|
Mavzu; ds-max dasturi va uning imkoniyatlari Mundarija Kirish Reja; I bob. Autodesk ds Max dasturi, uning ahamiyati va muammolari va unda obyektlani modellashtirish
|
bet | 11/18 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 66,81 Kb. | | #146131 |
Bog'liq Mavzu; ds-max dasturi va uning imkoniyatlari Mundarija Kirish Re-hozir.org4 qadam. Yoritgichni o’rnatish.
Siz saxnaga yanada tabiiylik bagishlash uchun yorug’lik o’rnatishingiz
mumkin. Quyida avtomatik o’rnatilgan yoritgichni ko’rishimiz mumkin: Yorug’lik o’rnatish uchun boshqarish panelidagi yaratish bo’limining «Yoritish» kategoriyasi tanlanib, saxnaning kerakli joyiga yoritish obyekti o’rnatiladi.
Bu ishni orqali xam bajarish mumkin. Ma’lum bir yoritgichni o’rnatganimizda yer shari quyidagi ko’rinishni oldi.
3ds Max yoritishni 3 turini tavsiya qiladi: tarqalgan yorug’lik, dog’ shaklidagi yoritish, yo’naltirilgan yorug’lik. Bizning misolimizda erkin dog’ shaklidagi yorug’lik manbasi tanlangan. Buning uchun «Yoritish»kategoriyasidagi Free Spot tugmasini bosamiz: Saxnada yaratgan obyektimiz, ya’ni yer sharini natijaviy ko’rinishini ko’rish uchun Render bo’limi mavjud.
5 qadam. Natijani ko’rish.
Natijani kurish uchun biz bosh menyuning (Rendering) bo’limidagi Render ni tanlaymiz. Natijada namoyish parametrlarini o’zgartirish imkoniyatini beradigan oyna paydo bo’ladi. Kerakli parametrlar berilib, Render tugmasi bosiladi. Natijada saxnada yaratgan planetamizning real, tabiiy tasviri xosil bo’ladi. Bu ishni tez amalga oshirish uchun, ya’ni tezda natijani ko’rish uchun quyidagi tugmani bosish kifoya:
Natijani ko’rish aloxida oynada quyidagi ko’rinishga ega:
Bu tasvirni biz turli (*.bmp, *.jpg, *.tif) formatdagi tasvir fayllarida
saqlashimiz mumkin.
6 qadam. Animatsiya.
3D Studio Max da animatsiya deyarli barcha joyda qo’llaniladi. 3D Studio
Max – animatsiya tuzishda sizga bosh assistent (yordamchi) bo’lib xizmat
qiladi. Siz tayanch kadrlarda senariyning bosh va oxirgi xolatini berasiz.
Animatsiyani namoyish qilish vaqtida ishchi oynaning quyi qismida vaqtni
boshqarish paneli joylashgan bo’lib, ular:
Vaqt slayderi
«Animatsiya» tugmasi
Animatsiyani ishlatish tugmasi
Joriy vaqt indikatori
Kalit rejimini o’rnatish ilgagi
30
Vaqtni o’rnatish tugmasi
Buning uchun:
1. «Animatsiya» tugmasini bosamiz (u qizil rangga bo’yalgan);
2. Vaqt slayderini (noldan farqli) kerakli nuqtaga o’rnating;
3. Endi obyektni deformatsiya qilishingiz yoki ularning animatsiya
parametrlarini o’zgartirishingiz mumkin.
Shu bilan birga kalitlarni ishlatmasdan animatsiya effektlarini berishingiz mumkin. Buning uchun buyruqlar panelidan «Xarakat» ni tanlash kerak.
Animatsi bo’limida biz yer sharining ma’lum orbita bo’ylab va bir vaqtda o’z
o’qi atrofida xam aylanishini ko’rib chiqamiz. Buning uchun biz sferamiz
aylanadigan orbita, ya’ni traektoriyani bo’limidan berishimiz kerak.
Biz sferamiz aylanishi kerak bo’lgan ellips, ya’ni orbitani buyruqlar paneli
yaratish bo’limining tekis obyektlar kategoriyasidan ellipsni tanlaymiz va
saxnaga ma’lum radiusdagi ellips chiziladi. Buyruqlar panelining xarakatlanish
bo’limi tanlanadi.
Pastroqda joylashgan tugmasi bosilib, sfera ellipsga biriktiriladi. Endi xarakatni 0 kadriga keltirib, (Animation) tugmasini bosamiz va (End) klavishasi bosilib, Tab panel dagi tugmasi tanlanib, sfera 3600 ga buriladi. Bundan maqsad yer sharimiz orbitadan 1 marta aylanganda o’z o’qi atrofidan xam bir marta aylanadi.
Shundan so’ng saxnaning perspektiva bo’limi tanlanib, asosiy oynaning quyi
qismida joylashgan play tugmasi bosiladi. Natijada yer shari ellips orbitasi
bo’ylab aylana - boshlaydi va bir vaqtning o’zida o’z o’qi atrofida xam aylanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu; ds-max dasturi va uning imkoniyatlari Mundarija Kirish Reja; I bob. Autodesk ds Max dasturi, uning ahamiyati va muammolari va unda obyektlani modellashtirish
|