• Tayanch tushunchalar
  • - Mavzu:FOTOMETRIYA ELEMENTLARI




    Download 8,06 Mb.
    bet160/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    -
    Mavzu:FOTOMETRIYA ELEMENTLARI
    REJA:
    1.Yorug’lik manbalari
    2.Yorug`lik oqimi.
    3.Yorug`lik kuchi.
    4.Yoritilganlik. Yoritilganlik qonuni.
    5.Yorug’likning qaytish va sinish qonunlari.To’la qaytish
    Tayanch tushunchalar: yorug'lik oqimi , lumen, yorug'lik kuchi, k a n d e 1 a, Lumen, yoritilganlik, luks.
    Yorug'lik xarakteristikalari. Shuni ta'kidlash lozimki, yorug'­likning qabul qiluvchilarga, xususan, ko'zga ta'siri, bir tomondan, yorug'lik energiyasiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, yorug'lik­ning to'lqin uzunligiga bog'liq bo'ladi. Ko'z yashil nurlarni eng yaxshi sezadi. Shuning uchun nafaqat qabul qiluvchi qayd etadigan yorug'lik energiyasi miqdorini, balki uning ko'zga ta'sirini xarakter-lovchi kattalikni ham bilish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda yorug'lik oqimi tushunchasidan foydalaniladi. Binobarin, yorug'lik oqimi va demak, barcha yorug'lik xarakteristikalari ko'zda sezgi uyg'otuvchi elektromagnit nurlarga taalluqli kattaliklardir.
    1.Фyorug'lik oqimi - vaqt birligida istalgan yuza orqali o'tadigan nurlanish energiyasi. 3- rasmda Q fazoviy burchak qarshisidagi S yuza orqali nuqtaviy manba chiqarayotgan yorug'lik oqimi ko'rsatilgan. Agar barcha yo'nalishlardagi yorug'lik oqimlari qo'shib chiqilsa, manbaning to'la yorug'lik oqimi hosil bo'ladi. Yorug'lik oqimining SI dagi birligi — lumen.
    2.Iyorug'lik kuchi yorug'lik manbayidan fazoviy burchak bo'ylab tarqalayotgan yorug'lik oqimining shu fazoviy burchakka nisbati bilan aniqlanadi:


    (3.1)

    Yorug'lik kuchining SI dagi birligi — k a n d e 1 a (cd) (lotincha candela — sham so'zidan olingan) asosiy yorug'lik birligi hisoblanadi. 1 cd — 540-1012 Hz chastotali monoxromatik nurlanish chiqaradigan


    manbaning energetik kuchi W/sr bo'lgan yo'nalishdagi
    yorug'lik kuchi.
    Agar to`la fazoviy burchak sr ga tengligini nazarda tutsak,
    (3.2)
    ni hosil qilamiz.
    Agar (3.1) dan yorug'lik oqimini aniqlasak,
    (3.3)
    ni olamiz.
    T opilgan ifoda yordamida yorug'lik oqimining SI dagi birligi lumenni (lm) aniqlash mumkin. 3-rasm.


    Lumen — 1 sr burchak bo 'ylab 1 cd yorug'lik kuchiga teng nurlanish chiqaradigan nuqtaviy manbaning yorug'lik oqimi.
    3. E yoritilganlik S yuzali sirtga tushayotgan Фyorug'lik oqimining shu yuzaga nisbati bilan aniqlanadi:
    (3.4)
    Yoritilganlikning birligi — luks (lx).
    Luks — 1 lm yorug'lik oqimining 1 m2yuzada tekis taqsimlan-ganda hosil qiladigan yoritilganligi.
    Yoritilganlik ham yorug'lik manbayining kuchiga, ham yorug'lik manbayi bilan yoritilayotgan sirt orasidagi masofaga bog'liq bo'ladi. Aytaylik, R radiusli sfera markazida yorug'lik kuchi / bo'lgan nuqtaviy manba joylashgan bo'lsin. Agar bu holda barcha nurlar sferaning ichki radiusiga tik tushishini va sferaning sirti S= 4nR2 bo'lishini e'tiborga olsak, unda (3.2) ifodadan foydalanib yoritil­ganlik uchun quyidagi ifodani topish mumkin:
    (3.5)
    Demak, yorug'lik tushayotgan sirtdagi yoritilganlik yorug'lik kuchiga to'g'ri, yorug'lik manbayidan yoritilayotgan sirtgacha bo'l­gan masofaning kvadratiga esa teskari proporsional bo'lar ekan.
    Mehnat unumdorligini orttirish va ko'zning ko'rish qobiliyatini saqlab qolish maqsadida ish joylarining yoritilganligi uchun turli mezonlar belgilangan. Quyida ularning ba'zilarini keltiramiz.
    1 - jadval

    Faoliyat turi

    Yoritilganlik (luks)

    O'qish uchun

    30-50

    Nozik ishlar uchun

    100-200

    Rasmga olishda

    10 000 va undan ortiq

    Kino ekranida

    20-80

    Havo bulut bo'lganda

    1 000 va undan ortiq

    Bulutsiz kunda tush vaqtida

    100 000

    Oy to'lgan tunda

    0,2







    Download 8,06 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   197




    Download 8,06 Mb.