|
Fanlararo aloqadorlik asosida kompetensiyalarni qo‘llash
|
bet | 6/11 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #117210 |
Bog'liq Сакиева.Б.Б. ТакдимотFanlararo aloqadorlik asosida kompetensiyalarni qo‘llash
IIBOB“Texnika oliy ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlik asosida fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish” “Texnika oliy ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlik asosida fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish”
Bu bobda texnika oliy ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlik asosida kasbiy kompetensiyani yangi pedagogik texnologiyalar, masalalar yechish individual va tabaqalashgan yondashuv, kasbiy kompetensiyani to‘garak mashg‘ulotlarining tashkil etish jarayonida rivojlantirish mavzulari yoritib berilgan.O‘qitishning metodik tizimi tushunchasiga buyuk pedagok V.P.Bespalko quyidagicha tushunchalarni ilgari suradi: “Pedagogik tizim shaxsni shakllantirishda aniq maqsadni, tashkillashtiradigan, pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun talab etiladigan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan uslub, vosita va jarayonlar majmuasi.” Demak, jamiyatning rivojlanishini shaxs shakllanishidagi talablarni va maqsadni belgilab bergan, holda pedagogik tizim ham o‘zgarib boradi
Texnika oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasini kasbiy kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish bosqichlari
T/r
|
Mazmuni
|
Amalga oshiriladigan ishlar
|
1.
|
tushunchalarni nazariy va kasbga oid kopetensiyalarni rivojlantirish
|
pedagogik kuzatishlarni olib borish, o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va talaba faoliyatini tahlil qilish; o‘qitish vositalari, metod va shakllarini ilmiy o‘rganish va ularni qo‘llash metodikasini loyihalash; o‘qitish jarayonini rejalashtirish va metodlarini qo‘llashning dastlabki tajribalarini shakllantirish; kursi materiallarini tizimlashtirish va talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi;talabalarning masalalar yechish davrida tanish va notanish vaziyatlarda fanlararo aloqadorlik asosida bilimlarini nomoyish etishi va amaliyotda qo‘llashi.
|
2.
|
Amaliy ishlar bilan nazariy kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish
|
talabalar tomonidan fani bo‘yicha bilimlarni umumlashtira olishlari (umumiy savollar, tushunchalarni shakllantirish, savollar);talabalarning amaliy ishlarni bajarishda fikrlash va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; matnli hisoblashga doir, masalalar yechishga o‘rgatish.
|
3.
|
xulosa, qonuniyatlarni tushunish hamda tayanch va fanga oid kopetensiyalarni rivojlantirish
|
o‘qitishning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ularni qo‘llash tamoyillarini ishlab chiqish; talabalarning matematika fanini o‘rganish davomida zarur meyoriy xujjatlar va uning amaliyotdagi ahamiyatini o‘rganishi; talabalarning o‘qitish jarayonida amaliyotda masalalar yechishning turli usullaridan foydalanishi; talabalarning matematika fanini o‘rganish davomida innovatsion loyihalar yaratishi va kundalik turmushda foydalanishi.
|
|
| |