• TAYANCH IBORALAR
  • - MAVZU : Yorug`lik dispersiyasi va qutublanishi




    Download 8,06 Mb.
    bet154/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    -
    MAVZU : Yorug`lik dispersiyasi va qutublanishi
    REJA:

    1. Yorug`lik dispersiyasi.

    2. Nurlanish va yutilkish spektrlari.

    3. Spektral tahlil, spektroskop va uning tadbiqi.

    4. Yorug`likning qutblanishi.

    TAYANCH IBORALAR: dispersiya, dispersiyaning ahamiyati, nurlanish spektri, yutilish spektrlari, spektral tahlil, spektral asboblar, spektrograf, spektrometr, tabiiy yorug'lik, qutblangan yorug'lik, qisman qutblangan yorug'lik, chiziqli qutblangan, qutblanish tekisligi.


    1. Dispersiya so'zi lotincha dispersio sochilish so'zidan olingan. Yorugiik dispersiyasini birinchi bo'lib kuzatgan kishi ingliz fizigi I.Nyuton hisoblanadi. U oq yorug'lik dastasini shisha prizma orqali o'tkazib, ekranda turli ranglar ketma-ketligidan tashkil topgan spektrni kuzatdi. I.Nyuton oq yorug'lik yetti xil -qizil, pushti, sariq, yashil, havorang, ko'k va binafsharanglardan iboratligini aniqladi. Prizmadan o'tgan oq yorug'likning turli ranglarga ajralib ketishi dispersiyaning natijasidir.
    Dispersiya deb, muhitsindirish ko'rsatkichiningyorug'lik to'lqin uzunligiga (chastotasiga) bog'liqligiga aytiladi.
    Shunday qilib, dispersiya hodisasi yorug'likning to'lqin tabiati asosida tushuntirish mumkin boigan hodisalardan biri bo'lib, unda to'lqin uzunligi muhim rol o'ynaydi.
    Yorug'lik dispersiyasining tabiati.Vakuumda istalgan to'lqin uzunlikli elektromagnit toiqinlarning tarqalish tezligi bir xil (c = 3 • 108 m/s), moddalarda esa to'lqin uzunligiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham oq yorug'lik tarkibiga kiradigan turli ranglarga mos keluvchi to'lqinlar uchun muhitning sindirish ko'rsatkichi ham farq qiladi. Natijada prizmadan o'tish paytida turli ranglar turlicha sindirish ko'rsatkichiga uchraydi, turlicha sinadi va bir-biridan ajralib chiqadi.
    Shuni ta'kidlash lozimki, dispersiya hodisasi nafaqat prizmada, balki juda ko'p boshqa hollarda ham kuzatiladi. Masalan, quyosh nurlarining atmosferada hosil bo'ladigan suv tomchilarida sinishi lining rangli nurlarga ajralishiga, ya'ni kamalakning hosil bo'lishiga olib keladi.
    N ormal dispersiyada to'lqin uzunligi ortishi bilan muhitning sindirish ko'rsatkichi kamayadi. Shuning uchun ham spektrning yuqorisida eng katta to'lqin uzunlikli qizil, pastida esa eng kichik to'lqin uzunlikli binafsha ranglar joylashadi. Boshqa ranglar ham shu tartibda, to'lqin uzunliklarning kamayib borishiga muvofiq joylashgan.
    Dispersiyaning ahamiyati.Dispersiya hodisasining kashf qilinishi yorug'likning tabiati, umuman olganda, nurlanish yordamida moddalarning tuzilishi to'g'risida muhim ma'lumotlar olishga imkon berdi.
    Bundan tashqari, ranglar to'g'risida olingan ma'lumotlar bezash ishlarida, kerakli ranglarni tanlashda muhim rol o'ynaydi. Boshqacha aytganda, kerakli bo'yoqni turli ranglarni qancha hissada qo'shib hosil qilishni aniqlash mumkin.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - MAVZU : Yorug`lik dispersiyasi va qutublanishi

    Download 8,06 Mb.