• Windows Server 2003 Enterprise Edition
  • Windows Server 2003 Datacenter Edition
  • Windows Server 2003 Standard Edition




    Download 31,1 Kb.
    bet13/14
    Sana17.05.2024
    Hajmi31,1 Kb.
    #240737
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    drayverlarni urnatish

    Windows Server 2003 Standard Edition. Bu ishonchli
    biznes-qarorlarni tez yaratish uchun ishonchli tarmoq operatsion
    tizimdir. Windows Server 2003 Standard Edition operatsion
    tizimi:
    –– fayl va printerlardan birgalikda foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi;
    –– internetga xavfsiz ulanishni taqdim qiladi;
    –– ishchi stol ustidagi ilovalarning ochilishini markazlashtirish
    imkonini beradi.
    170
    Windows Server 2003 Enterprise Edition ilovalar, vebxizmatlar
    va infratuzilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori
    ishonchlilikni, unumdorlikni va a’lo darajadagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
    ta’minlaydi. Windows Server 2003 Enterprise
    Edition operatsion tizimi:
    –– sakkiztagacha protsessorni qo‘llab-quvvatlaydigan to‘liq
    funksionalli server operatsion tizim;
    –– sakkiz bog‘lamali klasterlash kabi korxona darajasidagi
    vazifani taqdim qiladi va 32 GBayt xotiragacha quvvatlaydi;
    –– Intel Itanium protsessorlari asosidagi kompyuterlar uchun
    qo‘llaniladi;
    –– 8 tagacha protsessor va 64 Gbayt tezkor xotirani quvvatlash
    imkoniga ega bo‘lgan 64 razryadli hisoblash
    platformalari uchun qo‘llanishi mumkin.
    Windows Server 2003 Datacenter Edition yuqori darajadagi
    kirishni va masshtablashni talab qiluvchi masalalarni yechish
    uchun foydalaniladigan muhim biznes-ilovalar va ilovalar uchun
    ishlab chiqarilgan.
    Windows Server 2003 Datacenter Edition
    operatsion tizimi:
    –– Microsoft korporatsiyasi tomonidan taqdim qilingan eng
    quvvatli
    va funksional serverli operatsion tizim;
    –– 32 tagacha oqimli ko‘p protsessorli ishlov berishni SMP va
    64 Gbaytgacha tezkor xotirani qo‘llab-quvvatlaydi;
    –– sakkiz bog‘lamali klasterlash va yuklamani muvozanatlash
    xizmatlari kabi standart funksiyalarni taqdim qiladi;
    –– 32 tagacha protsessor va 128 Gbayt tezkor xotirani
    quvvatlash imkoniga ega bo‘lgan 64 razryadli hisoblash
    platformalari uchun qo‘llanishi mumkin.

    Download 31,1 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 31,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Windows Server 2003 Standard Edition

    Download 31,1 Kb.