• Ilovalarni o‘rnatish chastotasi.
  • Ilovalarni o‘rnatish va o‘chirish




    Download 31,1 Kb.
    bet10/14
    Sana17.05.2024
    Hajmi31,1 Kb.
    #240737
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    drayverlarni urnatish

    9.5. Ilovalarni o‘rnatish va o‘chirish
    Qattiq disk yetarlicha hajmga ega, ammo Windows oilasiga
    mansub barcha operatsion tizimlar qabul qilingan yondashuvdan
    foydalanadi, ya’ni o‘rnatilayotgan dasturlarni «umumiy foydalanish
    » kutubxonasi operatsion tizimning xizmat katalogiga
    (\Windows\System yoki \Windows\System32) yozadi. Shuning
    uchun dastur muhitidagi o‘zgarishlar
    ilovalarning ishlash
    xususiyatiga yoki samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
    166
    Kompyuterga, odatda, ofis dasturlari, matnli va grafik muharrirlar,
    ma’lumotlar ombori, kompyuter o‘yinlari, qo‘shimcha
    tizimli vositalar, Internet bilan ishlash uchun dasturlar kabi ilovalar
    o‘rnatiladi. Natijada dasturiy muhit ko‘pgina dasturlar bilan
    «ifloslanadi». Bunday vaziyatlarni keltirib chiqarmaslik uchun
    kerak bo‘lmagan ilovalarni o‘rnatish kerak emas.
    Operatsion tizimning ishini «jadallashtiruvchi», «yaxshilovchi
    », «osonlashtiruvchi» xizmat dasturlarigi katta ehtiyotkorlik
    bilan munosabatda bo‘lish lozim. Bu utilitlar ularning ishiga zarur
    bo‘lgan resurslarni sarflash hisobiga ziyon keltirishi mumkin.
    Ilovalarni o‘rnatish chastotasi. Kompyuterning odatdagi
    ish tartibida ilovalar zaruriyatga qarab o‘rnatiladi. Yangi dasturni
    haftada bir marta o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunda
    o‘rnatilgan dastur boshqa dasturlarning ishlash xususiyatiga va
    umuman tizimning
    barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini
    tushunish mumkin bo‘ladi.
    Operatsion tizim «toza» qattiq diskka hozirgina o‘rnatilgan
    yoki diskda hech qanday ilovalar o‘rnatilmagan va kompyuterni
    «nol»dan jihozlash kerak bo‘lsa, u holda bitta o‘rnatishda ketmaket
    bir necha ilovalarni o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Bunda ilovalarni
    o‘rnatishning optimal tartibi ularning chiqish tartibi bilan
    ustma-ust tushadi.
    Bir necha ilovani birin-ketin o‘rnatayotganda tartib bilan
    harakat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bitta ilovani
    o‘rnatgandan so‘ng, kompyuterni qayta yuklash kerak; agar
    lozim bo‘lsa, shu ilova tegishli ma’lumotlar faylini, sozlovchi
    fayllarni zaxirali nusxasidan nusxa oling.
    So‘ngra ilovani ishga
    tushiring va yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolarning
    yo‘qligiga amin bo‘lib, uning ishlash xususiyatini tekshiring.

    Download 31,1 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 31,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilovalarni o‘rnatish va o‘chirish

    Download 31,1 Kb.