Qurilmaning tuzilishi va ishlashi




Download 8,06 Mb.
bet162/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Yorug‘lik nurining to‘lqin uzunligini difraksion panjara yordamida aniqlash tajribasini quyidagicha tashkil qilamiz. Ishda yorug‘lik manbayi sifatida labaratoriya lazeridan foydalanamiz. Lazer manbayining oldiga difraksion panjarani tutib turuvchi maхsus moslama taglikka o‘rnatiladi(1-rasm). Lazer o‘rnatilgan taglikni shunday gorizontal holatda (stol ustiga) qo‘yish kerakki, undan chiqayotgan nur ekranga tik tushsin. Laboratoriya lazeri tok tarmog‘iga ulanadi. Lazer manbayi ishga tushirilgach ekranda hosil bo‘lgan maksimumlarning joylashishiga ko‘ra o‘lchash ishlari olib boriladi. 1-chizmada difraksion panjaradan o‘tayotgan nurlarning yo‘llari tasvirlangan.



1-Laboratoriya lazeri
2-Difraksion panjara
3-Ekran

Kuzatilayotgan birinchi interferension maksimumga ko‘ra o‘lchash ishlari quyidagicha amalga oshiriladi. Masalan, k=1 hol uchun, nurning yo‘l uzunligi SO=L va OA=h (k=2 da OB=h deb olinadi) o‘lchov chizg‘ichi yordamida o‘lchab olinadi. Kichik burchaklarda sin tg ekanligini e’tiborga olib, quyidagi tenglikni yozamiz: (2)




1-chizma asosida yig‘ilgan qurilmaning umumiy ko‘rinishi 1-rasmda ko‘rsatilgan.




1-rasm



Ishni bajarish tartibi:


  1. Lazer manbayi elektr tarmog‘iga ulanadi. Lazer nurining ekranga tik tushayotganligi tekshiriladi.

  2. Lazer manbayi oldidagi moslamaga difraksion panjara joylashtiriladi.

  3. Ma’lum tartibdagi interferension maksimumni tanlab, h va L uzunliklari o‘lchov lentasi bilan o‘lchanadi va ular yozib olinadi.

  4. (2) tenglik yordamida lazer nurining to‘lqin uzunligi hisoblanadi.

  5. Tajriba turli tartibdagi interferension maksimumlar va ekran bilan difraksion panjara orasidagi masofaning turli qiymatlari uchun takrorlanadi.

  6. Tajriba natijalari asosida quyidagi jadval to‘ldiriladi.








Interferension maksimumning tartibi, k

Difraksion panjaradan ekrangacha bo‘lgan masofa
L, m

Nolinchi maksimumdan k tartibli maksimumgacha bo‘lgan masofa
h, m

Difraksion panjara doimiysi
d, m

Yorug‘lik nurining to‘lqin uzunigi
, m

o‘rtacha, m

, m

o‘rtacha, m

Nisbiy xatolik, %

1


























































































Download 8,06 Mb.
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   197




Download 8,06 Mb.