|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 157/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniQutblangan yorug'lik.Yorug'lik vektori tebranish yo'nalishining tekis taqsimoti biror usul bilan o'zgartirilgan yorug'lik qutblangan yorug'lik deyiladi.
A ytaylik, qandaydir tashqi ta'sir natijasida E vektor tebranishining biror yo'nalishi boshqa yo'nalishlarga nisbatan ustunroq bo'lsin. U holda bunday yorug'lik qisman qutblangan yorug'lik deyiladi (2- brasm)..E vektorining tebranishi faqat bitta yo'nalishda ro'y beradigan yorug'lik yassi qutblangan (chiziqli qutblangan) yorug'lik deyiladi (2- d rasm).
Yassi qutblangan yorug'lik E vektorining tebranish va to'lqin tarqalish yo'nalishlari yotuvchi tekislik qutblanish tekisligi deyiladi.
Qutblanishdan foydalanish. Qutblanish hodisasi xalq xo'jaligida juda keng qo'llaniladi. Bularga mexanik yuklanish natijasida vujudga keladigan elastik kuchlanish joylarini aniqlash, tovushni yozish va eshittirish kabi tez o'tadigan jarayonlarni o'rganish misol bo'ladi.
Tajribalarning ko'rsatishicha, ba'zi kristallar va organik moddalarning eritmalaridan qutblangan yorug'lik o'tganida qutblanish tekisligining burilishi kuzatiladi. Qutblanish tekisligini burovchi moddalar optik faol moddalar deyiladi. Bunday moddalarga kvars, shakarning suvdagi eritmasi va boshqalar misol bo'ladi. Aynan shu hodisadan optik faol moddalar eritmasining konsentratsiyasini aniqlashda keng foydalaniladi.
Nazorat uchun savollar
1. Dispersiya so'zi qanday ma'noni bildiradi?
2. Dispersiya hodisasini birinchi bo'lib kim kuzatgan?
3. Nyutonning tajribasini izohlab bering.
4. Dispersiya deb nimaga aytiladi?
5. Dispersiya hodisasi qanday ro'y beradi?
6. Kamalak qanday vujudga keladi?
7. Yorug'likning to'lqin uzunligi ortishi bilan muhitning sindirish ko'rsatkichi qanday o'zgaradi?
8. Nima uchun dispersiya spektrining yuqorisida qizil, pastida esa binafsharang joylashadi?
9. Nurlanish spektri deb nimaga aytiladi?
10. Nurlanish spektrining qanday turlarini bilasiz?
11. Chiziqli spektr deb qanday spektrga aytiladi?
12. Nurlanish spektri gazning tabiatiga bog'liqmi?
13. Yutilish spektrlari qanday hosil bo'ladi?
14. Yutilish spektrining ko'rinishi qanday bo'ladi?
|
| |