uyalmasdan) qo’llashlariga erishish uchun keng sharoit yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yaratiladi. Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum miqdorda bo’ladi) qoldig’idan optimal ravishda foydalanishga bog’liq bo’lganligi tufayli maxsus muassasalarda ta’limni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar maxsus jihozlanadi. Ya’ni maktab-internat moddiy texnika negizining yo’nalishga mos shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi.
Kar va zaif eshituvchi bola o’z ona tilini shu til qonuniyatlari, xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondoshuv asosida egallaydi.
Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan ona tili ta’limini amalga oshirishda o’quvchilarning fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalashga o’rgatishda daktil belgilardan tegishli bosqichlarda o’rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.16
Kar va zaif eshituvchi o’quvchilarda so’zlashuv (oo’zaki, yozma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida yondoshish dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish mazkur bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning barchasida me’yorda rivojlangan, sog’lom tengqurlari qatorida o’z ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o’zi kabi taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash mumkinligi amalda o’z isbotini topmoqda.
O’quvchilarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyatini rivojlantirish, o’z ona tilida sog’lom tengqurlari kabi so’zlashish, fikr almashishini shakllantirishga yo’naltirilgan o’quv-korreksion jarayonni yagona tizim asosida amalga oshirish orqali takomillashtirilmoqda.
Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablari o’quv rejasiga «Labdan o’qish» ko’nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash mashg’ulotlari kiritilgan.
Eshitishida muammosi bo’lgan bolalar maxsus maktab-internatlarining barchasi ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan ta’minlangan, xonalari maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamalar bilan jihozlanadi, sog’lomlashtirish bo’yicha tadbirlarni maqsadli amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan.17
Xozirgi kunda surdopedagogikada kar va zaif eshituvchi bolalarning maxsus ta’lim bilan erta qamrab olinishi, rivojlanishi, korreksiya-kompensatsiya qilinishi masalalari dolzarbdir. Respublika ijtimoiy adaptatsiya markazi, Avloniy nomidagi XTXMO instituti xamda RTM xodimlari buning uchun uslubiy ko’rsatmalar yaratish ustida faol mexnat qilib kelmoqdalar.
II BOB. ZAIF ESHITUVCHI BOLALARDA YAKKA TARTIBLI MASHG'ULOTLARNI TASHKIL QILISH
2.1. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati
Zaif eshituvchilarda nutq tovushlarini eshitish differensatsiyasi, eng avvalo, ular tomonidan idrok qilinuvchi tovushlar chastotasi diapazonining chegaralanganligidan aziyat chekadi. Bundan tashqari, bolalarda nutq-eshituv analizatorining markaziy bо‘limida analitik-sintetik faoliyatning ikkilamchi rivojlanmasligi kuzatiladi. Bu eshituv ta’sirlovchilarining periferiyasidan kelib tushuvchi "sifatsizlik"dan kelib chiqadi (tovushlarni eshitib idrok qilishning butunlay yо‘qligi yoki ularning barcha formantlarini ham idrok qilmaslik).18
Birinchi darajadagi zaif eshituvchi bolalar quloq suprasi yaqinida, odatdagi suhbat balandligidagi ovozda talaffuz qilingan 75% kо‘p bо‘lmagan undoshlarni farqlaydilar. Bunda quloqdan 0,5 m. masofadagi uzoqlikda undoshlarni farqlash 60% gacha pasayadi, 2m. masofada esa hatto 40% gacha farqlash imkoniyati pasayadi, bunday sharoitda bog’langan nutqni idrok qilish imkoniyati faqat nutqni tо‘liq egallagan bolaning о‘zida mavjud bо‘lgan sо‘z va iboralarning yaxlit obraziga tayanganligi sababligina sodir bо‘ladi. Bunda bola sо‘z va iboradagi yetishmaydigan qismini anglaydi (kо‘pincha xato anglaydi). Agarda bola mukammal nutqga ega bо‘lmasa, bunday anglash imkoniyati bо‘lmaydi. Shu sababli bir xil darajadagi (biroq nutqiy rivojlanishi turli darajada bо‘lgan) zaif eshituvchi bolalar nutq tovushlarini turlicha payqaydilar. Aynan xuddi shu sabab tufayli bir xil darajadagi zaif eshitish holatida tovushlarni eshitish differensatsiyasi holati birinchi bо‘lim о‘quvchilariga qaraganda II bо‘lim о‘quvchilarida nisbatan yomonroqdir. Biroq L.G. Parmonova tadqiqotlariga muvofiq hatto zaif eshituvchilar maktabining birin-chi bо‘limida ham 78% dan kо‘proq yuqori sinf о‘quvchilari 4dan 45 juftgacha undosh tovushlarni eshitib farqlamaydilar. Ayniqsa, sirg’aluvchi s va z tovushlarini farqlash qiyin kechadi. Boshqa fonetik guruhga kiruvchi undosh tovushlarni eshitib farqlash birinchi bо‘lim о‘quvchilari uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.
Zaif eshituvchi о‘quvchilari uchun aynan sirg’aluvchi va shovqinli tovushlarni idrok qilish birmuncha qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari, toza akustik xususiyatlar, bu tovushlar talaffuzida" nisbatan kech farqlana boshlanishidan dalolat beradi. Bu yerda nutq harakat analizatorining nutq eshituv analizatoriga tormozlovchi ta’siri kuzatiladi.
Demak, nutq tovushlarini eshitish differensatsiyasining holati zaif eshituvchilarda, birinchi bо‘lim singari II bо‘lim xususiyatiga kо‘ra shunday - u, bolalarning tovush talaffuzini mukammal о‘zlash-tirishini (keyinchalik yozuvni ham) ta’minlay olmaydi.
Zaif eshituvchilarda tovush talaffuzining shakllanishi nutq eshituv analizatorining mukammal emasliga tufayli normaga qaraganda ma’lum miqdordagi kamchiliklar bilan kechadi. Nutq eshituv analizatori nutq-harakat analizatoriga nisbatan о‘zining "yetakchi roli"ni kerakli darajada amalga oshirolmaydi. U yoki bu nutq tovushini eshitib idrok qilish yoki uni о‘xshash tovushlardan farqlab olish imkoniyatining yо‘qligi tufayli.bola mustaqil, bu tovushlarning tо‘g’ri artikulyatsiyasini ham egallay olmaydi. Bundan tashqari, zaif eshituvchi bolalarda nutq harakat analizatori qurilishi va faoliyatida buzilishlar bо‘lishi mumkin va bu tovush talaffuzidagi kamchiliklarga asos bо‘ladi.19
Tovush talaffuzi buzilishi ayniksa II bо‘lim zaif eshituvchi о‘quvchilarida kо‘p uchraydi. Buning ustiga nafaqat undosh tovushlar, balki unlilar ham buziladi. Biroq, L.G.Paramonovaning ma’lumotiga kо‘ra, zaif eshituvchilar maktabi birinchi bо‘limida, hatto yuqori sinflarida tovush talaffuzi kamchiliklari mavjud. II bо‘lim zaif eshituvchilari singari bu yerda ham tovush talaffuzining polimorf buzilishlari holati kо‘proq. Bunday buzilish tovushlarning kо‘pgina fonetik guruh,ini qamrab oladi. (har bir о‘quvchiga 11tadan notо‘g’ri talaffuz qiluvchi tovush tо‘g’ri keladi). Birinchi bо‘lim eshituvchilarida nafaqat artiqо‘lyatsiyey jihatdan murakkab tovushlar,balki, nisbatan artiqо‘lyatsiyey jihatdan oddiy undoshlar talaffuzi ham buziladi_ (lab-lab, lab-tish, til oldi t,d,n va boshqalar) Birinchi bо‘limda II bо‘limga Qaraganda unli tovushlar talaffuzida kamchiliklar kamroq kuzatiladi. Uning asosida faqat nutq - eshituv analizatori emas, balki bir vaqtning о‘zida nutq -harakat analizatori ishining mukammal emasligi yotadi. Zaif eshituvchilarda tovush talaffuzi buzilishining uchta asosiy shaklini ajratib kо‘rsatish mumkin:
1.Nutq apparati sensor bо‘limining yetishmovchiligida, ya’ni eshituv analizatorining tuliksiz faoliyatida bir nutq tovushini boshqasi bilan almashtirish harakterli, ("gilos" о‘rniga "giloz","soat" о‘rniga "shoat"). Tovushlarni almashtirishga ¬qaraganda ularni bо‘zib talaffuz qilish birmuncha kam kuzatiladi. Bu ularni boshqa tovushlardan aniq eshitib farqlash imkoniyatining yо‘qligi yoki moye keluvchi tovush chastotalarining parsial tushishi tufayli, ularni eshitib idrok qilishi imkoniyatining butunlay yо‘qligi bilan botik. Tovush talaffuzi buzilishining sensor shaklida, nutq apparati motor bо‘limining tо‘zilishi yoki ishlashida normadan chetga chikish odatda kuzatilmaydi. Bolaning og’zaki nutqida mavjud tovush almashtirishlar, odatda yozuvda ham moye keluvchi harflarni almashtirish kо‘rinishida aks etadi.20
Zaif eshituvchilar maktabining quyi sinflarida tovush talaffuzi buzilishining bunday shakllari odatda birinchi о‘rinda turadi.
2. Nutq apparati motor bо‘limining yetishmovchiligi okibatida, ya’ni artiqо‘lyatsiyey organlar tо‘zilishi yoki ishlashdagi kamchiliklar. Buzilish odatda tovushlarni notо‘g’ri talaffuz qilishi bilan ifodalanadi. (tisharo "s" va boshqalar)
3. Bir vaqtning о‘zida ham sensor, x,am motor yetishmovchilikka asoslangan tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli. Bunday hollarda, bir bolaning о‘zida ayrim tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar о‘xshash fonemalarni (s-z) eshitib farqlash imkoniyatining yо‘qligi bilan bog’liq bо‘lsa, boshqa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulyatsion apparat tо‘zilishi yoki ishlashidagi kamchiliklarga bog’liq bо‘ladi (masalan, "r" tovushini buzilib talaffuz etish til yuganchasining kaltaligi sababli yoki tisharo "s" til uchi mushaklarining falaji sababli). Gohida bir bolaning о‘zida aynan bir tovushlarni bо‘zib talaffuz etish, bir vaqtning о‘zida ham motor, ham sensor kechadi. Bunda ma’lum tovushni talaffuz qilish uchun muhim bо‘lgan artikuilyatsion harakatlarni bajarish imkoniyatining yо‘qligi, uni akustik jihatdan yaqin tovushlardan eshitib farqlash imkoniyatining yо‘qligi bilan qо‘shilib keladi.21
Zaif eshituvchi bolalarda tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli kо‘p uchraydi.
Demak, zaif eshituvchilarda fonetiko-fonemktik buzilishlar, kо‘pgina nutq tovushlarini eshitib farqlashdagi yaqqol ifodalangan qiyinchiliklar va kо‘p hollarda murakkab sensomotor buzilishiga asoslangan tovush talaffuzining polimorf buzilishlarida namoyon bо‘ladi.
Nutqning lug’at va grammatik tizimini buzilishi.
Eshitishning erta pasayishi va kuchli ifodalanishida, bolalarda lug’at rivojlanishi normadan shu darajada orqada qoladiki, ularning kо‘pchiligi maktabga faqat bir nechtagina chuqurlovchi sо‘z bilan keladilar. Biroq, eshitishning yengil pasayishida ham zaif eshituvchilarda nutqning lug’at tomoni odatda buzilgan bо‘ladi. Lug’at boyligining rivojlanmaganligi asosida jaranglashi bо‘yicha yaqin sо‘zlarni eshitib-farqlab idrok qilish imkoniyatining yо‘qligi va sо‘zning urg’usiz kismlarini noaniq idrok qilish yotadi. Buning natijasida zaif eshituvchi bola kо‘pincha sо‘zning urg’uli kisminigina ozmi-kо‘pmi aniq eshitib idrok qilish kobilyatiga ega. Bu nutqning lug’at tomonini shakllanishi uchun tо‘la konli asos bо‘lib xizmat qila oladigan, eshituv obrazlarining "kesikligiga",-noaniqligiga va yetarli turg’un emasligiga olib keladi.
R.M.Boskis, A.G.Zikeyeva, K.G.Korovina va boshqalar tadkikotiga muvofik, zaif eshituvchilar uchun lug’at boyligining nixs-yatda chegaranganligi harakterlidir. R.M.Boskis bо‘yicha, kundalik predmet va harakatlarni nomlashda 27,7 % zaif eshituvchi о‘quvchilargina 80% tо‘g’ri javobni beradilar. Zaif eshituvchilar predmet belgilari nomini ham qiyinchiik bilan о‘zlashtiradilar. Chalg’ituvchi ahamiyatga ega va kasbiy sо‘zlarni о‘zlashtirish zaif eshituvchi bolalar uchun alox.ida qiyinchilik tugdiradi. Kо‘pincha bu sо‘zlar bir undosh tovushdan tо‘ziladi, shu sababli bolalar tomonidan tushirib qoldiriladi.
Zaif eshituvchida, mavjud lug’at boyligining chegaralanganliti sо‘zlarni noaniq qо‘llashga, olib keladi .Xususan, zaif eshituvchi bola nutqidagi stol sо‘zi ham stul, ham kursi, ham о‘rindik, ham о‘tirishni belgylashi mumkin, uning lug’atida yagona "stol" sо‘zi bо‘lsa ham.
Kо‘rsatib о‘tilgan sо‘zlarni noaniq qо‘llash kо‘pincha bir sо‘zni boshqalari bilan almashtirishda ifodalanadi. Xususan, R.M.Boskis kuyida, zaif eshituvchilar uchun birmuncha harakterli bо‘lgan .sо‘zlarni ma’no jihatdan almashtirish guruhlarini kо‘rsatib utadi:22
1. Butun predmet о‘rniga harakterli belgini qо‘llash. ("buva" о‘rniga "sokol").
2. Ma’lum predmet bilan vaziyatli bog’lanuvchi boshqa predmetni nomlash ("muyqalam" о‘rniga "buyoq").
3. Predmet о‘rniga umumiy vaziyatni nomlash. ("termometr" о‘rniga "ofiyapti", "dorixona", "kasalman").
4. Vazifasi bо‘yicha о‘xshash predmetni nomlash. ("ilgak" о‘rniga "qо‘lf" yoki "kalit").
5. Ma’lum predmetga tashqi kо‘rinishi bо‘yicha о‘xshash predmetni nomlash ("qо‘lbola supurgi" о‘rniga "muyqalam").
6. Ma’lum predmet bilan bog’liq harakatni nomlash ("stul" О‘rniga "о‘tirish").
7. Predmetni belgilash uchun iboralarni qо‘llash ("ilgak" о‘rniga "eshik yopildi"). Keltirilgan barcha holatlar uchun sо‘zning semantik birligiga asoslangan, sо‘zning lug’aviy ahamiyatini butunlay almashtirish harakterlidir.
Shu bilan bir katorda K.G.Korovin, bunday bolalarda sо‘zning о‘zak kismi saqlangani xrlda affikslarni aralashtirishni kuzatadi. Bu nafaqat semantik, balki sо‘zlarning fonetik о‘xshashligi bilan tushuntiriladi. Masalan:
1 .Old qо‘shimchalarni almashtirish. (Nodir yer topdi (chopdi)
2.Tushirib krldirilgan old kо‘makchilar (Muzeyda baxr (bebaxr)
asarni kurdik).
Z.Ortiqcha kо‘makchilar.
Shubxasiz, bir sо‘zni boshqasi bilan majburiy almashtirishning bunday turlari, eng avvolo, zaif eshituvchi bolada u yoki bu vaziyatda unga kerakli bо‘lgan birmuncha tufi sо‘zning yо‘qligi bilan tushuntiriladi, ya’ni lug’atning kambag-alligi , shuningdek sо‘zning grammatik ahamiyatini yetarli tushunmaslikdandir. Zaif eshituvchi bolalar uchun sо‘zning tovush-bо‘g’in tо‘zilishini qо‘pol bо‘zish harakter-lidir. Bu eshituv idrokining differensirlashmaganligi bilan izoxlanadi. Bu buzilishlar kichik sinf о‘quvchilari uchun harakterli va eng avvalo sо‘zning urg’usiz qismlariga tegishlidir. Bu qismda ayrim tovushlar tushib qoladi (ayniksa ketma-ket keluvchi undoshlar), ortiqcha tovushlar kushiladi yoki ular aralashadi. Ayniksa, sо‘z oxiri tez-tez tushib qoladi, kо‘pincha bu deyarli sо‘zning urg’uli kismigina qoladi. ("maktab" о‘rniga "tab"). Zaif eshituvchilar lug’atining xususiyatlari shunga guvohlik beradiki, lug-at ularning bog’langan nutqi uchun tо‘lakrnli "kurilish materiali" bо‘lib xizmat k.ila olmaydi va oldindan ibora tо‘zilishining kamchiligini belgilaydi.23
Zaif eshituvchilarda nutq rivojlanmaganligining muhim kо‘rinishlaridan biri, agrammatizmlarda ifodalanuvchi , nutqning grammatik kurilishini shakllanmaganligi hisoblanadi. Sо‘zning tо‘g’ri grammatik shaklini о‘zlashtirishga eshituv idrokining noaniqpigi tuskinlik qiladi. Bunda sо‘z tugalanmalari zaif eshituvchilar tomonidan noaniq idrok qilinadi. Bu esa sо‘z orasidagi alokani ifodalovchi asosiy vositalardan biridir va bunday alokalarni ifodalovchi kо‘pgina qо‘shimcha , kо‘makchmlarni eshitib idrok qilish imkoniyatining yо‘qligi ham asosiy tо‘siqlardan biri hisoblanadi. Kо‘pgina zaif eshituvchilar uzoq vaqtgacha iborali nutqini egallay olmaydilar, ular nutqi uzaro bog’lanmagan sо‘zlardan tashkil topadi.24
Zaif eshituvchilarda kо‘pincha sо‘zlarning notufi moslashuvi, kelishik qо‘shimchalarni notо‘g’ri qо‘llash, kо‘makchilarni tushirib qoldirish, ortiqcha kо‘makchilarni qо‘llash va boshqa xatolar kuzatiladi. Har xil turdagi agromatizmlar, hatto yuqori sinf о‘quvchilari qiyinchilik bilan о‘zlashtiruvchi murakkab gaplarni qо‘llaganda yanada kо‘prok kuzatiladi.
Zaif eshituvchilarning yozma nutqi kо‘p hollarda og’zaki nutq kamchiliklarini aks ettiradi. Uning buzilishini shartli ravishda ikkita asosiy guruh.ga bо‘lamiz:
1)qо‘pol agrommatizm, kо‘makchilarni notо‘g’ri moslash va qо‘llashda, gapning birinchi va ikkinchi darajali bо‘laklarini tushirib krldirishda ifodalanadi va xakozo.
2)zaif eshituvchilarda mavjud bо‘lgan qо‘pol fonetiko-fonematik rivojlanmaganligi bilan bog’liq. disgrafiya shakllarining borligi.(akustik va artikulyator-akustik disgrafiya).
Disgarfiyaning bu shakllari 1-sinf о‘quvchilarida aynik.sa yaqqol namoyon bо‘ladi. Bu shakllarda: tovushlarni eshitish yoki eshituv -talaffuz differensatsiyasining buzilishi yozuvda "surat"dek aks etadi. Kо‘pgina bolalarda tovushlarni eshituv-talaffuz differensatsiyasining buzilishi saqlanganida ham yozuvda moye keluvchi harflarni almashtirish bо‘lmaydi. Bu konpensator usullar tufayli kо‘pincha sо‘zlarning kо‘ruv obrazlarini beixtiyor eslab kolish tufayli sodir bо‘ladi. Demak, agar bola s va sh tovushlarini eshitib farqlay olmasa, "soat" sо‘zini kо‘p marotaba ukigan va yozgan bо‘lsa , u holda "shoat" yozuvi optik jix.atdan odatdagidek idrok qilinmaydi, bu esa uni xatolardan sak,laydi. Biroq kompensatsiyaning bunday yuli bolaga optik obrozi yaxshi tanish bо‘lgan sо‘zlardagina mumkindir. Birinchi uchragan yoki kam tanish sо‘zni yozishda zaif eshituvchi, tabiiyki, xatolardan butunlay holi bо‘lmaydi. Bunday turdagi kompensatsiya eshitilishi bо‘yicha farqlanmaydigan tovushning optik jihatdan о‘xshash harf bilan belgilanishida ham murakkablashadi..
Kо‘rib chiqilgan disgrafiyalardan tashqari , fonematik analiz va sintez buzilishida ham disgrafiya kuzatiladi.Bunday disgarfiya uchun sо‘zlarda harflarni tashlab ketish va о‘rnini almashtirish, ortiqcha harf qо‘shishi va boshqalar xisobiga sо‘zning tovush-bо‘g’in tо‘zilishining bо‘zish harakterlidir.25
Zaif eshituvchilar uchun bir nechta disgrafiya kо‘rinishlarining uygunlashuvi xosdir.
Zaif eshituvchilarda disleksiya muammosi xozirgi vak.tga kadar urganilmay kelinmokda. Ular orasida fonetiko-fonematik rivojlanmaganlikka asoslangan fonematik disleksiya birmuncha keng tarkalgan.
Zaif eshituvchi bolalarni logopedik tekshirish nutq buzilishining alomatlari va kechishini x.ar tomonlama va tulik aniqlashga yunaltirilgan bо‘lishi lozim. Bu, korreksiyey ta’sirning differensirlashgan va etiopatogenetik asoslangan usullarini qо‘llash imkonini beuvchi differensirlashgan diagnoz qо‘yishni mak.sad qilib kuyadi. Zaif eshituvchi bolalarni tekshirish jarayonida kо‘pincha sensor alaliyani zaif eshitishdan farqlab olish extiyoji tugiladi.
Zaif eshituvchilarning impressiv nutqini tekshirish singari, ekspressiv nutqini har tomonlama tekshirish muhimdir. Agar nutq rivojlanmaganligidan tashqari eshitish funksiyasi holati bilan bevosita bog’liq bо‘lmagan, nutqning qandaydir boshqa buzilishlari mavjud bо‘lsa (masalan, duduqlanish, rinolaliya va boshqalar.), U holda tekshirish nomlangan kamchiliklar alomatlarining ketishi bilan tuldiriladi.
Barcha bunday hollarda zaif eshituvchilarni logopedik tekshirish normal eshituvchi bolalarni tekshirishdan tubdan farq qilmaydi. Asosiy о‘ziga xoslik, bola eshitish funksiyasining nuksonliligini hisobga olish mux,imligi bilan о‘tkazish harakteriga bog’liq. Xususan, tekshirish davomida, bolaning о‘ziga taklif qilingan nutqiy materialni kanchalik eshitayotganligi doimo e’tiborni qaratib turishga tо‘g’ri keladi. Aks xrlda ayrim vazifalar ularga tushunarsiz bо‘lib qolishi mumkin, bu notо‘g’ri tashxisga olib keladi.
Yaxshi eshitishni ta’minlash uchun kuyidagilardan foydalaniladi: ovoz balandligini kuchaytirish; gapiruvchi bilan bolaning qо‘loq suprasi orasidagi masofani qisqartirish; tovush kuchaytiruvchi asboblar (kо‘pincha, individual foydalanish uchun eshitish apparati).26
Eshitishning kuchli pasayishida vositalar kombinatsiyalangan bо‘lish mumkin. (masalan, bir vaqtning о‘zida ovozni balandlatib, bola qо‘logigacha bо‘lgan masofani qisqartirish.)
Yaqqol ifodaldangan nutq rivojlanganligiga ega zaif eshituvchilar uchun tovushlarning eshituv differensatsiyasi buzilishini tekshirish birmuncha mux.imdir. Bolalarda tovushlarni eshitish differesiatsiyasi xrlatini baxrlashda yul kuyiladigan xatolarni oldini olish maksadida, tekshirish jarayonida о‘о‘ruv idrokining imkonini chegaralash maksadida logoped yuzini ekran bilan tо‘sishi kerak. Bu shartga rioya qilinmasa, bola artiqо‘lyatsiyey xususiyati bо‘yicha tovushni farqlashi mumkin. Bu logoped tomonidan nomlangan "sim" - "shim" kabi sо‘zlarni xatosiz takrorlashga yordam beradi. Tabiiyki, bundam notufi tushuncha hosil bо‘ladi, bu esa xato xulosaga olib keladi.
Og’zaki diktantlarni о‘tkazishda ham kо‘ruv idrokidan chegaralash lozim, biroq bunda ham zaif eshituvchilar yozuv jarayonida о‘zlarida mavjud sо‘z obrazlariga tayanishlari mumkin.
Bolaning eshitish funksiyasi holati bilan bevosita baglik bо‘lmagan nutq buzilishlarini zaif eshituvchilarda bartaraf etish, logopediyada kabо‘l qilingan odatdagi usullar yordamida olib boriladi. о‘ziga xos xususiyat, mavjud eshitish kamchiligini hisobga olish va individual yondoshuvni ta’minlashdan kelib chiqadi.
Lug’atni boyitish va mustaxkamlash va nutqning grammatik kurilishini shakllantirish bо‘yicha ish tizimi A.G.Zikeyeva, K.G.Korovina va boshqa mualliflar ishlarida yoritilgan. Zaif eshituvchi bolani yangi sо‘z bilan tanishtirishda, uni tulik idrok qilishni ta’minlash lozim. Bunga sо‘zni yetarlicha baland va aniq talaffuz qilish hisobiga erishiladi. Xususan sо‘zning bir vaqtning о‘zida (urg’usiz qismlari bilan bir xil) talaffuz qilish va bola dikkatini gapiruvchining artiklyatsiyasiga qaratish va xrkozolar ham shular jumlasidandir. Zaif eshituvchi о‘quvchilarni yangi grammatik shakllar bilan tanishtirishda ham shunday koidalarga rioya qilinishi lozim.27
Yuqorida tilga olingan disgrafiya shakllari va tovush talaffuzi buzilishining sensor shakllarini bartaraf etish uchun muhim shart -sharoit x,isoblangan nutq tovushlarining eshituv differensatsiyasi, zaif eshituvchi bolalarga qiyinchilik bilan beriladi. Ularda kuzatiluvchi tovush talafо‘zi va yozuv buzilishlari, odatda, normal eshituvchi bolalardagi bir turli buzilishlarga Qaraganda birmuncha turg’unligi bilan farq qiladi. Xususan zaif eshituvchi bola tomonidan ilgari almashtirilayotgan tovushning tо‘g’ri artikulyatsiyasi о‘zlashtirilgandan sо‘ng ham, uning nutqida bu tovushni almashgan tovush bilan aralashtirish uzoq vaqtgacha saqlanadi. Bu tovush talaffuzi buzilishining sensor shakllarini bartaraf etishda , tovush talaffuzi kamchiliklarini korreksiyalash bо‘yicha olib boriladigan ishning sо‘nggi etapini-aralashuvchi tovushlarni farqlash etapini о‘tkazishga katta e’tiborni qaratishni vazifa qilib qо‘yadi.
Zaif eshituvchilarda u yoki bu tovushning (juft tovushlarni) eshitish differensatsiyasini tarbiyalashning kо‘pincha butunlay imkoni bо‘lmaydi. Og’zaki nutqda tovush almashtirishlarni va yozuvda moye keluvchi harf almashuvlarini bartaraf etish, bunday xollarda, konpensator usullarni qо‘llash hisobigagina erishish mumkin. Xususan orzaki farqlanmaydigan s va sh tovushlarini bolaning tovush talaffuzida tо‘g’ri tarbiyalashda tovush artikulyatsiyasining kо‘ruv tasavvuri va artiklyatsion organlar holatini sezish, ya’ni kenestetik sezgiga tayaniladi.
Aynan shu, tovush haqidagi kо‘ruv kinestetik tasavvurlar, yozuvdagi mavjud harf almashtirishlarni bartaraf etish bо‘yicha olib boriladigan ishlarga ham asos bо‘lishi mumkin. Biroq, konpensatsiyaning bunday nuli bolaga tanish sо‘znigina tо‘g’ri yozishni ta’minlaydi, u holda notanish sо‘zlarni yozishda avvalgidek xatolar uchraydi.
Bola tomonidan farqlanilmaydigan tovushlar ustiga-ustak harf belgisi bо‘yicha ham о‘xshash bо‘lsa, yuqorida ta’riflangan kompensatsiya usullari deyarli natijasiz bо‘ladi.
Shunga о‘xshash xollarda yozuvdagi xatolarni tо‘g’irlash uchun aylanma usullardan foydalaniladi.28
Nutqi rivojlanmagan zaif eshituvchi bolalar bilan barcha buzilgan nutq komponentlari-tovush talaffuzi, leksik-grammatik tizim, yozuv, eksprissiv va impressiv nutq korreksiyasi ustida ishlash muhimdir.
Kombinatsiyalashgan nuqsonlar sonining о‘sishi, ularni differen-sial tashxislashni mukammallashtirish va nafaqat о‘qitishning о‘ziga xos usullarini, balki logopedik ta’sirni qо‘llashni talab etadi.
2.2. Zaif eshituvchi bolalarda yangi metodlarni qo'llash
«Uchinchi ming yillikning bolasi» kitobidagi tayanch dasturida «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga ko’yiladigan davlat talablari» asosida maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ishlarning vazifasi, mazmuni yoritilgan. Dasturning VI bo’limi “Maktabga tayyorlov davri”deb nomlangan. Ushbu bo’limda 6-7 yoshli bolalarni jismonan rivojlantirish, nutqi va tafakkurini rivojlantirish va ularni ma’nan rivojlantirish bo’yicha olib boriladigan ishlarning mazmuniga qo’yilgan talablar yoritilgan.
Dasturning «Bolalarni ma’nan rivojlantirish» qismida:
-savollarga javob berish, turli mavzularda fikr bayon qilish xamda atrofdagi odamlarning she’r, ertak va xikoyalarida bayon etilgan, rasm, multfilm, kinofilmlarda ifodalangan fikrni anglash, ularning mazmunini qayta so’zlab bera olish ;
-nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish. Fikrni grammatik jixatdan aniq bayon qila olish;
-so’zda tovushlarning ketma-ketligini farqlash, bo’g’in va so’zlarni to’g’ri tuzish, eshitgan nutq tovushlarini farqlay olish;
-bosma harflarni o’zaro farqlay olish, nutq tovushi bilan harfni bir biridan farqlay olish;
-ertak, xikoya, maqol va topishmoqlar obrazliligini xis eta olish;
-ifodali tarzda she’r ayta olish va boshqa talablar qo’yilgan.
Bolaning maktabga tayyorlash guruxiga o’tishi uni alohida mavqega qo’yadi : u o’zini yangi hayot –maktab xayoti bo’sag’asida turganligini anglaydi; u endi tarbiyachisini o’qituvchi deb biladi. Bolaning mashg’ulotlardan tashqari vaqtdagi jamoa faoliyatlarida o’zini-o’zi tashkil etish va bir-birini nazorat qilish kuchayib boradi. Bolalarning jamoa fikrlari va umumiy oddiy talablari paydo bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’rtasida mashg’ulotlar, shuningdek, didaktik o’yinlar ,qoidali o’yinlar va harakatli o’yin- musobaqalar tobora ko’proq axamiyat qozonadi. Bola o’yin bilan jiddiy ish o’rtasidagi farqni tushunib oladi, qachon va qayerda o’ynash, jiddiy ish bilan shug’ullanish kerakligini bilib olgan bo’ladi. U oilasida va bolalar bog’chasida o’ziga topshirilgan muayyan vazifalarni bajaradi. Bunda katta yoshdagi kishilarning bolalar mexnati natijalariga, bu mexnatning tevarak-atrofdagi kishilar uchun bo’lgan axamiyatiga tegishli baxo berishlari, bolaning o’z tashabbusi bilan biron ishni boshlab yuborish istagini maqullashlari muximdir.29
Bolaning bilish faoliyati murakkabroq tus ola boshlaydi, idrok qilishi muayan maqsadga yo’nala boshlaydi. Turli narsalar yoki ularning tasvirlari bilan muntazam ravishda tanishib borish natijasida bolaning muayyan vazifaga bo’ysundirilgan kuzatuvchangligi oshib boradi. Idrokning o’sishiga raxbarlik qilinsa, maktabgacha tarbiya yoshi oxirida bolada muxim sensor qobiliyatlar: ko’z bilan aniq chamalab bilish, proporsiyalarga ko’rib turib baxo berish, fonematik uquvlari va musiqa tovushlarini to’g’ri idrok etish va ayta bilish qobiliyatlari paydo bo’lib boradi. Bola kuyning harakatini, tovushlarning pasayishi va yuqorilanishini, balandligi va uzunligi har xil bo’lgan tovushlarni, ashula aytish va she’r o’qish tempining o’zgarib turishini farq qilish va buni o’zi amalda ifodalab berishi mumkin.30
Muayyan maqsadga qaratilgan ta’lim natijasida bolaning ixtiyoriy ravishda esda saqlab qolish va ifodalab berish qobiliyati o’sadi. Bola esda saqlab qolishning har xil usullarini qo’llay boshlaydi: materialni ma’nosiga qarab guruxlarga bo’ladi, esda saqlab qolmoqchi bo’lgan narsasini ko’p martda takrorlaydi va x.k. Bolalar eng oddiy mantiqiy fikrlashni o’rgana boshlaydilar. Ular nutqning tovush tuzilishini taxlil qila oladigan bo’lib qoladilar: bola so’zdagi tovushlarni aloxida o’zini talaffuz qilishi, so’z qaysi tovushlardan tuzilganligini aytib bershi mumkin. Uning muayyan voqealarni tegishlicha izchillikda ravon va batavsil xikoya qilib berish ko’nikmasi oshib boradi.
Tayanch dasturida bolalr nutqi va tafakkurini rivojlantirish ishlariga katta e’tibor berilgan bo’lib, ularni didaktik o’yinlar orqali amalga oshirish talab etilgan.
Shunday qilib, tayyorlov guruxi tarbiyalanuvchilari o’quv yilining oxirida murakkab va katta xajmdagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallab olishlari lozim. Biroq barcha bolalar barovariga dastur talab etgan bilimlarni o’zlashtira olmaydilar.
Xar qanday jamiyat uz farzandlarini har tomonlama yetuk , komil inson bo’lib voyaga yetishni, munosib fo’karolar bo’lib, davlat tarraqiyotiga, gullab yashnashiga o’z ulushlarini qo’shishlariga harakat qiladi umid bog’laydilar.
Afsuski, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida bolalar hali ham huquqlaridan mahrum etilganlar, ya’ni ularning sog’-salomat hamma qatori to’laqonli rivojlanishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun kerakli imkoniyatlar yaratilmagan.31
Maktabga qabul qilingan ayrim bolalar uni to’liq bitira olmayaptilar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uyda o’tiribdi ta’lim olishdan mahrum, ayrimlarining ta’lim olishi chegaralangan.
Kasallikni oldini olish mumkin bo’lgan joylarda hali ham juda ko’p bolalar xastaliklardan nobud bo’lmoqdalar, to’yib ovqat yeyish, toza ichimlik suvidan bahramand bo’lish ko’p mamlakatlarda hali ham to’liq tashkil etilmagan.
Bundan tashqari, jahonning ba’zi bir qit’alarida maktab yoshidagi bolalar ham qurolli kuchlar safiga chaqirilmoqda, ular zo’ravonliklarga, qiynoqlarga duchor bo’lmoqdalar, jismoniy jazolanmoqda, kerak bo’lsa, ozodlikdan, kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilinmoqdalar.
Asosiy ehtiyojlari va huquqlari qo’pol buzilgan bolar hech qachon boshqalarning huquqlarini hurmat qila olmaydilar hamda odil va g’amho’r bo’la omaydilar. ¥uquqning buzilishi faqat shaxsning azob-uqubatlanishini yuzaga keltirishiga sabab bo’libgina qolmay, balki ularning ongida siyosiy barqarorlik urug’larini ekilishiga va qurolli nizolarga sabab bo’lmoqda. ¥uquq muammolari har bir insonga to’g’ridan – to’g’ri yoki bevosita tegishlidir.
1 dekabr 1993 yilda 153 mamlakat bola huquqlari haqidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish yo’li bilan, o’zlarining bolalar kelajagini muxofaza qilishga tayyor ekanligini namoish etdilar. Bola huquqlari haqidagi Konvensiya – bu butun jahon bolalariga xos bo’lgan bolar huquqlari haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomasidir. Konvensiya - bola huquqlari haqidagi universal rasmiy Kodeksdir. Konvensiyada bolalar huquqlari to’rt toifaga ajratib berilgan bo’lib, ular 54 moddani o’z ichiga qamrab olgan.
1. yashay olish huquqi: bola talablarini qondirish va hayotiy huqularni o’zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy hizmatdan foydalana olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo’lish kabi adolatli, hayotiy me’yorlarni o’z ichiga oladi.
2. rivojlana olish huquqi: bolarning o’z qobiliyatlarini kengnroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarurdir. Bunga misol qilib, bilim olish, o’yin, xordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlarini olish mumkin .32
3. bolalar zo’ravonlik va ekspulatatsiya qilinishdan ximoyalangan bo’lishlari shart. Bu borada quyidagi muammolarga ya’ni: qochoq bolalar muammosi, adliya tizimidagi zo’ravonliklar, bolalarni qurolli nizolarga jalb etish muammolariga, bolalalar mehnatiga; balog’at yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish va o’smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilish muammolariga alohida e’tibor bo’lishi kerak.
4. Ishtirok etish huquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu toifa bolalarning hayotiga taalluqli bo’lgan muammolar bo’yicha jahonshimul yig’ilish va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va o’z fikr-mulohazalarini aytishda erkin bo’lish kabi huquqlarni belgilaydi. Bolalar ulg’ayib borishlari davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha paydo bo’luvchi imkoniyatlarning xammasiga ega bo’lib borishlari , hamda hayotity muhim yechimlarning mas’uliyatini his qilgan holda ularni o’z zimmalariga olishga tayyor bo’lishlari kerak.
Butun jahon bolalariga xos bo’lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “O’zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilishicha , barcha bolalar , shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o’z o’rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. . Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaning 19 moddasiga ko’ra “ Bola ota-ona yoki har qalday boshqa shaxs tomonidan haqoratlanishi, qo’pol muomilada bo’lishdan himoyalanishi huquqiga egaligini inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan “korreksion pedagogika”, “anomal bolalar ”, “aqlan zaif” kabi va boshqklardan voz kechmoqdalar. XIX asrning 20 yillaridan beri Defektologiya fani – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar talim tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan sifatida o’rganilib kelmoqda. Xozirgi kunda bu fan «korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. Inson xuquqlari dekloratsiyasi, bolalar konvensiyasi talablaridan kelib chiqqan xolda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor kishilarni kamsitmaslik, xaqoratlamaslik uchun masalan, Moskva shahridagi Defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti “Korreksion pedogogika ilmiy tadqiqot instituti” deb nomlanmoqda. Defektologiya fani ko’p mamlakatlarda korreksion pedagogika deb yuritilmoqda. Korreksion pedagogika fanining predmeti - anomal bolalar , ya’ani jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ( yunoncha anomalos - odatdan tashqari ), norasao degan ma’noni bildiruvchi so’zi bilan yuritiladi. Xozirgi kunda O’zbekistonda Korreksion pedagogika —aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o’rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fandir.33
Korreksion pedagogika so’zi lotincha tuzatish— bartaraf etish, pedagogika— ta’lim-tarbiya, urganish degan suzlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomalos suzidan olingan). Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi anomal, aloxida yordamga muxtoj bolalardir. Korreksion pedagogikaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish, shular, asosida integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanishdir. Korreksion pedagogika fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsiyalashgan-inkiyuziv xamda differensial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yullarini tarbiyachi hamda o’qituvchilarga ko’rsatib berishdan iborat. Anomaliyalar har xil bo’ladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, ba’zilari esa kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo’pol kamchiliklar bo’lsa, to’g’ri tashkil etilgan logopedik choralarni o’z vaqtida ko’rish yo’li bilan ularni to’liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo’lgan bo’lsa (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to’liq bartaraf etib bo’lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo’lmaydi, masalan, tug’ma ko’rlik yoki karlik shular jumlasidandir. Bunda ko’rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko’rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o’rnini bosipsh mumkin. Ko’rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, ya’ni daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.34
Korreksion pedagogika nisbatan yangi fan. U asosan 19 asrning o’rtalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor Vigotskiy L. S. boshqardi.
L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlarni o’rganib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. U “Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo’llarini ko’rsatib berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham o’rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi.35
Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlarning sobiq sovet psixologiyasi va defektologiyaning nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’ldilar. Ular aqliy jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganib, "rivojlanishning tuxtash nazariyasi", "chegara" degeneratsiya nazariyasi", "ma’naviy defektli" kabi g’ayri ilmiy va reaksion nazariyalarni fosh etdilar.
Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal bolalarning rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida qanday o’zgarib borishini o’rganish, ulardagi mavjud nuqsonlarni ham,ijobiy ham salbiy tomonlarni aniqlash yuzasidan qiyosiy eksperimental tadqiqotlar o’tkazildi.
Sog’lom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovyev ham har tomonlama o’rgandi. “Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi" nomli kitob shu ishning natijasi bo’ldi. I. M. Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida o’rganishda chinakam novatorlik ko’rsatdi.
Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta buldi.
1920 yilda Rusiyada anomal bolalarni tarbiyalash instituti ochilib, 1925 yilda bu institut 2-Moskva davlat universiteti pedagogika fakultetining defektologiya bo’limiga aylantirildi, 1930 yili V. I. Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti qoshida mustaqil defektologiya fakulteti tashkil etildi. Hozir Russiya mamlakatining deyarli barcha jumhuriyatlarida korreksion pedagogika qulliyotlari yoki bo’limlarida oliy ma’lumotli defektologlar tayyorlash ishi yo’lga qo’yilgan.36
O’zbekistonda korreksion pedagogika fanining rivojlanish 1967 yildan boshlab tezlashdi, chunki shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo’limi tashkil etildi. Bu bo’limga 1976 yili surdopedagogika bo’limi qo’shildi. 1984 yili esa mustaqil defektologiya fakultetining bir necha bo’limida ta’lim berila boshlandi. Hozirgi kunda TDPU BTU va defektologiya fakultetida Defektologiya kafedrasi faoliyat ko’rsatmoqda, defektolog bakalavr va magistrlar taxsil olmoqdalar.Tallim kunduzgi va sirtqi bo’limda uzbek va rus tilida tashkil etilgan.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so’zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko’r, so’qir so’zidan olingan) —ko’zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so’zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos — so’z, padeo — tarbiya so’zlaridan olingan) — og’ir nutq nuqsonlarini o’rganish, oldini olish, bartaraf etish yo’llari, usullarini urganadigan fan.
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus — nuqson, kamchilik, logos — fan. ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega. Maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari chcklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi.37
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi.
Ana shu lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korrektsion pedaaoaikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedaaogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.38
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion- profilaktik faoliyatlar bilan birqatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit jarayon.
Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;
anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;
bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.
Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. Korrektsion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:
Anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko’rish qobiliyatini yo’qotish vaqti alohida ahamiyatga ega.
Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko’ra ko’proq darajada o’qitishga bog’liq. Shuning uchun anomal bolalar o’qitilmasa yoki o’qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar etkaziladi. psixik funktsiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o’ta jiddiy bo’lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.39
Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o’quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funktsiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi.
Xulosa
Anomal o’quvchilar hilan olib boriladigan korrektsion ishlarning asosiy yo’nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’Igan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish — murakkab ijtimoiy- pedagogik muammo hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar bilan korrektsion ishlar quyidagi vo’nalishlarda olib boriladi:
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o’rganish.
Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korrektsion- pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o’rganish.
Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarga korrektsion-pedagogik ta’sir ko’rsatish texnologiyasi, shakl-, metod va vositalarini ishlab chiqish.
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo’nalishlarini aniqlash.
Anomal bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o’qituvchilarni tayyorlashda zarur o’quv-metodik bazasini yaratish.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo’qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo’naltirilgan bo’lmay, balki umumiy rivojlanti- rishga qa ratilgan.
O’quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o’zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi.
Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o’zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga o’z vaqtida malakali yordam ko’rsatishni ta’minlovchi differcnsial ta’lim tizimi bo’lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o’qishidagi kamchiliklarni yo’qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: "O’zbekiston", 2016.- 56 b.
2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T.: "O’zbekiston", 2017. - 48 b.
3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.: «O’zbekiston», 2017.-488 b.
4. Аlimхоʼjаеvа. F.J. Zаif eshituvchi bоlаning eshitish qоbiliyati vа tаlаfuzini tеkshirish (1-5 sinflаr uchun)-T O’qituvchi 1999
5. Alimxo’jayeva F.J. Kar bolalar eshitish qobiliyatini rivojlantirishda didaktik materiallardan foydalanish. P.f.n. diss…avtoref. –M., 1992.
6. Bolalik psixologiyasi. / Ed. A. A. Reana-Sankt-Peterburg: Prime-EVRO-SIGN, 2003. - 368 b.
7. Beltyukov V. I. analizatorlarning idrok etish jarayonida o’zaro ta'siri va og’zaki nutqni o’zlashtirish (normal va potologiyada) - M.: Pedagogika. 1997.
8. Bogdanova T. G. Surdopsixologiya. M., 2002 yil.
9. Boskis R. M. eshitish qobiliyati past bolalarning yozuvi. M., 2004 yil.
10. Boskis R. M. eshitish qobiliyati buzilgan bolalar haqida o’qituvchiga. - M.: Ma'rifat, 1998 yil.
11. Rubinshteyn S.L. Umumiy psixologiya asoslari. - Sankt-Peterburg: Peter, 2000. - 712p.
12. Bykova L. M. karlar uchun maktabda rus tilini o’qitish metodikasi bolalar. M.: Ma'rifat, 1991.
13. Zykeev A. G. nutq qobiliyatlari va ko’nikmalarini shakllantirish va tuzatish yosh maktab o’quvchilari tomonidan murakkab predloglardan foydalanish rivojlanishdagi buzilishlar / / Defektologiya. -2005. - №3. 67-75 betlar.
14. Kristin Snoddon - American sign language and early literacy - Gallaudet University Press , 2012.
15. Korrektsion ta'lim anomaliyalarning shaxsiy rivojlanishining asosi sifatida maktabgacha yoshdagi bolalar / Ed. - M.: Pedagogika, 1999. 226
16. Eshitish qobiliyati past maktab o’qituvchisi uchun kitob. Rus tilini o’qitish, o’qish, talaffuz qilish /Ed. Korovin K. G.-M., 1995.
17. Venger L.A., Muxina V.S. Psixologiya. - M.: Ma'rifat, 1988. - 336 b.
18. Komarov K. V. eshitish qobiliyati past bolalarni savodxonlikka o’rgatish metodikasi. - M.: Ma'rifat, 1990 yil.
19. Volkova E.F. Eksperimental psixologiyaning statistik usullari. - Novosibirsk: NGPU, 2003 yil.
20. Rustamova R.R. Boshlang’ich sinflarda zaif eshituvchi o’quvchilar nutqining grammatik qurilishini shakllantirish.
21. Mamarajabova Z.N.Ona tili o’qitish maxsus metodikasida pedagogik texnologiyalar - T.,2004
22. Mamarajabova Z.N.Kar bolalar maxsus maktab-internatlarining 3 -sinflari uchun ona tili fanidan darslik– T.: O’qituvchi, 2010.
23. Mamarajabova Z.N. Kar bolalar maxsus maktab-internatlarining 5 -sinflari uchun nutq o’stirish fanidan darslik– T.: O’qituvchi, 2010.
24. Mamarajabova Z.N. Kar bolalar maxsus maktab-internatlarining 6 -sinflari uchun nutq o’stirish fanidan darslik– T.: O’qituvchi, 2010.
25. Nazarova D.A. Maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirish Ped. fan. nomz. dis. avtoref…– T.:TDPU.2009.
26. Nazarova D. Eshitishida muammosi bo’lgan bolalar ta’limini takomillashtirish. Bolani maktabga tayyorlash sifat va samaradorligini oshirishning ilmiyy amaliylari. Xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya materiallari. – T., 2007. – B.60-63.
27. Sodiqova G.A., Nurkеldiеva D.A. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar
diagnostikasi (ma'ruzalar matni) T., 2001
28. Fayziеva Z.Sh. ORXTV, BMT Yunisеv Xalqaro bolalar jamgarmasi, T.2005.
29. FayziеvaU.Yu., Abdurazakova D.Dostona munosabat muxitidagi maktab. OXTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisеf.XBJ. T., 2005.
30. Roʻziyeva D.L, Tolipov O’.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -T.: NNOVATSIYA-ZIYO, 2019.
31 WWW.ziyo.uz
32. WWW.TDPU.uz
|
| |