• Nomustaqil osmalarda
  • Mustaqil va nomustaqil osmalarning tuzilishi




    Download 0,54 Mb.
    bet130/160
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #240565
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160
    Bog'liq
    Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish

    Mustaqil va nomustaqil osmalarning tuzilishi.
    Yo’naltiruvchi qismining turiga qarab osmalar mustaqil va nomustaqil turlariga bo’linadi.
    Mustaqil osmalarda chap va o’ng g’ildiraklar bir-biri bilan bog’lanmagan bo’lib, chap (yoki o’ng) g’ildirakga yo’l notekisligidan ta’sir etgan turtki o’ng (yoki chap) g’ildirakga uzatilmaydi. Bunga zamonaviy avtomobillar VAZ, GAZ, ZIL, Tiko, Neksiyalarning old osmalari misol bo’laoladi.
    Nomustaqil osmalarda esa chap va o’ng g’ildiraklar bir-biri bilan bog’langan bo’lib chap (yoki o’ng) g’ildirakga yo’l notekisligidan ta’sir etgan turtkilar o’ng (yoki chap) g’ildirakga uzatiladi. Yengil avtomobillardan VAZ, GAZ, ZIL, Tiko, Damas, Neksiya avtomobillarining ketingi osmalari, yuk avtomobili va avtobuslarning oldingi va ketingi osmalari misol bo’llaoladi.
    G’ildiraklarning yo’lga nisbatan harakatlanishi uning kinematikasini belgilaydi. Osma kinematikasi uning kuzov (rama)ining avtomobilning bo’ylama o’qiga nisbatan tebranishini ta’minlaydi va transport vositasining yurish ravonligi, boshqariluvchanligi, turg’unligi kabi ekspluatatsion xususiyatlariga faol ta’sir etadi.
    Kinematikasiga ko’ra mustaqil va nomustaqil osmalar g’ildirak avtomobilning bo’ylama o’qiga perpendikulyar, burchak ostida, parallel tekislikda tebranadigan turlariga bo’linadi. G’ildirak avtomobilning bo’ylama o’qiga parallel tebranadigan turiga ZAZ-968 avtomobilining old osmasi, yengil avtomobillarning shtanga-prujinali osmalari; burchak ostida tebranadiganiga yengil avtomobillarning old osmalari, parallel tebranadiganiga ressorali osmalar misol bo’laoladi.
    Osmalarning elastik qismi yo’l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni kamaytirib avtomobilning yurish ravonligini yaxshilaydi. Elastik qismning prujina, ressora, torsion, pnevmoballon va h.k. turlari mavjud (18.2-rasm).

    18.2-rasm. Osma elastik qismlarining turlari


    a) – ressora; b) – torsion; v) – pnevmoballon.
    1-asosiy list; 2-markaziy bolt; 3- xomut (qisgich); 4-maxsus qistirma;
    5-bolt; 6-siquvchi halqa; 7-ajratuvchi halqa; 8-elastik qobiq
    Prujinalar yumaloq ko’ndalang kesimli po’lat simdan silindrik va bochkasimon qilib yasalishi mumkin. U faqat tik yo’nalishdagi kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan, shuning uchun ham u yo’naltiruvchi qism bilan mahkamlanadi.

    Torsionlar ham elastik qismning turi bo’lib, u metall sterjendan iborat (18.2-rasm, b). Sterjen bir butun yoki birlashtirilgan har xil ko’ndalang kesimli burilishga ishlovchi plastinalardan iborat. Torsionning bir uchi kuzovga, ikkinchisi osma richaglariga mahkamlanadi. Natijada g’ildirak va kuzovning elastik bog’lanishi torsionning buralishidan hosil bo’ladi.


    Ressoralar osmaning elastik qismi sifatida eng ko’p tarqalgan (18.2-rasm, a). U har xil uzunlikka va egrilikka ega listlarning yig’masidan iborat. Har xil egrilikka ega listlarning bo’lishi, ressora yig’ilganda listlarning bir-biriga jips yaqinlashishiga va asosiy listning kamroq yuklanishiga olib keladi. Hamma listlar markaziy bolt 2 bilan mahkamlanadi, undan tashqari xomutlar 3 ham ushlab turadi. Zanglamasligi uchun va listlar orasidagi ishqalanishni kamaytirish maqsadida grafit suriladi, yengil avtomobillarda esa listlar o’rtasiga nometall qistirmalar 4 qo’yiladi. Ressora asosiy listining 1 uchlari ramaga sharnirli mahkamlanadi, natijada harakat davrida uning uzunligi o’zgarish imkoniyatiga ega. Og’ir yuk ko’taradigan avtomobillarda ressoraga qo’shimcha ressora osti ressorasi ham mahkamlanadi. Uning o’rnatilish sababi, ressora bikrligini yuk o’zgarishiga mos o’zgartirish, natijada avtomobilning yurish ravonligini yaxshilashdir. Ressora mustaqil emas osmalarda ishlatiladi va bir vaqtda elastik ham yo’naltiruvchi qismlar vazifasini bajargani uning afzalligi hisoblanadi. Hozirgi zamon yuk avtomobillari va avtobus osmalarida siqilgan havo hisobiga elastik bo’lgan ballonlar ishlatiladi (18.2-rasm, v). Bu turdagi elastik qismda havo bosimini o’zgartirish hisobiga uning bikrligini orttirish-kamaytirish imkoniyati borligi uning afzalligidir. Ballonlar ikki yoki uch seksiyali bo’lib uning har bir bo’linmasi 8 bo’luvchi halqa 7 bilan ajratilgan. Ballon bo’linmalari 8 ikki qavatli rezinakorddan iboratdir. Bundan tashqari, ballonni mahkamlash uchun siquvchi halqa 6 bor. Ballonlardagi bosim 0,3-0,5 MPa bo’lib 2-3t yuk ko’tarishi mumkin. Ballonlarning kamchiligi, faqat tik yo’nalishdagi yukni qabul qilaolgani uchun chidamliligi kamdir.
    Rezina elastik qismlar ham mavjud bo’lib, ular osmalarda qo’shimcha elastik qism sifatida g’ildiraklarning yuqori va pastga harakatini chegaralovchi bufer sifatida qo’llaniladi.
    Osmalarning elastikligi avtomobil kuzovining ko’ndalang tekisligida og’ishiga olib keladi. Natijada kuzov ko’ndalang tekislikda burchakli tebranadi, bu esa yo’lovchiga noqulaylikni sodir etadi.

    Download 0,54 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil va nomustaqil osmalarning tuzilishi

    Download 0,54 Mb.