Mavzu: Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/46
Sana18.06.2022
Hajmi0.52 Mb.
#23941
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Bog'liq
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI
EKG, otabek DXN, El.Tex.Qur 20, 5052 iboti texnologiyalari, 1-Ma\'ruza Taqdimoti, Биз меҳнат килаётган 29, 12121212121, Algoritmlar.Ашуров-М, Eng yangi tarix, Umumiy Pedagogika fanidan Mustaqil ish
 
19 
Masalan, jonini jabborga bermoq yoki dust yourself down frazeologik birliklari 
“bor kuchini safarbar qilgani holda faoliyat ko’rsatmoq” ma’nosini anglatadi. Bu 
ma’no jon, jabbor, bermoq yoki dust, yourself, down so’zlari anglatadigan 
ma’nolarning oddiy yig’indisi emas, balki ma’lum obrazga asoslanadigan 
umumlashma ko’chma ma’no.
Frazeologik birliklarning mazmun planida ikki hodisa ajratiladi: 1) lug’aviy 
ma’no, aniqrog’i frazeologik ma’no; 2) uslubiy baho.
Tarkibli morfemaning, leksemaning ma’nosi odatda uni tashkil qiluvchi til 
birliklarga xos ma’nolarning yig’indisi sifatida gavdalanadi, qismlar ma’nosi 
asosida butunning ma’nosi tushuniladi.
Frazeologik birlik tarkibli til birligi, lekin uning ma’nosi tarkibidagi 
leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig’indisiga teng bo’lmaydi. Frazeologik 
birliklarga xos ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan maxraj 
ma’no, ustama ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no tarkibidagi leksemalarning 
ma’nosiga suyanmasligi ham mumkin. Frazeologik birliklarning ma’nosi 
tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig’indisi bo’lmasligi, shular 
ustiga qurilgan yangi bir ma’no bo’lishi sababli, frazeologik birliklarda go’yo ifoda 
plani bilan mazmun plani orasida qandaydir uzilish sodir bo’ladi. Xususiy
ma’nolar umumiy ma’noni to’g’ridan to’g’ri izohlab turmaydi. Shu sababli
frazeologik birliklarda ifoda plani bilan mazmun plani orasidagi bog’lanish 
shartlilik kashf etadi. Bu yerda bittadan ortiq so’z yaxlitligicha ma’lum bir obraz 
asosida, ko’chirish yo’li bilan semantik taraqqiyotni boshdan kechiradi. Ma’lum 
bir obraz asosida yuzaga kelgan ana shunday ustama ko’chma ma’noga 
frazeologik ma’no deyiladi.
Ingliz tilida frazeologik birliklardan nglashiladigan ma’no ikki turga ajratiladi:
1) lug’aviy ma’no (literal meaning) 
2) ko’chma ma’no (figurative meaning) 
Lug’aviy ma’no ( literal meaning ) frazeologik birlikning kitobdan yoki 
lug’atdan anglashiladigan asl ma’nosi hisoblanadi. 



Download 0.52 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya

Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish