|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 155/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matni2. Nurlanish spektri. Har qanday qizdirilgan modda o'zidan elektromagnit to'lqinlar chiqaradi. Bu to'lqinlar majmuasi nurlanish spektri deyiladi. Moddalarning holatiga va nurlanish mexanizmiga qarab nurlanish spektrlari ham turlicha boiadi.
Agar qizdirilgan qattiq jismdan chiqayotgan yorug'lik prizma orqali o'tkazilsa, ekranda yaxlit uzluksiz nurlanish spektri hosil bo'ladi.
Agar gaz yoki bug' yorug'lik manbayi bo'lib xizmat qilsa, spektrning manzarasi keskin o'zgaradi. Qorong'i sohalar bilan ajratilgan yorqin chiziqlar majmuasi kuzatiladi. Bunday spektrlar chiziqli spektrlar deyiladi. Natriy, vodorod va geliyning spektrlari chiziqli spektrlarga misol bo'la oladi. Nurlanayotgan gazlar spektrlarinmg ko'rinishi gazning kimyoviy tabiatiga bog'liq boiadi. Har bir gaz yoki bug' o'zigagina xos bo'lgan spektrlarga ega. Shuning uchun nurlanayotgan gazning spektriga qarab, uning kimyoviy tarkibini aniqlash mumkin.
Agar nurlanish manbayi bo'lib moddaning molekulasi xizmat qilsa, yo'1-yo'l spektr kuzatiladi.
Yutilish spektrlari. Yuqorida ko'rilgan nurlanish spektrlaridan tashqari yutilish spektrlari ham mavjud. Ular quyidagicha hosil qilinadi. Oq yorug'likni tekshirilayotgan modda orqali o'tkazib, spektrni aniqlaydigan asbobga yo'naltiriladi. Bunda yaxlit spektrda ma'lum tartibda joylashgan qora chiziqlar ko'rinadi. Bu chiziq-larning soni va joylashuvi tekshirilayotgan moddaning tarkibi to'g'risida mulohaza yuritishga imkon beradi. Misol uchun, oq yorug'likning yo'lida natriy bug'lari turgan bo'lsa, u holda nurlanish spektrida sariq chiziq turgan joyda, yutilish spektrida qora yo'l hosil boiadi (34- a va 34-/rasmlarni solishtiring). Ushbu hodisa Kirxgof tomonidan quyidagicha tushuntirildiiylfow o'zidan qanday yorug'lik to'lqini nurlasa, shunday yorug'lik to'lqinini yutadi.J
3. Spektral tahlil haqida tushuncha. Nurlanish va yutilish spektrlarini o'rganish moddalarning tarkibini aniqlashga imkon berishi haqida bayon qilindi. Shuningdek, spektral chiziqlarning yorqinligi mazkur elementning birikmadagi miqdorini aniqlashga imkon beradi. Nurlanish va yutilish spektrlariga muvofiq moddaning kimyoviy tarkibini o 'rganish usuli spektral tahlil deyiladi.
Misol uchun spektrda sariq chiziq bo'ladigan bo'lsa, bu o'rganilayotgan modda tarkibida natriy borligini ko'rsatadi. Agar spektrda oldin ma'lum bo'lmagan chiziq ko'rinsa, bu yangi element kashf qilinganligining isbotidir. Spektral tahlil juda sezgir usul bo'lib, uning yordamida elementning 10-10 g miqdorini ham aniqlash mumkin. Kimyoviy usullar bilan bunday kam miqdordagi moddani qayd qilishning mutlaqo iloji yo'q.
|
| |