|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 132/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniSiljish toki. Agar magnit maydonning har qanday o‘zgarishi uyurmali elektr maydonni vujudga keltirsa, unda teskarisi, ya’nielektr maydonning o‘zgarishi uyurmali magnit maydonni vujudga keltirmaydimi, degan savol tug‘iladi.
M aksvell bu savolga shunday javob beradi: elektr maydonning har qanday o‘zgarishi atrofda uyurmali mag‘nit maydonni vujudga keltirishi kerak. O‘zgarayotgan elektr maydon va u vujudga keltiradigan magnit maydon o‘rtasida miqdoriy munosabatni o‘rnatish uchun Maksvell siljish toki tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko‘ra magnit maydon mavjud bo‘lar ekan, uni vujudga keltiradigan tok ham mavjud bo‘lmog‘i darkor. Shuni ta’kidlash lozimki, siljish toki elektr toki ega bo‘ladigan faqat bittagina xususiyatga, ya’ni magnit maydon hosil qila olish xususiyatigagina egadir. U elektr toki ega bo‘lgan boshqa birorta ham xususiyatga ega emas.
2. Elektromagnit to‘lqinlarning xossalari. Elektromagnit to‘lqinlar ko‘ndalang to‘lqinlar ekanligini ta’kidlab o‘tdik. Ular vakuumda,
yorug‘likning vakuumdagi tezligiga teng s = 3 • 10 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Elektromagnitto‘lqinlarningtezligi, to‘lqin uzunligi muhitningxususiyatlarigabog‘liq. Elektromagnitto‘lqinning chastotasi esa barcha muhitlar uchun bir xil kattalikdir. Shuning-dek, yorug‘lik to‘lqinlari kabi to‘sikdan qaytadi, muhitlar chegara-sida sinadi, interferensiyaga kirishadi va hokazolar.
Boshqacha aytganda, elektromagnit to‘lqinlarning barcha xossalari yorug‘likning xossalariga o‘xshab ketadi. Demak, bundan shunday xulosaga kelish mumkin: yorug‘lik nuri elektromagnit to‘lqinlardan iboratdir. Keyingi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, faqat yorug‘lik nuri emas, balki infraqizil, ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlari ham elektromagnit tabiatga egadir.
Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi. Demak elektromagnit to‘lqin-lar juda keng diapazonda bo‘lib, bir-biridan hosil qilinish usul-lari, qayd qilinish usullari, chastotalari va ba’zi xossalari bilan farq qiladi. Turli elektromagnit to‘lqinlarning chegaralari ancha shartli bo‘lib, ular vakuumda bir xil tezlik bilan tarqaladi.
|
| |