|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 147/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniMavzuga doir savollar:
I. Optika nimani o'rganadi?
2.Optika qanday bo'limlarga bo'linadi?
3. Gecometrik optika nimani o rganadi?
4. Fizik optika nimanl o` rganadi?
5. FiIziologik optika nimani o` rganadi?
6. Optika so`zining lug`aviy ma`nosi nimani anglatadi?
7. Yomgiikning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni qachon kashf qilingan?
8. Pifagor jismlarning ko'rinishi haqida qanday fikrlar aytgan?
9. Yorug'likning qaytish qonuni qachon kashf qilingan?
10. Ko'zoynak qachon kashf qilingan?
11. Mikroskop va teleskoplar-chi?
12. Yorug'likning tabiati haqidagi I.Nyuton nazariyasini aytib bering.
13. Bu g'oya asosida qanday qonunlar tushuntirilgan?
14.Yorug'likning elektromagnit to'lqinlardan iborat ekanligi haqidagi xulosa 15.Optik asboblarning qanday turlari mavjud?
16.Lupa qanday asbob? Unda nurlar yo’lini chizib ko’rsating.
17.Qanday kishilarga ko’zoynak taqish ehtiyoji bo’ladi?
MAVZU: TO`GNOG`ICHLAR YORDAMIDA SHISHA PLASTINKANING NUR SINDIRISH KO`RSATKICHINI ANIQLASH Laboratoriya ishi №15
Ishning maqsadi: 1.Yorug`likning sinish va qaytish qonunini o`rganish.
2. Shisha plastinkaning sindirish ko`rsatkichini aniqlashni o`rganish.
Asbob va jihozlar: Yorug`lik to`lqinlari va optik asboblar. Shishaning sindirish ko`rsatkichini aniqlash uchun kerakli asbob va materiallar, qirralari parallel bo`lgan shisha plastinka, taxtacha, bir varaq katak qog`oz yoki millimetrli qog`oz, knopkalar, transportir, uch yoki to`rtta to`g`nog`ich, qalam, chizg`ich.
Ishning nazariy asosi:
Shisha optik, tеxnik va oddiy turlarga bo`linadi. Shuning uchun shishaning yorug`lik nurini o`tkazish xususiyati turlicha. Nurni eng yaxshi o`tkazadigan va ortiqcha qo`shimchalardan tozalangan shishadan optik asboblar yasaladi. Shunday asboblarga linzalar, lupa, ko`zoynak shishasi misol bo`la oladi.
Linzalar ko`zoynak, lupa, durbin (binokl), ko`rish trubasi, tеlеskop va mikroskopda kеng qo`llaniladi.
Shisha plastinka ichida nur sinib, o`z yo`nalishini, ko`zga juda aniq ko`rinmasada, o`zgartiradi. Dеmak, nur shisha plastinkadan o`tish jarayonida sinib o`tadi
Ma'lumki, nurning tushish burchagi sinusining o`tgan nur sinus burchagiga nisbati bilan ifodalanadigan kattalikni muhitning sindirish ko`rsatkichi dеyiladi va quyidagicha yoziladi:
(1)
bunda α - tushgan nurning tushish va - singan nurning sinish burchaklari. Faraz qilaylik d qalinlikdagi shisha plastinkaning B nuqtasiga nur biror burchak ostida tushayotgan bo`lsin. Shu shisha plastinka sirtidagi B nuqtaga va nurning sinib shisha plastinkadan chiqqan A nuqtasiga normal (vertical tik chiziq) o`tkazamiz. Shunda tushgan va singan nurlar bilan normal o`rtasida burchaklar hosil bo`ladi. Ikki muhit chegarasida yorug`likni tushish burchagi bilan sinish burchagi har qanday o`zgarganda ham tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati shu ikkala muhit uchun o`zgarmas kattalik bo`lib ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan nisbiy sindirish ko`rsatkichi deyiladi.
(1)
α - bunda tushish burchagi, - sinish burchagi, n - ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko`rsatkichini bildiradi.
Muhitda joylashgan yassi parallel plastinkaga tushayotgan va undan o`tayotgan yorug`lik nuri rasmda ko`rsatilgan.
|
| |