Boshlang’ich sinf matematika darslarini didaktik o’yinlar yordamida yuqori saviyada olib borish yo’llari




Download 1.39 Mb.
bet9/10
Sana26.05.2023
Hajmi1.39 Mb.
#65066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QUV FAOLIYATINI FAOLLASHTIRISH YO’LLARI
9-класс тарийх n taza, 4.9 Splayn yaqinlashtirish, Mavzu Algoritmlarning kommunikatsiya ish hajmi Reja Kirish, ASD (1), 6-mavzu. Landshaftlarning dinamikasi va rivojlanishi, ruxsatnoma, 211111111121121222222222222222222222222222222, Kirish. Zamonaviy jamiyatda mediateka (ommaviy axborot vositalar, Transformatorlar., Mavzu 4-sinf “tabiiy fanlar” darsligini tahlil qilish va taqriz-fayllar.org, 5-kurs IOT va L kurs ishi taqsimoti, YARIM O\'TKAZGICHLAR, IMS chiqish kaskadlari, Oilada madaniy xulq-atvor kunikmalari va odatlarini rivojlantiri
2.2. Boshlang’ich sinf matematika darslarini didaktik o’yinlar yordamida yuqori saviyada olib borish yo’llari


Marketli doska
Markerli doskadan dars jarayonlarida foydalanish qulay hisoblanadi. Chunki 1-sinf o`quvchilari oddiy doskaga yozishga qiynaladilar ularga qulaylik yaratadi.1-sinf o`quvchilarida hali yozish ko`nikmasi yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. Ular oddiy doskaga yozishga qiynaladi. Marketli doskada esa ularning yozishi osonlashadi va o`quvchilar uchun bu doskadan foydalanish yangilik bo`lgani uchun ularga qiziqish uyg`otadi. O`quvchilarning darsga faolligini oshiradi. Avvalo o`qtuvchi marketli doskadan foydalanib o`quvchilarga mavzuni tushuntirishdan oldin ularga bu doskadan qanday foydalanishni o`quvchilarga tushuntiradi chunki 1-sinf o`quvchilari uchun bu doska yangi narsa. O`qtuvchi maxsus plamastirdan foydalanib yozishni aytadi va turli rangdagi plamasterlarni o`quvchilarga ko`rsatadi

va yozgan misollarini maxsus cho`tka bilan tozalash kerakligini va u qanday bo`lishini o`quvchilarga ko`rsatadi.




O`qtuvchi dasrda shu doskadan foydalanib o`quvchilarga misollar yozib o`rgatadi.Bundan tashqari hozirda zamonaviy axborot texnologiyalarining yangi avlodlaridan biri elektiron interfaol doskalardan ta`lim jarayoniga qo`llash, nafaqat o`quvchilarning dunyoqarashini o`stiradi, balki zamonaviy axborot texnologiyalaridan qanday foydalanish kerakligini o`rganadilar. O`qitishning zamonaviy vositalardan foydalanib dars o`tishni 1-sinf o`quvchilardan boshlasak ularga nafaqat bilim beribgina emas balki yoshligidan texnologiyaga qiziqish uyg`onadi va o`qitilayotgan mavzuni ko`z bilan ko`rish va eshtish imkoniyatini yaratadi bu esa o`quvchilar bilimini yanada mustahkamlaydi.

Ekrandagi elektiron interfaol doskaning oddiy ko`rinishi. Bu doska kompyuter va proektordan iborat majmua tarkibida ishlaydi. Bu doskadan foydalanib 1-sinf o`quvchilariga 19 soni o`rgatiliyapti. O`qtuvchi o`quvchilardan ko`zgu ichida 19 soninig yozilish texnikasiga e`tibor qaratishlarini aytadi. Undan so`ng yerdagi kubiklar, sharlar, pramidalarni sanashlarini aytadi. O`quvchilar sanab bo`gandan so`ng o`qtuvchi har bir shakldan nechtadan borligini so`raydi.O`quvchilar har bir shakl 19 ta ekanlagini aytadilar.

Bu esa interfaol elektiron doskaning yangi ko`rinishi sensor interfaol elektron doska. Bu doskaning qulayligi shundaki marker yoki qo`l bilan chizish, yozish mumkin. Yuqorida 1-sinf o`quvchilari sensor interfaol elektiron doskaga egri chiziqni qo`l bilan chizmoqda.

O`quvchilarga 10 gacha bo`lgan sonlarni o`rgatgandan keyin takrorlash uchun ekrandagi rasmlardan foydalanish mumkin. Masalan o`qtuvchi o`quvchilarga savol beradi ekranda nechta pomidor bor? O`quvchilar ekrandagi pomidorlarni sanab 3 ta ekanligini aytadilar.Shu tartibda savol – javob o`tkazilgandan keyin o`quvchilarning biriga 2 ta bo`lgan biridan esa eng ko`p bo`lgan rasmni ekranda katalashtirib ko`rsatishlarini so`raydi. O`quvchilar buni katta qiziqish bilan bajaradilar.
Interfaol elektron doskaning yangi avlodlaridan yana biri elektromagnitli interfaol elektron doska. Bu doskada yozishda o`quvchilar maxsus markerdan foydalinishadi. Elektromagnitli doskada o`quvchilar mantiqiy didaktik missol bajarmoqdalar.Bu o`quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini o`stiradi va elektrmagnitli doskaga qiziqib yanada ko`proq misol bajarishlariga undaydi.

O`quvchilar interfaol elektron doskadan foydalanishda juda qiziqishadi va qoloq o`quvchilar ham bu doskadan foydalanib misol va masala yechishga harakat qilishadi, tengdoshlari oldida uyalmaslik uchun ham ular yaxshi o`qishga harakat qilishadi.
Bu ishlarning hammasi o`qtuvchi rahbarligida o`tkaziladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda o`qituvchi ta’lim jarayonida eshitib, ko`ribgina qolmay, balki dars mavzusi, mazmunini o`rganishda uni faol ishtirokchisiga aylanishini ta’minlashi zarur. O`qituvchi faqat o`qitibgina qolmay, o`quvchini mustaqil mutolaa qilish orqali ta’lim olish ko`nikmalarini shakllantirishi lozim. Agar o`qituvchi didaktik o`yinlar mazmunini va mohiyatini, uning metodlarini o`qib o`rganib, o`zlashtirib, o`z pedagogik faoliyatiga joriy qila olsa, takomillashgan Davlat ta’lim standartlarini va modernizatsiya qilgan o`quv dasturlarini to`la o`zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va samaradorlikka erishishini ta’minlaydi. O`tkazilgan tajriba -sinov natijalari shuni ko`rsatadiki, agar darslar so`z, tushuntirish orqali olib borilsa, o`zlashtirish 10% ni, ko`rsatish, namoyishlar orqali tashkil etilsa,50% ni, ta’lim jarayoni o`quvchilarning shaxsiy ishtiriki faolligida kechsa, o`zlashtirish sifati va samaradorligi 90% ni tashkil etadi.
Boshlang'ich sinf darslarining asosiy maqsadi boshlang'ich sinf o'quvchilarining og'zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish, mustahkam bilim hosil qilish, jamiyatning hamma sohalarida ijodiy faoliyat ko'rsata oladigan savodli va madaniyatli kishilarni tarbiyalab berishdan iboratdir. Umumiy ta'lim maktablarining asosiy vazifalari yosh avlodga fan asoslaridan chuqur va mustahkam bilim berish, ularni amalda qo'llash malakalarini yaratishdir. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda biz bolani jismoniy jihatdan o‘stiruvchi oddiy o‘yinlardan tortib, kattalar orasida ham mashhur bo‘lgan intellektual o‘yinlardan iborat bir qancha o‘yinlar «ombori»ga egamiz.
Barcha o‘yinlarda o‘yinchi o‘yin shartlarini tezda o‘zlashtiradi va o‘ziga belgilangan vazifani qabul qiladi. O‘yin qoidalarini bajarish jarayonida o‘yinchi o‘zining maqbul qarorlarini o‘yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘yindagi musobaqa esa shaxsiy sifatning tinmay yaxshilanib borishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyasini yaxshi bilgan va undan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olgan o‘quvchigina kelajakda o‘z qobiliyatlarini takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to‘g‘ri foydalana olishi va albatta komil inson sifatida shakllanishi mumkin.Matematika fani o`zlashtirilishi qiyin fan. Qiyinchilik esa o`quvchilarni bilim olishga bo`lgan ishtiyoqini so’ndirib qo`yishi mumkin. Shunday ekan o`quvchilarni bilim olishga bo`lgan ishtiyoqlarini so’nishiga yo`l qo`ymaylik, aksincha qiziqishlarini oshirib, hisoblash malakalarini rivojlantirish maqsadida didaktik o`yinlardan samarali va o`rinli foydalanib o’quv faoliyatini faollashtirishga katta xizmat qiladi.
Ma’lumki, boshlang’ich ta’limda bolaning barcha imkoniyatlari ishga solingan holda qobiliyatlar ro’yobga chiqariladi. Boshlang’ich sinflarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida o’quvchilarning pedagogik - psixologik va fiziologik xususiyatlari hamda intellektual imkoniyatlarining inobatga olinishi juda muhimdir. Bugungi kunda ta’lim – tarbiya jarayonining bosh maqsadi komil insonni tarbiyalash ekan, o’quvchilarda umuminsoniy fazilatlarni shakllantiradigan, fikrning faollashishiga, qiziqishning ortishi va diqqatning kuchayishiga, ijodiy faoliyat va mantiqiy tafakkurning rivojlanishiga yo’naltirilgan metod va vositalardan samarali foydalanishimiz zarur.

Download 1.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1.39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf matematika darslarini didaktik o’yinlar yordamida yuqori saviyada olib borish yo’llari

Download 1.39 Mb.