|
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi
|
bet | 5/11 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #117210 |
Bog'liq Сакиева.Б.Б. ТакдимотDissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, 3 ta bob, 8 ta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 122 sahifa.
IBOB“Texnika oliy ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlik asosida kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy asoslari”
Bu bobda texnika oliy ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlik asosida kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning nazariy va pedagogik asoslari, ta’lim kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik asoslari, talabalarda kasbiy kompetensiyalarni maruza mashg‘ulotlari davomida shakllantirish va rivojlantirish orqali ta’lim samaradorligini oshirish ishlab chiqlgan.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlik asosida kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish fan, texnika, texnologiyalarning integratsiyasi keskin sur’atlarda oshayotgan bir vaqtda ta’lim-tarbiyada uzviylikni ta’minlash dolzarb muammo sifatida o‘rganilmoqda, bundan kutilayotgan natija, o‘qitilayotgan fanlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etish jarayoni amaliyotda o‘z tadbiqini topgan. Fanlararo aloqadorlik asosida kasbiy kompetensiyani rivojlantirish muammosi pedagogikaning asosiy muammolaridan asosiysi hisoblanib ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning o‘quv- bilish faoliyatini faollashtiradi, bilimlar sifatini oshiradi, ta’limning izchilligini ta’minlaydi, ilmiyligi, tushunarliligi, tizimliligi va mobilligini oshirishga xizmat qiladi.Mashhur pedagoglardan bu borada(1-rasm)zikr etilgan olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.
8
Respubliakmiz olimlari fanlarning integratsiyasi borasida B.Abdullaeva, S.Alixonov, Z.Azimova, S.T.Aliqulov, N.Yusupova, M.Jumaev, X.B.Norbo‘taev; ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati B.N.Alimov, Y.M.Asadov, M.M.Vahobov, N.A.Muslimov, A.A.Xasanov, J.E.Usarov, O‘.N.Sultonovalar tomonidan ilmiy tadqiqot olib borganlar. B.Abdullaeva fanlararo aloqadorlikni amalga oshirishda fanlar integratsiyasi, N.A.Muslimov talabalarning kompetensiyaviy yondashuvining muammolari, J.E.Usarov tabiiy fanlarda tayanch kompetensiyalarning tadbiq etilishini, G.Karlebaeva bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish haqida,O‘.N.Sultonova talabalarda kompetensiyaviy yondashuv asosida kompetent kadrlar tayyorlash haqida ilmiy izlanishlar olib borgan.
|
| |