|
Mavzu: Kompyuterni ishga tayyorlash
|
bet | 11/14 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 31,1 Kb. | | #240737 |
Bog'liq drayverlarni urnatishIlovalarni o‘chirish. Ilovalarni o‘chirish uchun operatsion
tizim dasturlar katalogining maxsus faylida saqlanuvchi o‘rnatish
protokolidan
foydalanadi.
167
Ilovalarni o‘chirishni boshqaradigan dasturlarni ishga tushirish
uchun «Свойства: Установка и удаление программ» (Xossa:
Dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish) muloqat oynasidan foydalaniladi
(9.3-rasm). Uning tarkibida, operatsion tizim ularning to‘g‘ri o‘rnatilganiga
va avtomatik tarzda o‘chirilishi mumkinligiga ishonch
hosil qilgan dasturlarning to‘liq ro‘yxati bo‘ladi.
Zamonaviy ilovalar uchun o‘chirish buyruqlari bevosita
asosiy menyuning dasturlarni ishga tushirish buyruqlari joylashgan
bandga qo‘shiladi. Menyuning dasturlarni o‘chirish
bandidan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi.
Operatsion tizim qayd qilingan ilovalar uchun dasturlarni
o‘chirish
vositalarini qaerdan topish va undan qanday foydalanishni
biladi.
Avtomatik tarzda o‘chirish muolajasi o‘rnatish jarayonida
yaratilgan
fayllarni yo‘q qilib yuboradi. Dastur bilan ishlash
jarayonida yaratilgan fayllarni avtomatik tarzda o‘chirish mumkin
emas. O‘chirish dasturi quyida keltirilgan fayl va kataloglarni,
ularning tarkibini yo‘q qilib yubormaydi:
9.3-rasm. Avval o‘rnatilgan ilovalarni o‘chirish.
168
–– dastur bilan ishlash vaqtida yaratilgan hujjatlar fayli;
–– dasturlarning foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilgan sozlash
ko‘rsatkichlari saqlangan fayllar;
–– maslahat tizimining qo‘shimcha indeksli fayllari;
–– dastur versiyasining o‘zgarishi natijasida qo‘shimcha
qilingan yoki o‘zgartirilgan fayllar;
–– maxsus fayllar, masalan, kompyuter o‘yinlarini saqlash
natijasida
olingan yozuvlar;
–– dastur tomonidan ko‘zda tutilmagan joylarda mustaqil
ravishda yaratilgan qo‘shimcha yorliqlar;
–– o‘zining joylashgan o‘rnini almashtirgan fayllar, masalan,
|
| |