Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




Download 8,06 Mb.
bet134/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

2. Birinchi radiopriyomnik. Uzoq masofalarga signal uzatishda elektromagnit to‘lqinlardan foydalanish g‘oyasi A.S. Popov (1859 — 1906) tomonidan 1889 yilda birinchi bo‘lib aytilgan. Uningo‘zi 1895 yildabirinchi radiopriyomni-gini yasadi va namoyish qildi.
P opov o‘z radiopriyomnigida elektromagnit to‘lqinlarni sezuvchi detal sifatida kogerrer-dan foydalandi. Kogerrer, qayd etuvchi apparat elektr qo‘ng‘iroqni energ‘iya bilan ta’min-lovchi manbani boshqarish uchun ishlatilgan. Birinchi radiopriyom-nikning sxemasi 203-rasmda ko‘rsatilgan. L/antenna orqali qabul qilingan elektromagnit tebranishlar AV kogerrerga keladi. Bu as-bob ikkita elektrodli shisha naychadan iborat. Naycha ichiga metall qirindi solingan bo‘lib, uning ish prinsipi elektr zaryadlari-ning‘ metall kukuniga ko‘rsatadigan ta’siriga asoslangan. Kukun-ning qarshiligi juda katta bo‘lib, odatdagi sharoitda undan tok o‘tmaydi, chunki metall qirindilar bir-birlarigayopishibturmay-di. Lekin kogerrerga elektromagnitto‘lqinlar kelganda, qirindi-lar go‘yoki bir-birlarining orqalaridan «ulashib» qoladi va qar-shilik kamayib, ular orqali tok o‘tadi.
«Kogerrer» so‘zining o‘zi lotincha «kogirinsio» so‘zidan olingan bo‘lib, «ulashish» degan ma’noni anglatadi. (Popovningtajribalarida qarshilik 100 000 Om dan 1000 — 500 Om gacha (ya’ni 100 — 200 marta) kamaygan. Kogerrer sil-kitilsa, uning qarshiligi yana tik-lanadi va undan yana tok o‘tmaydi. Demak, elektromagnit to‘lqinlar kogerrerning qarshiligini o‘zgar-tirib, uni elektr tokini o‘tkaza-digan qiladi. Natijada yakorni tor-tuvchi rele chulg‘amidan tok oqib, kontakt S yopiladi. Yakor rele kon-taktini yopib, tokning qo‘ng‘iroq chulg‘amidan oqishiga imkon beradi. Qo‘ng‘iroq o‘z yakorchasini tortadi va bolg‘acha urilib, tovush eshitiladi. Shu paytning o‘zida qo‘ng‘iroq kon-takti D zanjirni uzadi va qo‘ng‘iroq orqali tok oqishi to‘xtaydi. Qo‘ng‘iroq yakori kogerrerga urilib, uning qarshiligini oshiradi va dastlabki holatiga qaytadi. Priyomnik elektromagnit to‘lqin-larni yana qabul qilishga tayyor bo‘ladi. 1895 yil 7 mayda A.Popov o‘z ixtirosini namoyish qildi va shu kun radioning tug‘ilgan kuni bo‘lib qoldi.

Download 8,06 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197




Download 8,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

Download 8,06 Mb.