|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 149/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniTayanch tushunchalar:Difraksion panjara, monoxramatik yorug’lik,yorug’lik difraksi, yorug’lik interferentsiyasi,elektromagnit to’lqin.
Yorug’likning tabiati haqida birinchi ilmiy gipoteza XVII asrda aytilgan.
1672 yilda I. Nyuton yorug’likning korpuskulyar (lotincha korpuskula —zarracha demakdir) nazariyasiga asos soldi. Bu nazariyaga ko’ra yorug’lik manbadan har tarafga tarqaluvchi zarrachalar oqimidan iborat. Shu davrda X. Gyugens tomonidan yorug’likning to’lqin nazariyasi ishlab chiqildi. X. Gyugensning tasavvurlariga ko’ra, yorug’lik alohida muhitda tarqaluvchi va barcha jismlar ichiga singuvchi to’lqindan iboratdir.
Ikkala nazariya ham alohida-alohida uzoq vaqt mavjud bo’lib keldi va yorug’lik tarqalishining o’sha vaqtda tajribalardan ma’lum bo’lgan qonunlarini ikkala nazariya ham ma’lum darajada izohlab berar edi.
XIX asrning boshida yorug’likning difraktsiyasi(yorug’likning to’siqlarni aylanib o’tishi) va yorug’lik interferensiyasi (yorug’lik dastalari bir birini ustiga tushganda yoritilganlikning kuchayuvi yoki zayiflashuvi) hodisalarining kashf etilishi va bu hodisalar faqat to’lqin harakatlari natijasida yuzaga kelishi mumkinligi sababli, yorug’likning to’lqin nazariyasi, yorug’lik to’g’risidagi korpuskulyar nazariya ustidan uzul- kesil g’alaba qildi. Bunday ishonch XIX asrning ikkinchi yarmida Maksvelning yorug’lik elektomagnit to’lqinlarning hususiy holi ekanligi to’g’risidagi gipotezadan keyin yuzaga keldi.
Yorug’lik nuri to’lqin uzunligi 400 nm dan 780 nm gacha bo’lgan elektomagnit tebranishlarning fazodagi tarqalishidir.
Maksvel nazarriyasiga asosan elektromagnit to’lqinlar chekli tezlik bilan tarqaladi. Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi to’lqin tarqalayotgan muhitning elektr va magnit hossalari bilan aniqlanadi:
(1)
Bu yerda va elektr va magnit doimiylari, va muhitning dielektrik va magnit sindiruvchanliklari.
Agar elektromagnit to’lqin vakuumda tarqalayotgan bo’lsa, unda va bo’ladi. U holda elektromagnit to’qinning vakuumdagi tezligi ekanligi kelib chiqadi.
Demak, elektromagnit to’lqinning vakumdagi tarqalish tezligi yorug’likning vakumdagi tarqalish tezligi c=3·108 m/s ga teng. U holda (1) ifodani quyidagi ko’rinishda yozamiz :
(2)
(2) ifodani “Yorug’likning sinish qonuni” mavzudagi (4) ifoda bilan taqqoslasak — kattalik son jihatdan muhitning absolyut sindirish ko’rsatgichiga teng, yani
n= .
Absolyut sindirish ko’rsatgichi n gateng bo’lgan muhitda tarqalayotgan elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi
(3)
ga teng ekanligi kelib chiqadi. Barcha elektromagnit to’lqinlar vakuumda bir hil c tezlik bilan tarqaladi (c=3·108m/s). Har bir elektromagnit tebranishning chasototasi to’lqin uzunligi mos keladi. Bir chastotaga mos keluvchi to’lqin monoxromatik (bir xil rangli) to’lqin deyiladi. Agar monoxromatik to’lqin biror moddaga tushsa, unda ikkilamchi to’lqinlarni hosil qiladi. Hosil bo’lgan elektormagnit to’lqinlar chastotasi tushayotgan to’lqin chastotasi bilan bir xil bo’ladi. Biroq yangi to’lqinning tezligi, fazasi va amplitudasi o’zgaradi. Elektromagnit to’lqin biror muhitga tushganda uning chastotasi o’zgarmaydi, demak, rangi saqlanadi. Shuningdek, elektomagnit to’lqin birinchi muhitdan ikkinchi muhitga o’tkanda uning tezligi va to’lqin uzunligi n=n2/n1marta o’zgaradi (bu erda n1 va n2, birinchi va ikkinchi muhitlarning absolyut sindirish ko’rsatgichi).
|
| |