• Yoruglik tezligining qiymati.
  • Optik asboblar.
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet145/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    A.Maykelson tajribasi. 2- rasmda Maykelson tajribasining sxemasi keltirilgan. Maykelson o'z tajribalarini, oralaridagi l masofa katta aniqlikda o'lchangan ikkita tog' cho'qqisi (Antonio va Vilson) yordamida o'tkazgan. Cho'qqilardan birida o'rnatilgan S manbadan chiqqan yorug'lik T tirqishdan o'tib, sakkiz qirrali A prizmaga tushadi. Prizmaning qirrasidan qaytgan yorug'lik ikkinchi cho'qqida o'rnatilgan B botiq ko'zguga yo'naladi. Undan qaytgan yorug'lik m ko'zgudan qaytib yana botiq linzaga tushadi va yana bir karra qaytib, sakkiz qirrali prizma A ning ikkinchi qirrasiga tushadi. Prizmadan qaytgan yorug'lik ko'rish trubasi C yordamida kuzatil-gan. A prizma shunday tezlik bilan harakatlantirilganki, u 1/8 qismga aylanganda yorug'lik 2lmasofani o'tgan. Faqat shu

    holdagina ko'rish trubasida T tirqish uzluksiz ravishda ko'rinib turadi. Maykelson ham o'z tajribasida yorug'lik tezligi uchun 300 000 km/s ga yaqin qiymatni topgan. Bundan tashqari, Maykel­son yorug'likning nafaqat vakuumdagi, balki boshqa muhitlardagi tezliklarini ham aniqlagan. U o'z tajribalari natijasidan quyidagi xulosalarni chiqargan: birinchidan, yorugiikning bo'shliqdagi tezligi uning boshqa muhitlardagi tezliklaridan katta; ikkinchidan, yorug'likning tezligi manbaning tezligiga bog'liq emas.


    Yorug'lik tezligining qiymati. Shunday qilib, yorug'likning tezligi nimaga teng? Tabiatda yorug'likning vakuumdagi tezligidan kattaroq tezlik mavjud emas. U c= (299792,5 ± 0,4)km/s ga teng. Shunday qilib, elektromagnit to'lqinlar vakuumda c≈ 300 000 km/s≈108 m/s tezlik bilan tarqalar ekan.


    Optik asboblar. Optik asboblarni ikki turga ajratish mumkin. Birnchi turdagi asboblardan buyum tasvirini ekrandda ko’rish yoki uni fotoolastinkaga tushirish kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday asboblar asboblarga proeksiyon apparat, fotoaparat kiradi.
    Ikkinchi tur asboblar bevosita inson ko’ziga yordamchi bo’lib, ular buyum tasvirini yaqinroq, aniqroq, kattalashtirib ko’rsatishda hizmat qiladi. Bu asboblar lupa, mikroskop, teleskoplardan iborat.
    Quyidagi optik asboblardan ba’zilarining tuzilishi va vazifasi bilan qisqacha tanishamiz.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.