|
Shialik yoʻnalishi ilohiyotida 5 aqida tan olinadi
|
bet | 3/139 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 1,89 Mb. | | #148083 |
Bog'liq Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолShialik yoʻnalishi ilohiyotida 5 aqida tan olinadi:
Tavhid (Allohning yagonaligi),
Nubuvvat (paygʻambar) ga ishonish,
Adl (ilohiy taqdirning adolatligiga ishonish),
Maod (oxiratga ishonish)
Ilohiyot (arab. — xudo toʻgʻrisidagi taʼlimot) — diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan asosiy diniy taʼlimot. Islomda Ilohiyat ilk shakllanish davridan boshlab kalom deb nom olgan.
2. Dinning funksiyalari. Dinning dunyoqarash shakli va uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri.
Umuman din, xususan islom dini 5 asosiy funksiyani boshqaradi. Bular qatoriga kompensatorlik integrativ, regulyativ, Kommunikativ va legitimlovchilik funksiyalar kiradi. Dinning yuqorida qayd qilingan besh funksiyasining qisqacha ta'rifi va tavsiflari quyidagilardan iborat:
BIRINCHIDAN, har qanday o'z dinidagilar uchun to'ldiruvchi, ovutuvchi (kompensatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda diniy ehtiyoj hosil,bo'lishini olib qaraylik. U o'z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo'lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyoj, maqsadlarga yetishishi qiyin, ilojsiz bo'lib ko'ringanda bunday ma'naviy ehtiyoj vujudga kelgan. Chunki inson hayotida quvonchli yoki tashvishli onlarda, orzular ro'yobga chiqishi ilojsiz bo'lgan paytda insoniyatning dinga ehtiyoji jamiyat bo'lib yashash talablarida boshlangan; Din bu o'rinda ma'naviy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan.
IKKINCHIDAN, dinlar o'z ta'limot tizimini vujudga keltirib, unga e'tiqod qiluvchi shaxs jamoani shu ta'limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning birlashtiruvchilik (integrativlik) funksiyasi deyiladi. Bunda din muayyan ijtimoiy, etnik va ma'naviy hayotning o'z ta'siri doirasida bo'lishini ko'zda tutadi. Masalan, islom o'tmishda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti, axloqiy munosabatlari, hattoki adabiyot va san'atiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Bular orqali elat va xalqlarda turli xil birlashtiruvchi munosabatlar qaror topadi.
|
| |