|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 144/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniYorug'likning tezligi. I. Kepler va R. Dekart kabi olimlar yorug'likning tezligini cheksiz katta deb hisoblashgan va natijada klassik mexanikada yorug'likning tezligi cheksiz katta deb qabul qilingan. Xo'sh, amalda yorug'likning tezligi nimaga teng? Bu tezlikni oichash yo'lidagi birinchi urinishlar G.Galiley tomonidan amalga oshirilgan. Garchi bu tajriba aniq natijalarni ko'rsatmagan boisada, yorug'likning tezligi chekli ekanligi haqidagi fikrning mustahkamlanishiga olib kelgan. Yorug'lik tezligining hozir qabul qilingan qiymatiga yaqin natijani aniqlash birinchi bo'lib daniyalik astronom K. Ryomerga nasib etgan.
Yorug'lik tezligini aniqlashning Ryomer usuli. 1675- yilda Yupiter yoidoshining tutilishini kuzatayotgan K. Ryomer, yorug'lik tezligining chekli ekanligiga aniq ishonch hosil qilgan. Ryomer foydalangan holat 1-rasmda ko'rsatilgan. Yupiterdan Quyoshgacha bo'lgan masofa Yerdan Quyoshgacha boigan masofadan qariyb 5 marta katta. Ryomer Yer va Yupiter bir-birlariga eng yaqin joylashganida (Yer1 va Yu1 holat) Yupiter yoidoshining (Y,) tutilishini kuzatgan. Shuningdek, Y1 yoidosh-ning tutilishini Yer va Yupiter bir-birlaridan eng uzoq masofada joylashganida ham (Yer2 va Yu2 holat) kuzatgan. Bu tutilish ma'lum vaqtga kechikib ro'y bergan. Bunga sabab, yorug'lik tezligining chekli va Ikkinchi holatda Yer orbitasining diametriga idi)' bo'lgan qo'shimcha masofani o'tishidadir. Ikkinchi holatda
Yupiter yo'ldoshi tutilishining kechikish vaqti t ni aniqlagan K. Ryomer Yer orbitasining diametri (D) yordamida yorug'Iikning tezligini
ifoda yordamida hisoblagan.
O'sha davrda Yer orbitasi diametrining kattaligi uncha aniq hisoblanmaganligi, vaqtni o'lchashda ham ma'lum xatoliklarga yo'l qo'yilganligi sababli ham K. Ryomer yorug'lik tezligining aniq qiymatini topolmagan. Yorug'lik tezligini katta aniqlikda hisoblash 1849- yilda fransuz fizigi I. Fizoga nasib etgan. I. Fizo yorug'likning bo'shliqdagi tezligi uchun 300 000 km/s ga yaqin qiymatni topgan. Keyinchalik Fizo foydalangan usul amerikalik fizik A. Maykelson (1852—1931) tomonidan takomillashtirilgan.
|
| |