|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 143/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniYorugiikning korpuskular tabiati. Yorugiikning tabiati haqidagi fikrlar doimo olimlarning diqqat markazida bo'lgan. Kundalik hayotimiz uchun shu qadar muhim ahamiyatga ega yorugiikning nimaligini bilish barcha uchun qiziqarli hisoblangan. Xo'sh, yorug'lik o'zi nima? Bu savolga birinchi boiib aniq javob bergan kishi I„Nyuton hisoblanadi. U, yorug'lik — nurlanayotgan jism chiqaradigan vafazoda tog'ri chiziq boyiab tarqaladigan korpusku-lalar (zarrachalar) oqimidan iborat, degan g'oyani ilgari surgan. Bu g'oya asosida yorugiikning to'g'ri chiziq bo'yicha tarqalish, sinish va qaytish qonunlari tushuntirib berilgan.
Ammo yorug'lik interferensiyasi va difraksiyasini korpuskular nazariya asosida tushuntirishning mutlaqo iloji bo`lmagan. Va aynan shuning uchun ham yorugiikning to'lqin nazariyasi haqidagi fikrlar paydo bo'lgan.
Yorugiikning toiqin tabiati. Bu tasavvurga binoan, yorug'lik suvning yoki boshqa suyuqliklarning sirtida kuzatiladigan toiqinlarga o'xshash to'lqinlardan iborat. Ammo u yorugiikning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi to'g'risidagi qonunni tushuntira olmagan.
Shuning uchun ham uzoq vaqtlargacha yorug'likning korpusku-lar nazariyasi yorug'likning toiqin nazariyasiga nisbatan ustun bo'lib kelgan.
1818- yilga kelib fransuz fizigi O. Frenel yorug'Iikni to'lqinlar oqimi sifatida tasavvur qilib, uning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishini tushuntirib beradi. Shundan so'ng yorug'likning to'lqin nazariyasi o'z hukmronligini o'rnatdi. Xo'sh, yorug'lik o'zi nima? Biz bu savolga hali to'la javob bermadik va keyingi mavzularda yana unga qaytamiz.
Endi yorug'lik to'lqinlarining tabiatiga batafsilroq to'xtalamiz.
Yorug'likning elektromagnit tabiati. Bizga ma'lumki, Maksvell g'oyasiga muvofiq yorug'lik muhitda
tezlik bilan tarqaladigan elektromagnit to'lqinlardan iboratdir. Bu yerda c — yorug'likning bo'shliqdagi tezligi, e — muhitning dielek-trik singdiruvchanligi, p - muhitning magnit kirituvchanligi.
Yorug'likda E va B vektorlar o'zaro perpendikular va ular yorug'likning tarqalish yo'nalishiga ham perpendikular yo'nal-gan (I qism, 192- rasm). Ular bir paytda o'zlarining maksimal va minimal qiymatlariga erishadi va garmonik qonunlarga muvofiq o'zgaradi. Yorug'likning to'lqin uzunligi deb, u bir davrda o 'tadigan masofaga aytiladi, ya'ni
Yorug'likning to'lqin uzunligi chastotasi bilan quyidagicha bog'langan: λ=cT (1.2)
Shunday qilib, elektromagnit to'lqinlar shkalasiga muvofiq, yorug'lik to`lqin uzunligi 0,4 μm dan 0,76 μmgacha bo'lgan elektromagnit to'lqinlardan iborat
|
| |