|
Mavzu: Ishlab chiqarish va uni joylashtirishga ta`sir etuvchi omillar. Reja: Kirish
|
bet | 9/10 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #254080 |
Bog'liq Ishlab chiqarish va uni joylashtirishga ta`sir etuvchi omillar Kurs Ishi ..Suv va iqlim.
Aktam XAITOV, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
Suv - bizga hayot ulashadigan, sayyoramiz iqlimi va mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlaydigan oltinga teng ma’dandir. Mamlakatimizda aholi sonining o‘sishi, fermer, dehqon xo‘jaliklarining ko‘payishi, iqtisodiyot tarmoqlarining kengayishi tufayli suv isrofgarchiligini oldini olish, undan tejamli foydalanish dolzarb vazifaga aylandi. Tabiat tomonidan tiriklik olamiga tuhfa etilgan bebaho ne’mat hisoblangan suv zahiralari yildan-yilga kamayib bormoqda. Bir necha yildan buyon sahrolanish davom etayotganligi bois mamlakatimizda mavjud suv resurslaridan maksimal daraja foydalanishga majbur bo‘layapmiz.
Prezidentimizning joriy yil 5 yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aholining suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, suv tekin degan tushunchadan voz kechish, suvni tejaydigan texnologiyalarini o‘rnatgan holda suvdan tejamli va oqilona foydalanish borasida ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilinib, maxsus xizmatlar va tuman irrigatsiya bo‘limlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi. Barcha xarajatlari suv solig‘ining 40 foizi hisobiga moliyalashtiriladigan mazkur xizmatlar belgilangan limitlar asosida iste’molchilarga suv yetkazib berish, o‘z hududida suvning hisobi va hisobotini yuritishni raqamlashtirish, sug‘orish tarmoqlari va ulardan gidrotexnika inshoatlarini soz holatda saqlash, ta’mirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, iste’mol qilingan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish ishlari bilan shug‘ullanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish uchun foydalanadigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun suv solig‘i stavkasi 1 kub metr uchun 100 so‘m etib belgilandi. Bundan buyon har yili 1 aprelga qadar vegetatsiya davri uchun hamda 1 oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlari xalq deputatlari tuman kengashlari tomonidan taqdiqlanadi. Iste’mol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan va yuritishni istamagan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv solig‘i bazasi kengashlar tomonidan tasdiqlangan limitga nisbatan ikki baravar oshirilgan holda hisoblanadi.
Endilikda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish hamda baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda, suv o‘lchagichlardan samarali foydalangan yoki o‘z ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilganlar uchun suv solig‘i stavkasiga 0,7 ( 70 so‘m) va 0,5 (50 so‘m) kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi. Agarda iste’molchi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilmasa, suv o‘lchash uskunalari o‘rnatmasa unga nisbatan soliq stavkasi 1,5 (150 so‘m) va 2 (200 so‘m) barobar ko‘paytirilib hisoblanadi.
“Agrobank” ATB tomonidan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha shaffof onlayn kredit ajratish “Suvkredit.uz” elektron tizimi ishlab chiqilib, joriy yil 1 fevralga qadar to‘liq ishga tushiriladi. Mazkur tizim orqali suv tejovchi texnologiyalar pudratchilarini shaffof (bosimsiz) tanlash imkoni yaratiladi. Bunda barcha kredit rasmiylashtirish jarayonlari onlayn (smartfon yoki kompyuter orqali) amalga oshiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda yangi bog‘lar, uzumzorlar va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalar tashkil etishga suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilgandagina ruxsat beriladi.
O’tgan yili paxta va g‘allasi sug‘organi uchun ketgan elektr xarajatlaridan subsidiya ololmagan fermerlarga bu yil to‘lab beriladigan bo‘ldi. Suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatish uchun kreditlar 5 yil muddatga 14 foizda, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlari uchun esa 10 foizda ajratiladi.
Yana bir yangilik. Onlayn do‘konlarga o‘xshash reyting tizimi joriy etiladi. Fermer suv tejovchi tizim o‘rnatilgandan keyin pudratchiga baho qo‘yadi va barcha dala mehnatkashlari uchun ibrat vazifasini o‘taydi. Suv tejovchi texnologiyalar uchun subsidiyalar amalda 2 yilda 50 foizdan ajratilar edi. Endilikda 100 foiz shu yilning o‘zida ajratiladi va foiz xarajatlari kamroq chiqishi uchun asosan kreditni so‘ndirishga qaratiladi. Barcha maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun ishchi loyihalar talab qilinadi hamda pudratchilarga 2 yil kafolat va 5 yil servis xizmat ko‘rsatish talabi qo‘yiladi.
Sayyoramizda global isish, cho‘llanish davom etayotgan bugungi kunlarda mamlakatimizning har bir fuqarosi suvni tejash va isrof qilmaslik tamoyilini kundalik mezonimizga aylantirishi shart. Suv havzalariga yetkazilgan salbiy ta’sir natijasida butun ekologik tizim izdan chiqishiga Orol dengizi fojiasi yaqqol dalildir. Suvni har birimiz ko‘z qorachig‘idek asrashimiz, undan oqilona foydalanishimiz, yurtdoshlarimizda ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida keng ko‘lamda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borishimiz kerak. Chunki suv sayyoramizdagi iqlim barqarorligini belgilab beradigan bebaho ne’matdir.
Suv va iqlim sharoitlari ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi va samaradorligini belgilovchi muhim omillardir. Suv manbalari va iqlim sharoitlariga moslashgan ishlab chiqarish korxonalari yuqori samaradorlikka erishadi va ekologik barqarorlikni ta'minlaydi. Shu sababli, suv va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda joylashtirish strategiyalarini ishlab chiqish har bir ishlab chiqarish korxonasi uchun strategik ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston iqlimi — keskin kontinental iqlim. O‘zbekiston Respublikasi Yevrosiyo qitʼasining 37 va 45 °C shimoliy kenglik, 56 va 73 gradus sharqiy tekislikda joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasining maydoni 447.7 ming km² ni tashkil etadi va shundan 78.8% ini tekisliklar, 21.2% ini tog‘liklar va tog‘ oldi hududlarni oʻz ichiga oladi. Hududining deyarli 5/4 qismi yarimchoʻl va choʻlliklarni, qolgan qismi janubiy-sharqiy va sharqiy xududlarda baland togʻliklardan iborat. Oʻzbekistonda kontinental iqlimning paydo boʻlishida uning geografik oʻrni, quyosh radiatsiyasi hamda atmosfera sirkulatsiyasi taʼsir etadi. Asosan uzoq qurgʻoqchilik, issiq yoz, yomgʻirli bahor va noustivor qishni tashkil etadi. Mamlakat hududiga turli havo oqimlarining kirib kelishi uchun juda oson hudud hisoblanadi. Shimol, shimoliy-gʻarb va gʻarbiy tarafdan atlantika va arktika havo oqimlari kirib keladi. Respublikida iyul oyining oʻrtacha havo harorati shimolda 26 °C dan janubga 30 °C gacha oʻzgaradi. Yanvar oyining o‘rtacha havo harorati shimolda −8 °C gacha, janubda esa 0 °C gacha yetadi. Eng past havo harorati −38 °C ni tashkil (Ustyurt tekisliklarida) etadi.
Mamlakatning shimoliy qismiga yozda (22-iyun hisobida) quyoshning 71-72° burchakda nur sochishi maʼlum boʻlsa, janubida ushbu hisob 76° ga teng. Shu bilan birga shimolda quyosh yil davomida 2500-2800 soat nur sochsa, mamlakat janub tomoni esa 3000-3100 soat quyosh nuri ostida boʻladi.
Qishda Respublika hududiga shimoli sharqdan va shimoldan kirib kelgan havo oqimlari huduning janubiy qismlarigacha yetib boradi. Shu sababdan ham havo ochiq boʻladi ammo havo harorati tushib, sovish kuzatiladi.
Yozda Oʻzbekiston hududining asosan tekislik qismi meyoridan oshiq isib ketishi natijasida termik oʻchoq paydo boʻladi. Soʻng, havo juda isib, mahalliy kontinental Тuron tropik havosi vujudga keltiradi. Ushbu past bosimni toʻldirish uchun shimoli gʻarbdan va gʻarbdan salqin havo massasi kirib keladi. Ammo havo qiziganligi sababli bu havo oqimlari yogʻin havoni olib kelmaydi. Bu havo oqimi mamlakat togʻli hududlarida nisbatan havo salqin boʻlganligi sbabli yomgʻir va qor yogʻishiga olib keladi.
Haroratning taqsimlanishi bevosita yillik oʻrtacha harorat bilan oʻlchanadi. Ushbu daraja Toshkentda +11,9 °C, Nukusda +10,8 °C, Termizda esa +17,0 °C ni tashkil etadi .
Mamlakat hududida yoz asosan quruq va issiq boʻlib, uning past tekislik qismida iyulda oʻrtacha harorat +26 +30 °C ga yetsa, janubda esa +31 +32 °C ga yetadi. Eng baland havo harorati Toshkentda +44 °C, Termizda +50 °C gacha qiziydi. Qumlar sirti +75 +80 °C gacha isiydi. Qish oylaridagi oʻrtacha harorat Respublika hududida shimoli gʻarbdan (Ustyurtda –10 –11°C) janubi sharqqa tomon (Toshkentda +0,9 °C, Samarqandda +0,3 °C, Termizda +2,8 °C) ilishi kuzatiladi. Baʼzida Arktika va Sibir havo oqimlarining kelishi va muqum qolishi oqibatida qishda havo soviydi, kuzatilgan eng past harorat Surxondaryoda –20°C, Toshkentda –30°C, Ustyurtda –38°C gacha soviydi
2015-yilda mamlakatning koʻp joylarida o‘rtacha yillik havo harorati odatdagidan 0.8-2.2 °C ga oshgan.Shuningdek, togʻlarga, umuman olganda yuqoriga koʻtarilgan sari havo harorati pasayib boraveradi.
Xulosa
Xomashyo manbalarining mavjudligi va sifati ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini belgilaydi. Xomashyo manbalariga yaqin joylashgan korxonalar transport xarajatlarini kamaytiradi va ishlab chiqarish jarayonlarini soddalashtiradi.
Xomashyo ta'minotidagi uzilishlar ishlab chiqarishning barqarorligiga ta'sir qiladi, shuning uchun resurslarni boshqarish va tejash muhim ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarish iqtisodiy o'sishning asosiy dvigateli bo'lib, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Yangi ish o'rinlari yaratish va texnologik rivojlanishga hissa qo'shadi.
Mahalliy va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish orqali eksport salohiyatini kuchaytiradi.
Suv ishlab chiqarish jarayonlarida muhim resurs bo'lib, energetika, qishloq xo'jaligi, kimyo va oziq-ovqat sanoatida keng qo'llaniladi. Suv manbalariga yaqin joylashgan korxonalar suv ta'minotida ustunlikka ega.
Suvni boshqarish, tejash va qayta ishlash texnologiyalari korxonalar uchun muhimdir, chunki suv resurslari cheklangan va ekologik standartlarga rioya qilish zarur.
Iqlim sharoitlari ishlab chiqarish jarayonlariga energiya sarfi, hosildorlik, transport va logistika kabi jihatlarda ta'sir qiladi. Qulay iqlim sharoitlariga ega hududlar ishlab chiqarish korxonalari uchun afzal ko'riladi.
Iqlim o'zgarishi va ekologik talablar korxonalarni ekologik jihatdan barqaror texnologiyalarni qo'llashga undaydi.
Energiya manbalarining mavjudligi va narxi ishlab chiqarish xarajatlariga sezilarli ta'sir qiladi. Energetika resurslariga yaqin joylashish energetik samaradorlikni oshiradi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ekologik barqarorlikka erishish mumkin.
Ishlab chiqarish va uni joylashtirishga ta'sir etuvchi omillarni chuqur tahlil qilish korxonalar uchun strategik qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Xomashyo, suv, iqlim, energetika resurslari, transport va logistika, hamda bozor yaqinligi kabi omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Shuningdek, ekologik barqarorlikni ta'minlash va resurslardan samarali foydalanish orqali uzoq muddatli rivojlanishga erishish mumkin. Shu sababli, ishlab chiqarish va uning joylashtirilishiga ta'sir etuvchi omillarni tahlil qilish va optimal strategiyalar ishlab chiqish har bir ishlab chiqarish korxonasi va davlat iqtisodiy siyosati uchun katta ahamiyatga ega.
|
| |