|
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
| bet | 138/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniQurilmaning tuzilishi va ishlashi
E ng sodda detektorli radiopriyomnik yig‘ish sxemasi 1-chizmada keltirilgan. Eng sodda detektorli radiopriyomnik tebranish konturi (g‘altak va o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator), diod, uyali telefon mikrofoni, shuningdek sig‘imi 1000 pF bo‘lgan <<KCO>> turidagi o‘zgarmas sig‘imli kondensator. Qabul qilish antennasi uzunligi 10 m atrofida bo‘lgan yo‘g‘on simdan yasaladi. Tebranish konturiga qo‘yiladigan g‘altaklarning biri uzunligi 200 – 500 m diapazondagi o‘rta to‘lqinlarni uyg‘otadi, ikkinchi g‘altak esa uzunligi 750 – 2000 m bo‘lgan diapazondagi uzun to‘lqinlarni qabul qiladi. O‘zgaruvchan sig‘imli kоndеnsatоrning sig‘imi 17 dan 500 pF gacha o‘zgaradi. Detektor sifatida Д 1Ж yoki Д 2Б turidagi diod olinadi.
1-chizma
2-chizma
Radiopriyomnikdan chiqayotgan tovushning baland bo‘lishi, ya’ni boshqalar ham eshitishi uchun unga Laboratoriya kuchaytirgichi LK-01 ulanadi (2-chizma). Buning uchun priyomnikning karnayga chiqish qismi kuchaytirgichning kirish qismiga va kuchaytirgichning chiqish qismi esa karnayga ulanadi.
Ikkinchi chizma asosida yig`ilgan qurilmaning umumiuy ko`rinishi 1-rasmda keltirilgan:
1-rasm
Ishni bajarish tartibi:
-
1-chizmada ko‘rsatilgan sxemaga muvofiq detektorli priyomnik yig‘iladi.
-
Kontur g‘altakning bir uchi antennaga va ikkinchi uchi yerga ulanadi.
-
G‘altakka parallel ravishda uzun to‘lqinlarni qabul qiladigan g‘altak ulanadi.
-
Radiopriyomnikni uzun to‘lqin tarqatadigan radiostansiyani qabul qilishga sozlanadi. (Izoh:buning uchun o‘zgaruvchan sig‘imli kondensatorning dastasi asta-sekin buraladi).
-
Butun uzun to‘lqinlar diapazonidagi signallarni tinglab bo‘lgach, o‘rta
to‘lqinlarni qabul qilishga mo‘ljallangan g‘altak ulanadi va o‘rta to‘lqinlar diapazonidagi signallar eshitiladi.
-
Laboratoriya kuchaytirgichi 2-chizmaga ko‘ra radiopriyomnikka ulanadi.
-
Laboratoriya kuchaytirgichini tok tarmog‘iga ulab TARMOQ kaliti
ULASH holatiga qo‘yiladi.
-
Radio karnaydan chiqayotgan tovushlar eshitiladi, so‘ngra laboratoriya
kuchaytirgichi tok tarmog‘idan uziladi.
|
| |