• 1. Uyurmali elektr maydon. Siljish toki.
  • - MAVZU: ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLAR




    Download 8,06 Mb.
    bet131/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    -
    MAVZU: ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLAR
    REJA:
    1.Uyurmali elektr maydon.
    2.Siljish toki.
    3.Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossalari
    4.Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi.
    TAYANCH IBORALAR:elektromagnit maydon, uyurmali maydon, siljish toki,elektromagnitto‘lqin,elektromagnit to‘lqinlar shkalasi.
    Elektromagnit induksiya hodisasini chuqur tahlil qilgan ingliz fizigiJ. Maksvell elektr va magnit maydonlar o‘zaro bir-birlariga bog‘liqdegan xulosaga keldi. Ularning birortasining o‘zgarishi ikkinchisini vujudga keltiradi. Ular yagona elektromagnit maydonning elektr yoki magnit maydonlar ko‘rinishida na-moyon bo‘lishidir. Elektromagnit maydon materiyaning maxsus ko‘rinishi bo‘lib, u bizning ongimizdan tashqarida mavjud. Elektromagnit to‘lqinlar esa o‘zgaruvchan elektromagnit maydonning fazoda tarqalishidir.
    1. Uyurmali elektr maydon. Siljish toki. O‘zgaruvchan magnit maydonda turgan harakatsiz o‘tkazgichda induksiya EYuK ning vujudga kelishi haqida yuqorida fikr yuritilgan edi. Lekin elektr toki vujudga kelishi uchun zaryad tashuvchilarni harakatga keltiruvchi tashqi kuchlar mavjud bo‘lmog‘i kerak. Unda mazkur holda elektronlarni qanday kuchlar harakatga keltiradi, degan savol tug‘iladi.
    Tabiiyki, bu kuch issikdik jarayonlariga ham, kimyoviy jarayonlarga ham bog‘liq emas. U Lorens kuchi ham emas. Chunki u harakatsiz zaryadga ta’sir etmaydi. Maksvell magnit maydonning har qanday o‘zgarishi elektr maydonni vujudga keltiradi va aynan ana shu elektr maydon qarakatsiz o‘tkazgich ichidagi elektronlarni xarakatga keltirib, zanjirda induksion EYuK ning paydo bo‘lishiga sa-bab bo‘ladi, degan gipotezani olg‘a surdi.
    Demak, elektr zaryadi hosil qilgan elektr maydondan farqli o‘laroq, magnit maydonning o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan elektr maydonning kuch chiziklari yopiqchiziqxarakteriga ega, ya’ni uyurmali maydondir.
    Maksvell elektromagnit induksiya hodisasini taxdil qilib, induksiya EYuK ning vujudga kelishiga sabab — uyurmali elektr maydonning vujudga kelishidadir, o‘tkazgich esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi va bu maydonni qayd qiluvchi asbobgina bo‘lib xizmat qiladi, degan fikrga keldi.
    Shuning uchun ham, elektromagnit induksiya hodisasining aso-siy ahamiyati elektr tokini vujudga keltirishida emas, balki uyur-mali elektr maydonning vujudga kelishini tasdiqlaganligidadir.Demak, magnit maydonning har qanday o‘zgarishi uyurmali elektrmaydonni vujudga keltiradi.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - MAVZU: ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLAR

    Download 8,06 Mb.