• 4-BOSQICH. Yangi mavzu bayoni
  • 1-misol.
  • Program
  • I usul II usul Program
  • Dasturi Ekrandagi Natija Program
  • -BOSQICH. Guruhlar o‘rni almashtiriladi va yuqoridagi tartibda uy ishi so‘raladi. (bunga jami 10 daqiqa ajratiladi) 3-BOSQICH




    Download 5,45 Mb.
    bet7/7
    Sana22.02.2024
    Hajmi5,45 Mb.
    #160713
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ochiq dars ishlanmasi
    12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq, Elektron tijorat, Fazik 2021 maqola, TAT ochiq dars, 103, 3-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, bildirish, Maqsadli ko`rsatkich, Boltayev Ruslan, Raxmatova Xumora 4z guruh mustaqil, 1 biologiya, avtoreferat, 2-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, Статья Сувонова О О, Academic-Data-353211105300
    2-BOSQICH.
    Guruhlar o‘rni almashtiriladi va yuqoridagi tartibda uy ishi so‘raladi. (bunga jami 10 daqiqa ajratiladi)
    3-BOSQICH.
    Krossvord topishmoq. Ikki guruh o‘quvchilari bellashuvga chorlanadi va ularga oldindan tayyorlab qo‘yilgan 2 ta bir hil krassvord beriladi. Birinchi bo‘lib to‘gʻri ishlagan guruh taqdirlanadi.

    1. Kompyuter texnikasi va uning dasturiy ta’minotini o‘rganadigan fan bu…?

    2. Nikalas virt tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili bu …?

    3. Turbo Paskalning grafik xolatda ishlashini ta‘minlovchi fayllari joylashgan katalog?

    4. Dasturlash tilida biror amalni bajarish uchun mo‘ljallangan ko‘rsatma?

    5. Turbo Paskalda o‘zgaruvchilarni e‘lon qilish maxsus so‘zi?

    6. O‘zgaruvchi e’lon qilishning butun qiymatli turi?

    7. Algoritmning kompyuter tilidagi ifodasi?

    8. Jadval ko‘rinishidagi miqdorlarning boshqacha nomi?




    1

    2

    3

    4

    5

    6




    7

    8

    9

    10

    11

    12

    13

    1



















    A






















    2



















    L






















    3



















    G






















    4



















    O






















    5



















    R






















    6



















    I






















    7



















    T






















    8



















    M






















    O‘quvchilarning uy vazifasini bajarganlari va faol ishtiroklariga qarab baholanadi.


    4-BOSQICH.
    Yangi mavzu bayoni:
    O‘qituvchi algoritm va uning turlari haqida o‘quvchilardan so‘raydi. Chiziqli algoritmning dastur shaklida yozilishi chiziqli dastur deb ataladi. Chiziqli dasturdagi barcha operator ketma-ket kelish tartibida bajariladi va hech qanday shart tekshirilmaydi.
    Darslikning 63-betidagi misol ko‘rib chiqiladi.
    1-misol. Radiusi R bo‘lgan aylananing uzunligini hisoblash dasturi tuzilsin va R=9 birlik qiymat uchun bajarilsin.
    Yechish. Aylananing uzunligini hisoblash formulasini esga olamiz:
    L=2πR. Paskal dasturlash tilida u L := 2*pi*R ko‘rinishda yoziladi. Dasturda bitta o‘zgarmas pi va ikkita o‘zgaruvchi R va L qatnashadi. Masala shartiga ko‘ra R=9, ya’ni R butun son. Shu sababli R o‘zgaruvchi turi Integer deb olinadi. Aylananing uzunligi L esa ko‘paytmada π qatnashganligi uchun, albatta haqiqiy (Real) turli bo‘ladi. Aytilganlarni hisobga olib quyidagi dastur tuziladi:
    Program aylana_uzunligi;
    Var R:Integer; L:Real;
    Begin
    r := 9;
    L := 2*pi*R;
    WriteLn(L=’,L,’ birlik.’); readln;
    End.
    Dastur ishga tushirilgach (Ctrl+F9 klavishalar juftligi bosilgach yoki Run menyusidan Run bandi tanlangach), ekranda quyidagi natija hosil bo‘ladi:
    L= 5.6548667765E+01 birlik.
    Dasturda L - real turli bo‘lgani uchun natija eksponensial ko‘rinishda chiqdi. Agar chiqarish operatorida L:7:2 formatidan foydalanilsa radiusi 9 birlik bo‘lgan aylananing uzunligi 56,54 birlikka tengligi ko‘rinadi.
    Bu dastur yordamida ixtiyoriy butun radiusli aylananing uzunligini hisoblash mumkin. Faqat har safar dasturdagi R ning qiymatini o‘zgartirib turish lozim. Dasturga har safar o‘zgartirish kiritmaslik uchun R ning qiymati kiritish operatori yordamida beriladi. Radiusning qiymati doim butun son bo‘lavermasligini inobatga olib, uni Real turdagi o‘zgaruvchi sifatida tavsiflanadi. Bularni hisobga olib quyidagicha dastur tuziladi:

    Dasturi

    Ekrandagi natija

    Program aylanauzunligi;
    Var R, L: Real;
    Begin
    Write(’Radiusni kiriting:‘);
    ReadLn(R);
    L:=2*pi*R;
    WriteLn(’L=‘,L:7:2,’ birlik.’);
    readLn;
    End.

    Radiusni kiriting: 9
    L= 56.54 birlik

    Bu dastur ishga tushirilgach, ekranga “Radiusni kiriting :” yozuvi chiqadi va yurgich (kursor) shu satrda qoladi. ReadLn operatori dastur bajarilishini to‘xtatib, R o‘zgaruvchiga qiymat berilishini kutadi. Klaviatura orqali radiusning sonli qiymati 9 ni kiritib ENTER klavishi bosilsa, R o‘zgaruvchining qiymati 9 ga teng deb olinib, dastur bajarilishda davom etadi. Natijada kompyuter ekranida izlangan natija hosil bo‘ladi. Dasturni qayta-qayta ishlatib, turli radiusli aylanalar uzunligini hisoblashni tashkil etish mumkin (O‘qituvchi dasturni ishini tugatmasdan R ning boshqa qiymati uchun ham natija olish mumkinligini, ekranni tozalab turish kerakligini o‘quvchilarga eslatib o‘tadi).


    2- misol. Tomonlari mos ravishda a, b, c bo‘lgan ixtiyoriy uchburchakning yuzini Geron formulasi orqali hisoblash dasturini tuzing va a=3, b=4, c=5 qiymatlarda hisoblang.

    Dasturi:


    I usul

    II usul

    Program Uchburchak_yuzi;
    Var a,b,c:Integer; {uchburchak tomonlari}
    yp,s:Real; {yp-yarim perimetr, s-yuza}
    Begin
    a:=3; b:=4; c:5;
    yp:=(a+b+c)/2;
    s:=sqrt(yp*(yp-a)*(yp-b)*(yp-c));
    WriteLn(‘S= ‘,s,‘kvadrat birlik‘);
    ReadLn;
    End.

    Program Uchburchak_yuzi;
    Var a,b,c:Integer; {uchburchaktomonlari} yp,s:Real; {yp-yarim perimetr, s-yuza}
    Begin
    Write(’a,b,c ning qiymatlari kiritilsin: );
    ReadLn(a,b,c);
    yp:(a+b+c)/2;
    s:=sqrt(yp*(yp-a)*(yp-b)*(yp-c));
    WriteLn(‘S=‘,s:2:2,‘ kvadrat birlik’);
    readin;
    End.

    S = 6.0000000000E+00 kvadrat birlik

    a,b,c ning qiymatlari kiritilsin 3 4 5
    S = 6.00 kvadrat birlik

    3- misol. Tomonlari R bo‘lgan teng tomonli uchburchak, kvadrat va radiusi R ga teng doiraning yuzini hisoblash dasturini tuzing va R= 4 da hisoblang.


    Dasturi

    Ekrandagi Natija

    Program Yuzalar_hisoblash;
    var r: Integer; sl,s2,s3:Real;
    begin
    Write(’R mng qiymatini kiriting :);
    ReadLn(r);
    s1:=sqr(r)*sqrt(3)/4;
    s2:=sqr(r);
    s3 :=pi*sqr(r);
    WriteLn(’Uchburchak yuzi = ‘,sl);
    WriteLn(‘Kvadrat yuzi =‘,s2);
    WriteLn(Doira yuzi = ,s3);
    readln;
    end.

    R mng qiymati kiritilsin 4
    Uchburchakyuzi = 6.9282032303E+00
    Kvadrat yuzi = 1. 6000000000E+0l
    Doirayuzi = 5.0265482457E+01

    Ushbu dasturni o‘zlashtirish operatori orqali bajaring deb o‘quvchilarga topshiriq beriladi.
    5-BOSQICH.
    O‘tilganlarni mustahkamlash uchun darslikning 65-betidagi 1-3 mashqlar o‘quvchilarga topshiriladi va ularning mavzuni o‘zlashtirganliklari nazorat qilinadi, tushinmovchiliklarga yordam beriladi. Darsning bu bosqichida fanning boshqa fanlardagi o‘rni o‘quvchilarga tushintiriladi va informatika faniga bo‘lgan qiziqishlari yanada o‘stiriladi.
    6-BOSQICH.
    Dars bo‘yicha unda erishilgan yutuqlar xulosalari chiqariladi, o‘quvchilar taqdirlanadi. Darsning eng faol dasturchisi, Yaxshi fikrlar sohibi, Darsning aqilli o‘quvchisi naminatsiyalari e’lon qilinib, ular taqdirlanadi.
    Uyga vazifa:
    Darslikni o‘zlashtirish;
    10 ta test tuzish;
    Fizika, matematika fanlaridan misollarga dastur tuzish (5 ta);


    Dars ishlanmasini yozishda MS Word matn muharriri imkoniyatlaridan foydalanildi, ko‘rgazmalar taxlashda PoverPoint dasturidan foydalanildi, mavzuga doir ma’lumotlar 9-sinf darsligi va Internetdagi www.edu.uz, www.uzedu.uz, www.eduportal.uz, www.gov.uz, www.MTRK.uz, www.edu.ru lar va boshqa saytlardan foydalanildi.

    Download 5,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 5,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOSQICH. Guruhlar o‘rni almashtiriladi va yuqoridagi tartibda uy ishi so‘raladi. (bunga jami 10 daqiqa ajratiladi) 3-BOSQICH

    Download 5,45 Mb.