|
Xo’sh, bu dasturda qanday ishlash mumkin?
|
bet | 9/18 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 66,81 Kb. | | #146131 |
Bog'liq Mavzu; ds-max dasturi va uning imkoniyatlari Mundarija Kirish Re-hozir.orgXo’sh, bu dasturda qanday ishlash mumkin?
3 ds Maxda obyektlarni ko’rish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda
kursor shakli o’zgaradi. Sichqoncha yordamida obyektning o’lchovlarini
berasiz.
Yaratilgan obyektlarda kino effektlar yaratish uchun Maxsus kamera va
yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin. Obyekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin.
Ko’rish maydonida yaratilgan obyektlarni xarakatlantirib, kichik animatsiya xosil kilish mumkin. Buning uchun {Animatsiya} tugmasini bosib, kadrlarni o’zgartirgan xolda obyektni xarakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra animatsiya panelidan {play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animatsiya xosil bo’ladi. Bu yaratilgan animatsiyani fayl kurinishida kompyuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o’qiy oladigan dastur yordamida o’qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.
Foydalanuvchi interfeysi xaqida ma’lumot.
Quyida 3D Studio Max -ning foydalanuvchi interfeysi xaqida qisqacha
ma’lumot beriladi.
Ko’rinish maydoni (Viewports).
3ds Max ni ishga tushirganingizda ekranda standart foydalanish interfeysi paydo bo’ladi. Bu interfeys to’rtta ko’rinish maydonidan tashkil topgan bo’lib
(odatda bu ko’rinishlar: oldindan, yuqoridan (top), chapdan (left), va perspektiva), atrofida instrumental vositalar va boshqarish vositalari joylashgan bo’ladi.
Ko’rinishlar foydalanuvchi didiga mos ravishda tanlanib, obyektlar ko’rinishi xam o’zgartirilishi mumkin.
Ko’rish maydonida o’zgarishlarni boshqarish qurilmalari .
Ko’rish maydonidagi ekranning quyi o’ng qismida (xarakatlanuvchi) o’zgarishlarni boshqarish qurilmalari joylashgan. Ular ayni vaqtda qo’llanilayotgan tipga nisbatan o’zgarib turadi.
Yuqoridagi menyuga bog’lik bo’lmagan uning quyi qismida saxifalangan
panel joylashgan. Bu instrumentlar panelida mos tugmada sichqonchani bir
marta ezilganda mos qurilma ishlab ketadi va siz ko’rinish soxasida (viewport)
ishlashingiz mumkin buladi. orqali instrumentlar panelini xarakatlantirish
mumkin.
|
| |