|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 150/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniYorug’lik interferensiyasi Yorug’lik to’lqin tabiatini tasdiqlovchi tajribalardan biri yorug’lik interferentsiyasidir. Yorug’lik interferentsiyasini tushuntirish uchun kogerent yorug’lik manbalari tushunchasini kiritish lozim. Kogerent yorug’lik manbalari deb bir xil chastotali va fazalar farqi o’zgarmas bo’lgan tebranishlarni yuzaga keltiruvchi to’lqin manbaiga aytiladi. Odatda, bitta yorug’lik manbaidan chiqayotgan to’lqinni biror usul bilan ikki kogerent to’lqinga ajratiladi.
Yorug’lik interferentsiyasini kuzatish uchun kogerent manbalardan foydalanish lozim. Odatda, kogerent manbalar: Frenel biprizmasi, Yung usuli, yupqa plastinkada, ponada, Nyuton halqalarida va boshqa ko’pgina usullar yordamida hosil qilinadi. Yo-rug’lik interferentsiyasini kuzatishning ikkinchi asosiy sharti – kogerent to’lqinlar uchrashishidan oldin yo’llar farqini hosil qilishi kerak, ya'ni ikki kogerent to’lqin o’tgan optik yo’llar farqi butun yoki yarim to’lqin uzunligiga teng bo’lishi kerak. Yuqorida qayd qilingan ikki shart bajarilganda yorug’lik interferentsiyasi kuzatiladi. Yoruglik interferentsiyasi deb, ikki kogerent to’lqinning fazoda qo’shilib ular energiyasi (intiv-sivligi)ning qayta taqsimlanishiga, ya'ni o’zaro kuchayishiga yoki susayishiga aytiladi.
M1vaM2 manbalardan chiqayotgan kogerent to’lqinlar A nuqtada uchrashayotgan bo’lsin (1-rasm). M1 manbadan chiqayotgan to’lqin A nuqtaga yetguncha l1 yo’lni, M2 manbadan chiqayotgan to’lqin A nuqtaga yetguncha l2 yo’lni bosib o’tadi. Bunda yo’llar farqi Δ x = l2 - l1 ga teng bo’ladi. Agar optik yo’llar farqi yorug’lik to’lqinining yarim uzunligiga juft karrali bo’lgan holda, yani
(m = 0;1;2;…)(1)
s hart bajarilgan sohalarida yorug’lik intinsivligining maksimumi kuzatiladi. (1) ifoda interferensiyon manzaraning maksimumlik sharti deb ataladi. Agar optik yo’llar farqi yorug’lik to’lqinining yarim uzunligiga toq karrali bo’lgan holida, yani:
, (m = 0;1;2;…) (2)
shart bajarilgan sohalarida yorug’lik intensivlgining minimumi kuzatiladi. (2) ifoda interferensiyon manzaraning minimumlik sharti deb ataladi.
Ikki monoxromatik to’lqin uchrashganida ularning fazalar garqi ular bosib o’tgan optic yo’llar farqi x orqali qo’yidagicha ifodalanadi:
(3)
|
| |