Mavzu: hujjatlar, ularning vazifasi, zaruriy qismlari




Download 23.88 Kb.
bet3/6
Sana27.12.2023
Hajmi23.88 Kb.
#128728
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu hujjatlar, ularning vazifasi, zaruriy qismlari
11, Документ Microsoft Word, yengil-sanoat-mahsuloti-raqobatbardoshligini-oshirishda-sifat-menejmenti-mexanizmini-rivojlantirish-yo-llari, 1-вариант 2, 3-вариант, Mavzu Bolalar lug’atiga yangi so’zlar kiritish-fayllar.org, 14-MA`RUZA. SAM-WPS Office, 1
TAVSIFNOMA
Tavsifnoma muayyan shaxsning o‘qish, mehnat jarayonidagi, yashash joyidagi ijtimoiy-jamoatchilik faoliyati, erishgan muvafaqqiyatlari, o‘ziga xos xislatlari, fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir. Bu hujjat korxona, tashkilot, muassasa, o‘quv yurti rahbariyati tomonidan o‘z xodimi, talabasi, o‘quvchisi o‘qishga yoki ishga kirayotganda, chet elga o‘qishga, ishga, tajriba almashishga yoki sayohatga ketayotganda, yangi lavozim, ish yoki mansabga tayinlanayotganda, erishgan muvaffaqiyatlari uchun rag‘batlantirilayotganda berilishi mumkin. Hujjatda tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish, ish, jamoatchilik faoliyati, ishchanligi, ijodkorligi, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, oilaviy ahvoli o‘z ifodasini topadi. Tavsifnoma uchinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Bu hujjatning "Tavsifnoma", "Ishlab chiqarish tavsifnomasi", "Xizmat tavsifnomasi" kabi turlari ish qog‘ozlari yuritishda qo‘llaniladi. Barcha turdagi tavsifnomalar uchun umumiy bo‘lgan zaruriy qismlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar:

- tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish yoki ish joyi nomi;
- lavozimi;
- tug‘ilgan yili;
- millati;
- ma’lumoti;
- familiyasi, ismi, otasining ismi.

  • Hujjat nomi - tavsifnoma.

  • Matn (o‘quvchi, talaba yoki xodimning o‘qish, ish faoliyati, muhim sanalari, alohida yutuqlari, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, jonkuyarligi, g‘amxo‘rligi, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy fazilatlari, rag‘batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalar).

  • Tavsifnoma yuborilayotgan joy nomi.

  • Tasdiqlovchi rahbarlarning lavozimlari, imzolari, familiyalari.

  • Tavsifnoma yozilgan sana va muhr.

Tavsifnoma matnini unda bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin. Dastlabki qismda shaxsning hayoti yoki ish faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilsa, keyingi qismda uning shaxsiy tavsifi, lavozimiga munosabati, mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijodkorligi, jamoatchiligi, tashkilotchilik qobiliyati, xulq-atvori, oilaviy ahvoli, taqdirlanishlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. So‘nggi qismda esa bayon etilganlardan xulosa qilinib, tavsifnomaning berilishidan ko‘zda tutilgan maqsad yoritiladi.
NAMUNA
Guliston davlat universiteti
devonxonasi ish yurituvchisi,
1980-yilda tug‘ilgan, millati
o‘zbek, oliy ma’lumotli
Oxunova Zulfiya Bobur qiziga

Download 23.88 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 23.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: hujjatlar, ularning vazifasi, zaruriy qismlari

Download 23.88 Kb.