|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 135/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniKeyingi izlanishlar. Radiopriyomnikning sezgirligini oshi-rish uchun A.S. Popov kogerrerdan chiqqan simlardan birini yerga, ikkinchisini esa baland ko‘tarilgan o‘tkazgich bo‘lagiga uladi. Shun-day qilib, dunyoda birinchi qabul qilish antennasi yaratildi. Ko-gerrerning bitta simini yerga ulash esa Yerning o‘tkazuvchi sirtini ochiqtebranish konturining bir qismiga aylantirib, qabul qilish masofasini oshirdi.
Birinchi radioaloqa atigi 250 m masofada o‘rnatilgan edi. Po-pov o‘z kashfiyotini takomillashtirib, tez orada bu masofani 600 m ga yetkazdi. 1899 yilda esa aloqa o‘rnatilgan masofa 20 km gacha uzaytirildi. 1901 yilda esa radioaloqa masofasi 150 km ga yetka-zildi. Hozirgi zamon radiopriyomniklarining ish prinsipi xam Popov radiopriyomnigidan farq qilmaydi. Zamonaviy radiopri-yomniklar ham kuchsiz elektromagnittebranishlarni antennalari or-qali qabul kilishadi. Bu signallar zanjirlarni ta’minlovchi ener-giya manbalarini boshqaradi, xolos. Hozirgi paytda bunday boshqa-ruv elektron lampalar va tranzistorlar yordamida amalga oshiriladi. Radioaloqa haqida tushuncha. Radioaloqaning ish prinsipi qu-yidagicha. Uzatuvchi antennada yuzaga keltirilgan yuqori chastotali o‘zgaruvchan tok atrofidagi fazoda o‘zgaruvchan elektromagnit may-don vujudga keltiriladi. Bu maydon esa elektromagnit to‘lqin tar-zida tarqaladi. To‘lqin qabul qiluvchi antennaga yetganidan so‘ng, unda uzatuvchi stansiya chastotasiga teng chastotali o‘zgaruvchan tok hrsil qilinadi.
1913 yilda so‘nmas elektromagnit tebranishlar generatorining kashf qilinishi radioaloqaning rivojlanishiga katga turtki bo‘ldi. Bu generator yuqori sifatli radioaloqa — nutq va muzikani elek-tromagnit to‘lqinlar yordamida uzatish imkoniyatini yaratdi.
Radiotelefon aloqa. Radiotelefon aloqa ham shunga o‘xshash prin-sipda ishlaydi. Tovush to‘lqinlarining bosimi natijasida mikro-fon membranasi tebranma harakatga keladi va tovush tebranishlari shaklidagi elektr tebranishlari vujudga keladi. Ammo bu to‘lqin-larni uzoq masofaga uzatishning iloji yo‘q. Chunki tovush chastota-sidagi tsbranishlar juda kuchsiz tebranishlar bo‘lib, bunday chastotadagi elektromagnittebranishlartarqalmaydi. Shuning uchun ham ular tarqatishdan oldin modulyatsiyalanadi.
|
| |