|
II bob. Autodesk 3 ds Max dasturi uchun MaxScript yordamida pluginlar
yaratish va modellashtirishga yo’naltirilgan pluginlar yaratish
|
bet | 12/18 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 66,81 Kb. | | #146131 |
Bog'liq Mavzu; ds-max dasturi va uning imkoniyatlari Mundarija Kirish Re-hozir.orgII bob. Autodesk 3 ds Max dasturi uchun MaxScript yordamida pluginlar
yaratish va modellashtirishga yo’naltirilgan pluginlar yaratish
2.1. Autodesk 3 ds Max dasturi uchun MaxScript yordamida pluginlar yaratish texnologiyasini tahlil qilish.
Autodesk 3 ds Max dasturiy ta’minoti o’zining muhitida ishlovchi dasturlash tiliga egadir. Ushbu dasturlash tili obyektga yo’naltirilgan bo’lib, MaxScript deb nomlanadi. MaxScript haqida avvalgi bobda tanishib chiqdik. U asosida yaratilgan bir nechta pluginlarni ko’rib chiqaylik.
StonePlacementTools
Ushbu plugin turli g’ishtin devorlar, toshli yo’laklarni yaratadi. Ularni pluginni o’zida bir vaqtning o’zida parametrlarini o’zgartirishimiz mumkin.
Plugin Relex, Turbo Smooth, Displacemicro modifikatorlarini qo’llash orqali
ishlaydi. Pluginni umumiy ko’rinishi quyidagicha
2.1 - rasm. (stonePlacementToolsni ishchi oynasi).
2.2 – rasm(Pluginni bajarilgan holati).
Ushbu plugin juda katta imkoniyatlar beradi. Ular quyidagilar:
1. Oddiy holatda ushbu natijaga erishish uchun 2 soat vaqt ketadi. Plugin
bilan bajarilganda esa bir daqiqa vaqt yetarlidir.
2. Parametrlarini avtomatik ravishda o’zgartirish foydalanuvchiga katta
imkoniyatlar yaratadi.
3. Oddiy foydalanuvchilar uchun qulay.
4. Obyektlarni massiv ko’rinishida olinishi, agar obyektlar ko’payib ketsa
dasturning ishlash tezligi o’zgarmasligi.
5. Dasturning kutubxonasidan unumli foydalanilganligi.
Muammo va kamchiliklari:
1. Plugin render vaqtida ko’p qolib ketishi.
2. Materiallarning ko’p qismi pluginni tanimasligi yoki unga tushmasligi.
Ushbu plugin alohida parallelopipedni hosil qilib olib, keyin ularni massiv
bo’ylab tarqatadi. Both simulatsiyasini qo’llab floors tipini qo’llaydi. Pluginni
qo’shimcha imkoniyati sifatida floors tipini 3 ds Max dasturining
kutubxonasidan foydalanib qo’shimcha tiplarni kiritilganda maqsadga muofiq
bo’lar edi. Ushbu tiplar quyidagilardan iborat: [53]
а) PolyToolsTopology.Tiles2()
б) PolyToolsTopology.Mosaic()
c) PolyToolsTopology.Hive()
д) PolyToolsTopology.Floor1()
е) PolyToolsTopology.Floor2()
ф) PolyToolsTopology.Skin()
г) PolyToolsTopology.Holer()
х) PolyToolsTopology.EdgeDirection()
и) PolyToolsTopology.Simplify()
ж) PolyToolsTopology.Chaos()
к) PolyToolsTopology.Fours() va boshqalar.
Pluginda normal maps, AO maps texnologiyalaridan foydalanilganligi sabali dasturning imkoniyatlari kengaygan. Avtomatik ravishda pluginni bajarilgan
holatdagi ishini, parametrlarini o’zgartirish mumkin. Bu esa o’z navbatida
obyektlarni harakatlantirish uchun ham zamin yaratadi.
2.3 – rasm. (Parametrlari o’zgartirilgan pluginni bajarilgan holati)
on spn_Size changed val do
(
if mRoc != undefined and not isdeleted mRoc do
(
mRoc.length = mRoc.width = mRoc.height = val
mRoc.Displace_Basic_Shape.length = val
mRoc.Displace_Basic_Shape.width = val
mRoc.Displace_Basic_Shape.height = val
mRoc.Displace_Medium_Details.length = val
mRoc.Displace_Medium_Details.width = val
mRoc.Displace_Medium_Details.height = val
mDM1.Gizmo.position = [0,0,val/2]
mDM2.Gizmo.position = [0,0,val/2]
)
)
Funksiyasi pluginni asosiy qismini tashkil etadi. Displace
modifikatorining qo’llanilishi toshlarga relef beradi. Medium komponentasi
floors tipini displace modifiokatoriga bog’laydi. Gizmo effekti tosh shaklini
namoyon qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ushbu plugin foydalanuvchini vaqt sarfini kamaytiradi va natija olinishini tezlashtiradi. Shunday dasturlardan foydalanish kerakli natijaga erishish uchun foydalidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II bob. Autodesk 3 ds Max dasturi uchun MaxScript yordamida pluginlar
yaratish va modellashtirishga yo’naltirilgan pluginlar yaratish
|