|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 146/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniP roeksion apparat. 1-rasmda proeksion apparatning tuzilish sxemasi ko’rsatilgan. Proeksion opparatda buyum(rasmda u tog’ri chiziq shaklida berilgan) 0 nuqta ob’ektivning ikkilangan fokus masofasi bilan fokus masofasi o’rtasida qo’yiladi. Shu sababli ekranda uning kattalashtirilgan haqiqiy, ammo teskari tasviri hosil bo’ladi. Agar buyum shaffof bo’lsa, uning orqasiga S yorug’lik manbai qo’yiladi. Aniq tasvir uchun ekranni bir tekis yoritish va yorug’lik oqimini kuchaytirish kerak bo’ladi. Su maqsadda orqaga ketgan nurlarni qaytarib undan foydalanish uchun manbai orqassiga ko’zgu —reflektor qo’yiladi. Bu yorig’lik oqimini oshirishga imkon beradi. Shuningdek, manba va buyum o’rtasiga K linzalar sistemasi —kondensor qo’yiladi. Kondensor o’rni shundany tanlanadiki, u yorug’lik manbai tasvirini ob’ektivda hosil qiladi. Bu bilan buyum tasviri aniq va bir tekis yoritilashga erishiladi. Proeksion apparat yordamida ekranda buyumning kattalashgan tasviri olinadi.
Fotoapparat. Buyum tasvirini biror plyonkaga tushirish va uni saqlab qolish uchun ishlatiladigan optik asbob fotoapparatdir. Fotoapparat asosan, ikki tizmda iborat deyish mumkin. Birinchi qism buyum tasvirini xosil qiluvchi ob'ektivdan iborat. OD, ob'ektiv bir necha linzalar sistemasidan iborat bo’ladi. Ikkinchi qism orqa devoriga yoruglikka ta'sirchan plyonka yoki plastinka joylashtiriladigan qorong’i kameradan iborat 2- rasmda fotoapparatning sodda sxemasi keltirilgan.
Tasviri olinmoqchi bo’lgan buyum, odatda ob'ektivning ikki fokus masofasidan uzoqda joyyaashganligi sababli uning tasviri haqiqiy, ammo kichiklashgan va teskari bo’ladi. AB buyumdan fotoapparat ob'ektivgacha bo’lgan masofa OB va ob'ektivdan tasvir (fotoplyonka) gacha bo’lgan masofa OB’ orqali tasvirning kichiklashish qiymatini quyidagicha aniqlanadi:
(1)
Lupa. Lupa-kichik fokusda ikki yoqlama qavariq linzadir. Lupadagi linzaning fokus masofasi, odatda, 1sm dan 10 sm gacha bo’ladi.
Eng yaxshi ko’rish masofasida(normal ko’z uchun eng aniq ko’rish masofasi 25sm ga teng) biror chiziqli o’lchamdagi buyum ko’z bilan qaraganda biror α burchak ostida ko’rinadi (3-rasm). optik asbobsiz ko’rinish burchagi α , eng aniq ko’rish masofasida d0 va buyumning chiziqli o’lchami l orasida quyidagi bog’lanish mavjud:
(2)
Chiziqli o’lchami kichik, ko’rinishi qiyin bo’lgan jism bilan ko’z orasiga lupa qo’yib ko’rish burchagi kattalashtiriladi. Bunda ko’rish osonlashadi va jismning chiziqli o’lchami katta bo’lib ko’rinadi. Lupa yordamida buyum α` burchak ostida ko’rinadi (4-rasm). Bu holda ko’rinish burchagi:
(3)
l`
K
3-rasm
4-rasm
l
Lupaning kattalashtirishi quyidagicha aniqlanadi:
(4)
bu yerda d0- jismni aniq ko’rish masofasi, F-linzaning fokus masofasi
Ko’z. Ko’z odamning ko’rish organi bo’lib, ko’p jihatdan juda takomillashgan optik sistemadan iborat. Odam ko’zining shakli shar shakliga yaqin bo’ladi. Ko’zning diametri 2,5 sm chamasida bo’ladi. Agar buyum ko’zga juda yaqin tursa, unga qarayorgan ko’z tez toliqadi. 20 sm dan qisqaroq masofada normal ko’z narsani umuman yaxshi ko’rmaydi.
Ko’z uncha toliqmay buyumlarni aniq ko’radigan eng qisqa masofa eng yaxshi ko’rish masofasi (d0) deyiladi. Ko’rishi normal bo’lgan odamar uchun d0=25 sm deb qabul qilingan.
Kuzatishlar ba’zi odamlarda eng yaxshi ko’rish masofasi 25 sm dan kamroq ekanligini ko’rsatadi. Bunday odamlarni yaqindan ko’radigan odamlar deyiladi. Ko’zdagi kamchilikni bartaraf etish uchun bunday odamlarga sochuvchi linzali ko’zoynaklar taqish tavsiya etiladi. Ba’zi odamlarda eng yaxshji ko’rish masofasi 25 sm dan kattaroq bo’ladi. Ularni uzoqdan ko’radigan odamlar deyiladi. Bu odamlarning ko’zidagi nuqsonini bartaraf etish uchun bunday odamlarga yig’uvchi linzali ko’zoynaklar taqish tavsiya etiladi.
|
| |