• ADABIYOTLAR
  • O’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish orqali ijodiy ko`nikmalarni shakllantirish




    Download 0.6 Mb.
    bet3/3
    Sana25.03.2024
    Hajmi0.6 Mb.
    #176569
    1   2   3
    Bog'liq
    IJODIY KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
    Глагольная префиксация в структуре словообразовательной системы русского языка, Bolaning rivojlanish xaritasi 2022 yangi, Dilshoda Algoritm mustaqil, bolaning-rivojlanish-sohalari-kompetensiyalari, 1 Transport masalasining matematik modeli Transport masalasini , HDD, XUSNIYA KURS ISHI, 1789008, ta\'lim tilida marketing, Аxborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat, ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ, ТИЛХАТ
    3. O’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish orqali ijodiy ko`nikmalarni shakllantirish
    Musiqa darslarida o’quvchilarga musiqadagi yuksak badiiylikni tushuntirish, musiqa asarlarining mazmun va mohiyati bilan tanishtirish, musiqiy didini tarbiyalash hamda musiqiy his-tuyg’usini rivojlantirishda asosiy omil sifatida xizmat qiladi. O’quvchilarda dastlabki his-tuyg’u va fikrlarni rivojlantirish va shakllantirishda albatta ta’limning dastlabki bosqichlaridan boshlab, o’quvchilarning yosh va psixologik-fiziologik xususiyatlariga e’tiborni qaratmoq muhimdir. Birinchi sinfda musiqa darslari ta’limotining poydevori qo’yiladi. Shuning uchun, avvalo 1-sinfdan boshlab ularni darsga faol qiziqtirish, musiqani idrok eta bilish, musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish musiqa savodini o’rgata borish asosiy vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun o’qituvchi bolalarni sevishi, darsga yaxshi tayyorgarlik ko’rishi, barcha metod va printsiplardan to’g’ri foydalana olishi, so’z mahoratiga usta bo’lishi, bolalarga xos bo’lgan qo’shiqlarni chiroyli, mayin, bolalar ovoziga moslab kuylar mazmunini ochib berishi zarur. 1-sinf o’quvchilari psixologik-fiziologik xarakterga ko’ra ma’lum darajada xotirasi to’liq rivojlanmagan, diqqat-e’tibori, ovoz apparati to’lla shakllanmaganligi sababli, ovoz pardalari nozik, kuchsiz bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar san’at bilan bolalar bog’chasidam televedenie, radio, qo’g’irchoq teatri va multfilmlar orqali tanish bo’ladilar. Shu bilan birga ular serharakat, o’yinga moyil, taqlidchan bo’ladilar. Repertuarga kiritilgan musiqaviy asarlar ana shu xususiyatlarini nazarga olgan holda, mazmuni va mavzusi jihatdan, xilma-xil bo’lmog’i kerak. Ushbu asarlar ularni his-tuyg’ularini ifodalash bilan birga kundalik turmushni va tabiatni aks ettirishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarning hayotiy tajribalariga asoslangan holda har bir musiqa zamirida ma’lum his-tuyg’u va fikrlar aks ettirilishi haqida tushuntirishi kerak, birinchi darslardanoq musiqa asarlarini o’z-o’zidan paydo bo’lmasligi, uni kimdir katta ijodiy mehnat qilib, yaratishi haqida suhbat o’tkazadi. Buning uchun “Musiqani kim yaratadi?”, “Kim ijro etadi?”, “Kim tinglaydi?”- degan savolni o’rtaga tashlaydi. O’rganiladigan asarning xarakterini obrazli qilib ifodalansa, bolalar uni tushunib, mazmunini aniq qilib ochib beradilar. Ma’lumki, 1-sinf o’quvchilari musiqa haqida har xil darajada umumiy tushunchaga, bilimga ega bo’ladilar. Ammo, ularning kundalik musiqaviy hayotdan olayotgan taassurotlari va musiqaviy tajribalari bir-biriga yaqin turadi. O’qituvchi sinf jamoasini birlashtirishda aynan shundan foydalanmog’i lozim.
    Dars mazmunini hayot bilan bog’lashda bolalarning taassurotlari va tajribalarining boyitib borilishi asosida, musiqaning eng oddiy qonuniyatlari haqida bilim darajalari kengaytirilib boriladi. 1-sinf o’quvchilari musiqa haqida quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:
    1) Bolalarning diqqat-e’tibori musiqaning ifoda vositalari kuy, registr, temp, janr va ladlarga jalb etiladi.
    2) Ashula aytish qoidalariga doir bilimlar chapak va cholg’u asboblarida chalish qoidalari; musiqaga mos harakatlar, qo’shiqlar janri xarakteri va tuzilishiga doir bilimlar haqida ma’lumotga ega bo’lishlari lozim.
    3) Musiqa idroki kompozitor ijrochi, tinglovchi haqida qisqacha tanishishlari kerak. Keyingi sinflarda mazkur bilimlar nisbiy tushunchadan aniq tushunchaga aylanadi.
    Shunday qilib, 1-sinfda bolalar musiqasining xarakteri va obrazlari haqida, uning oddiy qonuniyatlari haqida umumlashma bilim va nisbiy tushunchalarga ega bo’ladilar, bu shartli ravishda notagacha bo’lgan davr ataladi. Musiqa elementlari asosan qo’l bilan kuy harakati, tovushlar baland-pastligi, uzun-qisqaligi; qo’shiq haqida o’qituvchining kirish so’zi (mualliflari, ayrim tarixiy xususiyatlar, hayotiy ahamiyatlar va boshqalarni hikoya, suhbat yo’li bilan qisqacha bayon etish); qo’shiqni ijro etish yoki gramm yozuvida eshittirish; suhbat yo’li bilan qo’shiqning musiqa xarakteri, uning ifoda vositalari va mazmunini aniqlash hamda ayrim ijro uslublarini belgilash; qo’shiqni musiqali jumlalarga bo’lib o’rgatish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash; qo’shiqni ijro etish va qo’shiq haqidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o’tkazish, ya’ni ummlashtirish.

    1-sinfda yil mavzusi: “Biz musiqani sevamiz” chorak mavzulari esa:
    I-chorak: “Biz yoqtirgan kuy va qo’shiqlar”.
    II-chorak: “Musiqali ritmik o’yinlar va qo’shiqlar”.
    III-chorak: “Musiqa olamiga sayohat”.
    IV-chorak: “Xushnavo cholg’ularimiz”.
    Bu mavzular dars jarayonida quyidagi oq’uv faoliyatlarida nazariy va amaliy mashg’ulotlar vositasida bajariladi.
    1. Musiqa tinglash.
    2. Jamoa bo’lib kuylash.
    3. Musiqa savodi.
    4. Musiqa ijodkorligi.
    Musiqa darsi dastur asosida rejalashtirilib, ko’rgazmali qurollar bilan musiqa o’qitishning og’zaki, amaliy, taqqoslash metodlaridan foydalangan holda, darsda o’quvchilarni jalb qilib, raqs elementlari, musiqali o’yinlar o’ynab, musiqaga mos qadam tashlash, chapak chalishni mayin ifodali qilib kuylash bilan metodik talablar asosida olib boriladi.
    2-sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi. 2-sinf o’quvchilari o’zlarining psixologik-fiziologik xarakterlariga ko’ra, 1-sinf o’quvchilariga o’xshash bo’ladi. Ularning diqqat-e’tiborini turg’unligi ham yaxshi shakllanmagan bo’ladi. Chunki, ular o’yin bilan bog’liq bo’lgan narsalarga ko’proq qiziqadilar. Ovoz apparatlarining nozik, mo’rtligi, to’la shakllanmaganligi sababli ovozlari falset tipida yangraydi. Ovoz hajmi (do1-do2)cha bo’ladi. Vokal-xor kulminatsiya ishiga e’tibor kuchayadi. Musiqa ritmi, nutqi, kuy, temp, dinamika, o’lchov haqidagi ma’lumotlar, ko’nikma va malakalar konkret nazariy bilimga aylanadi. Musiqa darsini mustahkam o’zlashtirishda 1-sinfda olingan bilimlarga tayanish zarur. Shuning uchun musiqa madaniyati darsini o’qitishda uzviylik – sistemalilik printsipiga amal qilish zarur.
    Musiqa tinglash musiqa faoliyatining yetakchisi hisoblanadi. Zero, darsda qo’llanadigan barcha musiqa materiallari asosan eshitib o’zlashtirish orqali amalga oshriladi.
    2-sinf tematikasida darsning badiiy kompozitsiyasi vujudga keladi. Darsning kulminatsion nuqtasi bolalarda faol qiziqish uyg’otadi. Badiiy emotsional kechinmalarni paydo qiladi. Shu orqali darsning emotsional drammaturgiyasiga erishish mumkin.
    O’qituvchi darsni ishonchli dalillar yordamida o’tishi kerak. Dars rejasini tuzganda, ijodiy yondoshmog’i, yaxshi tayyorgarlik ko’rib puxta ishlab chiqarish zarur. Bolalar musiqani chuqur idrok etishi uchun quyidagi faoliyat turlaridan foydalaniladi.
    1) Xor bo’lib qo’shiq kuylash;
    2) Chapak va urma cholg’u asboblarida musiqaga ritmik jo’r bo’lish;
    3) Musiqa xarakteri va obrazlarini harakatlarda ifodalash.
    O’quvchilarni muttasil qo’l harakatlariga o’rgatib borish zarur: “diqqat”, “auf”, “ijroni boshlash”, “ijroni tugatish” kabi zarur dirijyorlik choralariga amal qilib kuylash kerak. Kuylash vaqtida o’zini tuta bilishni eslatib o’tish kerak.
    2-sinfda bolalar malakalarining oshib borishi fiziologik o’sish munosabati bilan ovoz kuchi, diapazoni, tembri o’zgarib borishi ma’lum tizim asosida olib borishni talab etadi. Musiqa savodida quyidagi bilim va malakalar shakllanib borib, amalda bajarilishi zarur:
    a) kuylarni ritmik sxemalarini bo’g’inli so’zlar bilan kuylash. (lya, du, da, mo, mi…..).
    b) kuchli va kuchsiz hissalarni aniqlash va ularni his etib kuylash.
    c) chapak va cholg’u asboblarida chalib kuyga ritmik jo’r bo’lish.
    d) marsh va raqs xarakterini harakatlarda ifodalash.
    e) lad haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
    2-sinfda lad hissi tarbiyasi ancha ravshanlashadi. Asar xarakterini belgilash bilan birga marsh-qo’shiq va kuylarning major va minor uchtovushliklarini aniq bilib olish bilan belgilanadi.
    2-sinf o’quvchilarini ovoziga ham diqqat bilan e’tibor berish zarur. Baqirib, kuchanib qo’shiq aytishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Ovozlarida kamchilik sezilsa darhol shifokorga murojaat qilishlarini aytish lozim.
    Shunday qilib, 2-sinf o’quvchilari musiqani tuzilishi va nota savodiga doir mazkur boshlang’ich bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar, xor bo’lib kuylashda o’zini tutish, qo’shiq mazmuniga mos emotsional kechinmalarni his etish, tinglagan asarlari yuzasidan suhbatlarda qatnashish, hikoya tuzish, musiqa ohangiga mos harakatlar bajarish, musiqa ritmiga cholg’u asboblarida jo’r bo’lish kabi ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar. Shunday qilib:
    2-sinfda yil mavzusi: “Musiqa nimani ifodalaydi va ijrochilik turlari, musiqaning ifoda vositalari”.
    I-chorak: “Yakkanavozlik, jo’rnavozlik va jo’rsozlik”.
    II-chorak: “Yakkanavozlik va yakkaxonlik. Cholg’uchilar va xonandalar dastalari”.
    III-chorak: “Ansambl va uning turlari. Kuy nima? Kuyda nima ifodalanadi?”.
    IV-chorak: “Musiqaning ifoda vositalari”.
    O’qituvchi dars rejasini ushbu mavzular asosida tuzib, ularni bir-biri bilan uzviy bog’lab olib borishi zarur.
    3-sinf o’quvchilari o’zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga ko’ra 1-2 sinflardan ancha farq qiladi. Ularning diqqat-e’tibori turg’un, xotirasi kuchli, ovoz apparatlari shakllangan, nutqi ravon, vokal-xor malakalariga ega, musiqa haqida bilimga ega bo’ladilar. Shunga qaramasdan, darsning har bir elementini tajribalarga asoslanib, tushuntirish lozim. 3-sinf dars rejasini tuzganda, ayniqsa, ijodiy yondoshishm uning strukturasini mantiqan bog’lab turish, asarlar tartibini sinf imkoniyatiga muvofiq belgilash, bolalarda aktiv qiziqish uyg’otib, badiiy emotsional kechinmalarni vujudaga keltirish, ularni ovoziga moslab tuzish kerak. O’quvchilar o’quv jarayonida musiqaning hayotiyligini soddadan murakkabga qarab uzluksiz rivojlanishini musiqaning nazariyasi va janrlarini tuzilish va mohiyati, boshqa san’at turlari bilan aloqasini o’rganib boradilar. Musiqa savodidan notaga qarab kuylash qobiliyatlari ongli ravishda rivojlanadi. O’qituvchining qo’l harakatiga qarab va ularni qo’llarini harakatga keltirib turli mashqlar va qo’shiqlarini kuylay oladigan bo’lishadi. Bu o’rganilayotgan musiqiy asarlarni janrini aniqlashda, sof intonatsiyada to’g’ri kuylashga va qo’shiq mazmunini ifodali qilib badiiy jihatdan to’g’ri ijro etishda muhim rol o’ynaydi. 3-sinf o’quvchilari nafasini to’g’ri olib jumlani oxirigacha yetkazishga asta-sekin o’rganib borishlari kerak. Ikki ovozli asarlarni eng oddiysini kuylay oladigan bo’lishlari kerak. Ikki ovozli kuylashga erishish uchun avvalo sof intonatsiyaga erishish kerak, bu ovoz sozlash jarayonida erishiladi. Oldin tertsiya kengligida, ikki ovozli mashqlarni kuylash, so’ngra bir-ikki takt kanon shaklida mashqlar kuylash orqali o’quvchilarning musiqiy o’quvi rivojlanib, eshitish qobiliyati o’sib boradi. Asta-sekin ikki ovozli asarlarni kuylash o’quvchilarni qiziqishini oshirib boradi. O’quvchilarni musiqa haqidagi bilim doirasini kengaytirishda va musiqa qobiliyatlarini rivojlantirishda musiqa tinglash muhim rol o’ynaydi.
    O’qituvchi ijrosidan tashqari, grammplastinka yozuvidan, magnet tasmalardagi yozuvlardan foydalanib, bolalar xori, professional san’atkorlar cholg’u asboblarida ijro etgan musiqiy asarlar, xalq qo’shiq va kuylarini tinglab idrok etish bilan o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga olib kirish badiiy didni, qiziqishini rivojlantirishi mumkin.
    3-sinfda yil mavzusi: “Musiqaning ifoda vositalari”. (Musiqa nutqi).
    I-chorak: “Musiqaning ifoda vositalari”.
    II-chorak: “Xor va orkestr”.
    III-chorak: “Musiqaning tuzilishi”.
    IV-chorak: “Oddiy musiqa shakllari. Band va naqarot”.
    Shuningdek, musiqa darslari yil, chorak, mavzulari asosida rejalashtirilib, 5 faoliyat asosida o’tiladi.
    4-sinf o’quvchilari psixologik-fiziologik xarakteriga ko’ra hayotir tajribaga boy, fanlarga qiziqishadi. Diqqat-e’tibori turg’unlashgan bo’ladi. Jiddiy bo’lgan masalalar ustida fikrlash, hajm jihatdan kattaroq bo’lgan musiqani ham eshitishga qodirdirlar, izlanish va mustaqil mushohada etish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bu xususiyatlarni barchasini o’qituvchi nihoyatda, o’ylab, oqilona ish tutishi lozim. Har bir darsdan unumli foydalanishi kerak. Bundan maqsad, bolalarni tezroq dasturdagi musiqa asarlariga, dars uslubiga, musiqa san’atiga, ashula aytishga qiziqtirishdan iborat. 4-sinf o’quvchilarining vokal-xor malakalari bir xilda rivojlangan bo’lmaydi. Chunki, boshlang’ich sinflarda mutaxassislar yetishmaydi. Mutaxassis ish olib brogan joyda esa o’quvchilar sof unisonda kuylash ansambl va qo’shiqlarni me’yoriga yetkazib, ikki ovozda kuylash darajasiga ega bo’ladilar. 4-sinfda ham o’quvchilarni differensional guruhga bo’lib o’tkazish lozim bo’ladi. Chunki, ularning bu davrda ovozlari jarangdor, yoqimtoy, kulminatsion rivojlangan vaqti hisoblanadi. Shuning uchun darsda ko’proq kuylatish maqsadga muvofiqdir. Kalendar-tematik reja tuzganda yuqorida aytilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda chorak, yil mavzulari rejasi tuziladi.
    O’qitish davomida quyidagilarga e’tibor qaratmoq kerak:
    1-dan: fanlararo aloqa metodi; boshqa fanlardan olingan bilim va malakalardan foydalanish; masalan: ona tili va adabiyot, tasviriy san’at, O’zbekiston tarixi, tabiatshunoslik, matematika va boshqalar.
    2-dan: o’quvchilarni musiqiy qobiliyatini o’stirish; sof unisonga erishish, jumla boshida nafas olib jumla oxirigacha rejalab yetkazish, lad haqida ma’lumot, o’lchovlarni bilish, notalarga qarab kuylay olish.
    3-dan: musiqa savodiga qiziqtira olish; musiqa savodining eng muhim ahamiyati-qo’shiqni notalar nomlari bilan kuylash, tinglash uchun berilgan asarlarni tahlil qila olishdir.
    4-dan: vokal-xor malakalari: 11 yoshdagi bolalarda ovoz pardalari to’la shakllangan bo’ladi. Nafas ancha chuqurlashgan bo’lib, ko’krak qismi kengayganligi sababli, tovush ancha kuchaygan bo’ladi. Ovozlarni maromiga tushirib kuylash uchun qo’shiq parchalaridan mashqlar tanlab kuylash lozim. Mashqlarni ma’lum tizimga solib kuylash kerak. Mashq va qo’shiqlar doimo sekin tempdan boshlab o’rgatiladi. Qo’shiq o’rgatishda dirijyorlik uslubida fortepiano cholg’u asbobidan unumli foydalanish lozim. Qo’shiq o’rgatish davomida sof unisonga, ikki ovozlikka, badiiy ijroga, erishish lozim. Musiqa tinglashda vokal va cholg’u musiqasi, xalq ommaviy musiqasi va kasbiy musiqani tinglab idrok eta olish nazarda tutiladi. 4-sinf o’quvchilarining ovoz apparatlari shakllangan, yo’lga qo’yilgan bo’lganligi sababli, ularni ko’proq to’garak ishlariga jalb qilish, (xor, raqs, rubobchilar, doirachilar, vokal ansambli) maqsadga muvofiqdir.
    4-sinfda yil mavzusi: “O’zbek xalq musiqa ijodi”.
    I-chorak: “Xalq aytimlari va cholg’ulari”.
    II-chorak: “Bayram va marosim qo’shiqlari”.
    III-chorak: “Mavsum qo’shiqlari”.
    IV-chorak: “Bahor fasli qo’shiqlari”.
    Chunki, bu intervallar kuylash uchun qulay, yoqimli va o’quvchilar xotirasida saqlanishi oson. Intervallar faqat kki ovozda kuylanmasdan, balki, tinglash uchun ijro etib, ularda yuqori va pastki tovushni aniqlashni topshirish lozim. Bunday savollar o’quvchilarning garmonik o’quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o’zlashtirish tuyg’usi paydo bo’ladi. Ikki ovozlik qo’shiqlarni kuylash uchun, kichik kanonlardan boshlab, kattaroq hajmdagi jo’rsiz (akapella) asarlariga o’tish, o’quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatlarini o’stiradi. Ikki ovozlik qo’shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichik hajmdagi asarlar maqsadga muvofiq bo’ladi. Har qaysi ovozning ohangi aniq ravshan, mustaqil bo’lishi kerak. Pastki ovoz kuyi shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo’lishi, ayniqsa, muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni, seksta, septima, oktavalar hajmidan oshmaydigan qo’shiqlar aytishga ayniqsa qulaydir.
    Qo’shiqlar o’rtacha tempda yozilgan bo’lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki ovozli qo’shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatidan shakli yengil va oson bo’lishi kerak. O’zbek xalq qo’shiqlarini o’qituvchi ikki ovozlik qilib, qayta ishlab o’rgatish o’quvchilarni talaffuzi, intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho’zib, ikkinchi ovoz harakatlanishi ham, bolalarni eshitish qobiliyatlarini o’stiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni parallel bir tomonga yo’nalishi, va har xil muarakkabroq holatida ham kuylash mumkin bo’ladi. Musiqa darsida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo’lish shart emas, balki taxminiy bo’lishi ham mumkin. Chunki, ikki-uch ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o’quvi ko’proq o’sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim.


    ADABIYOTLAR:



    1. Mavlonova R.A., To’rayev O.T., Xoliqberdiyev K.M. - «Pedagogika» T., «O’qituvchi » - 2008 yil.

    2. Bo’ri Ziyomuhedov. “Ilm hikmati.” Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1999 y
    3. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori). 1997 yil. T.,“Sharq” nashriyoti.
    4.R.Mavlonova, N.Vohidova, N.Raxmonqulova. «Pedagogika nazariyasi va tarixi». Darslik. Fan va texnologiyalar, T., 2010 yil.
    w.w.w. /pedagog/ uz..
    3w.w.w. /ziyo.net/
    Download 0.6 Mb.
    1   2   3




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish orqali ijodiy ko`nikmalarni shakllantirish

    Download 0.6 Mb.