• TAYANCH IBORALAR
  • Ochiq tebranish konturi.
  • - MAVZU: Ochiq tebranish konturi. Radioaloqa haqida tushuncha




    Download 8,06 Mb.
    bet133/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    -
    MAVZU: Ochiq tebranish konturi. Radioaloqa haqida tushuncha
    REJA:

    1. Ochiq tebranish konturi . Gers vibratori.

    2. Birinchi radiopriyomnikinng kashf etilishi.

    3. Modulyatsiya va detektorlash.

    TAYANCH IBORALAR:Ochiq tebranish konturi , Gers vibratori, radiopriyomnik, Modulyatsiya, detektorlash, kogerer, antenna.
    1. Tebranish konturi. Umuman olganda, o‘zgaruvchan elektr toki oqayotgan istalgan tebranish konturi yoki o‘tkazgich elektromagnit to‘lqinlar manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin, chunki elektromagnit to‘lqinlarni uyg‘otish uchun elektromagnit maydonni vujudga keltirish kifoya. Lekin nurlanish sezilarli bo‘lishi uchun esa elektromagnit maydon hosil qilinadigan hajmni orttirish taqozo qilinadi. Shuning uchun ham 185-rasmda ko‘rsatilgangao‘xshash yopiq tebranish konturlari elektromagnit to‘lqinlarni hosil qilish uchun yaroqsizdir. Chunki bunday konturda elektr maydon kondensator qoplamlari orasida, magnit maydon esa induktiv g‘altak ichida mujassamlashgan bo‘ladi.
    Ochiq tebranish konturi. Demak, elektromagnit maydonning fa-zoda tarqalishiga imkon yaratish uchun maydon qosil bo‘ladigan fa-zoni orttirishimiz kerak. Bunga qanday erishish mumkin. Buning yagona yo‘li — kondensator qoplamalari orasidagi masofani orggirishdir. Nemis fizigi G. Gers aynan shunday yo‘l tutdi. U g‘altak-dagi o‘ramlar sonini va kondensator plastinkalari yuzasini ka-maytirdi va kondensator qoplamlarini bir-biridan uzokdashti-rib (201- a va b-rasmlar), uchqun hosil qiluvchi bo‘shliq bilan ajra-tilgan ikkita tayoqchadan iborat sistema holiga keltirdi. Natijada yopiqtebranish konturidan ochiqtebranish konturini (Gers vibra-torini) hosil qildi (201- vrasm). Ochiqtebranish konturida elek-tromagnit maydon konturni o‘rab turgan bo‘shlikda mujassamlashgan bo‘ladi va shuning uchun xam elektromagnit nurlanishning inten-sivligi keskin ortadi. Bunday sistemada tebranish, kondensator qoplamalariga ulangan EYuK manbai hisobidan quvvatlab turiladi. Uchqunli bo‘shliqesa kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar farqini dastlab zaryadlangan potensiallar farqigacha orttirish uchun ishlatiladi.
    L va S ning kamayishi bilan tebranish chastotasi ortadi. Bu vibratorda endi o‘zgaruvchi elektr maydon kondensator ichida mujassamlashgan bo‘lmay, balki vibrator-ni tashqi tomondan o‘rab turadi. Natijada elektromagnit nurlanish-ning intensivligi keskin ortadi. Gers 1-ochiqvibratortarqatadi-gan elektromagnit to‘lqinlarni shu to‘lqinlar chastotasiga moslangan 2-vibrator (rezonator) yordamida qayd etdi (202-rasm).
    Elektromagnit to‘lqinlar 2- vibratorga yetganda unda elektro-magnit tebranishlar vujudga keladi va uchqunli oralikda uchqun chaqnashi ro‘y beradi. Elektromagnitto‘lqinlarning qayd qilini-shi va chaqnash ro‘y berishi elektromagnit to‘lqinlar energiya tashi-shini ko‘rsatadi. Gers vibrator va rezonatordan foydalanib, elekt-romagnit to‘lqinlar boshqa to‘lqinlarga xos bo‘lgan xususiyatlarga ham ega ekanligini ko‘rsatdi.
    Gers vibratori yordamida 0,6 dan 10 m gacha to‘lqin uzunlikli yassi to‘lqinlar hosil qilindi va elektromagnit to‘lqinlar ko‘nda-lang to‘lqinlar ekanligi ko‘rsatildi. Gers turg‘un elektromagnit to‘lqinlarni hosil qildi va ular yordamida elektromagnitto‘lqin-larning tezligini aniqpab, uning yorug‘lik tezligi bilan mos ke-lishini ko‘rsatdi.


    Download 8,06 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - MAVZU: Ochiq tebranish konturi. Radioaloqa haqida tushuncha

    Download 8,06 Mb.